Zarmed universiteti


Download 120.17 Kb.
bet7/9
Sana16.06.2023
Hajmi120.17 Kb.
#1502632
1   2   3   4   5   6   7   8   9
I. Laqab-tegishmachoqlar. Masalan:
Safiya safon, Yana: Usmon ulama,
Boshida chopon. Yo’lda yig’lama,
To’yga borar Xamirturushdan
Bedasturxon. Odam bo’lama?
II. Portret — tegishmachoqlar:
Ergash degan oti ekan, Oyoqlari shoti ekan, Noskadiday burni ekan, Kajavaday qorni ekan, Somonxona o’mi ekan.
III. Epigramma - tegishmachoqlar:
Jo’raboy jo’ra-jo’rtildoq, Oyoq-qo’li qarsildoq. Bultur berdim bir o’g’loq. Qani menga qovurdoq? Qovurdog’ingni it yesin, Seni o’zingni bit yesin.
IV. Uyaltiruvchi tegishmachoqlar:
Xadicha xolam o’tirdi,
Asalga non botirdi.
Yoniga mushuk kelganda
Mushti bilan qotirdi. Shunisi ham borki, bolalarning ulg’aya borishlari ta’sirida tegishmachoqlar mazmun-mundarijasida ham raa’lum o’zgarishlar sodir bo’la boradi. O’g’il va qiz bolalarning balog’atga yetishuv jarayoni ularning bir-birlariga hazil-mutoyibalari va tegishuvlarini ham yolqinlantirib yuboradi. Natijada ular to’qigan hazil qo’shiqlarda insonga xos nafis tuyg’ular sadolana boradi. O’g’il bolalar qizlarga va aksincha, qizlar o’g’il bolalarga tegajoqiik qilib, hazilomuz qo’shiqlar to’qishadi, shu asnoda lirik-yumoristik tuyg’ular qorishgan tegishmachoqlar yuzaga keladi. Mana shunday tegishmachoq namunasi:
Guli, Guli, Gulnoro,
Qoshi-go’zing qop-qoro.
Man boraman ermaka,
Gulnor, sani go’rmaka.
Xo’rozing bor-bir cho’qoq,
Barmasam sutli cho’rak.
Kuchuging ham quvaloq!
Gulnorojon, Gulnoro,
Xo’roza ayt cho’qmasin.
Gulma etib mosxoro,
Kuchuka ayt, quvmasin. Ko’rinayotirki, qo’shiqda balog’at yoshiga yetgan o’g’il bolaning qiz bolaga bo’lgan mayli izhor etilgan. Unda Gulnora ismining erkalovchi ohangda so’nggi hijosidagi «a» tovushini «o» bilan almashtirib aytilishi, shuningdek, xo’roz va kuchukka oid tafsilotlardagi hazilkashliklarda bola qalbida kechayotgan to’pori tuyg’ularning samimiy ifodasini kuzatish mumkin.
Masxaralamalar esa satirik xarakterdaligi, aniqrog’i, bolalarning voqelikka sinfiy ijtimoiy nuqtayi nazardan tanqidiy munosabatlarini ifodalashi va ijro etilishi jihatidan tegishmachoqlardan farq qiluvchi badihalardir. Tegishmachoqlar ham, masxaralamalar ham shovqin solib aytilishlariga ko’ra o’zaro o’xshasalar-da, birinchisi, bevosita obyektga qaratilgan bo’lib, ko’pchilik tomonidan ijro etilsa, ikkinchisi, ayni ijro jarayonida obyektga qaratilmagan bo’ladi. Masxaralamalar yakka holda — soloda aytilaveradi, gohida hattoki deklomatsiya qilinishi mumkin.
Masxaralamalarda bolalar sinfiy mavqelarini ayonroq ko’ra boshlashlari tufayli sinfiy dunyoqarashlarining kurtak ota borishidan tug’ilgan tanqidiy munosabatlarini ifodalash yetakchi tamoyildir. Dastlabki bosqich bo’lganidan, bu jarayon birmuncha jo’n va soddaroq kechadi. Bolaning ijtimoiy hodisaga tanqidiy munosabatini ifodalovchi sinfiy nazari elementar tashqi belgilarni ajratib ta’kidlash shaklida zuhur topadi:
Yomg’ir yog’aloq,
Echki sog’aioq.
Boylar bolasi —
Qorni dumaloq.
«Yomg’ir yog’ishi» - tabiatga xos hodisa, jamiyatda esa suvtekin sanaladi. «Boylar bolasi» mehnatkashlarni «echkiday sog’ayotgan otalari hisobidan «Qorinlarini dumalatib» yashayotganini sarkastik parallelizmda fosh qilingan.
Masxaralamalar hamma zamonlarda — o’tmishda ham, bugun ham yaratilmoqda. Qaysi zamonda yaratilganidan qat’iy nazar, davrning tarixiy ruhiga muvofiq yovuzlar qiyofasini aniq an’anaviy ifodalarda fosh etadi. Bunda bolalar tasavvurining aniqligi, yovuzlikni yoki yovuzlarni badbashara shaklda ravshan va tiniq ko’rishni taqozo etishi obrazlar tasviridagi an’anaviylikka mone’lik qilmagan. Shu sababli bunday masxaralamalar poetik tavsifga o’xshaydi:
Otam ketgan urushga, Gitler ekan badqovoq,
Dushmanni xo’p qirishga. Afti xunuk, karquloq.
Boshi uzun, ko’zi ko’r Bosh deb olib yurgani
Gitlerni o’ldirishga. Kalla emas, to’rqovoq. Bola hali ijtimoiy voqelik mohiyatini chuqur idrok etolmagani, anglab yetmagani tufayli unga asl mohiyatiga yarasha baho beroimaydi. Natijada o’ziga yaqin, anglangan an’anaviy obrazli ifodalar va epitetlarga murojaat qilib, o’z nafratiga sazovor bo’lgan obyektning ko’rimli karikaturik obrazini yarata olgan.
Bolalar qalbi qo’shiqqa shu qadar oshuftaki, ular hatto faoliyatlarining asosini tashkil etuvchi o’yinlarni ham qo’shiq bilan ziynatlaganlar. O’ynagani bir-birlarini qo’shiq aytib chaqiradilar, bunday badihalar chorlamalar deb yuritiladi. Ular bolalarning o’yinga chorlov kechinmalarini aniq vaziyatga bog’liq holda ifodalaydi va hamisha o’yinga da’vat etish, chaqirish vazifasini bajaradi:
Bacha, bacha bozi, Yana: Bacha bo’lsang, kelaver,
Kim qora qozi? O’ynab-o’ynab ketaver.
Kim o’yinga chiqmasa, Kel-ho, kel,
Bo’yinga tosh-tarozi. Kel-ho, kel!. . .
Chorlamalar aksaran hayqirib aytiladi. O’yinni ikki qarama-qarshi tarafga bo’lish asosida tashkil etmoqchi bo’lishsa («Oq terakmi, ko’k terak?» tipidagi o’yinlarda), cheklashmachoq aytishadi. Cheklashmachoq, odatda, ikkibolaning o’zaro yashirincha kelishib, til biriktirib, o’zlariga yasama «ot qo’yish»lari asosida yuzaga keladi. Bu hoi ularning onaboshi (o’yinboshi) bilan qiladigan savol-javoblarining sirliligini ta’minlagan. Chekiashmachoqiar aksar hollarda onaboshi (o’yinboshi)ga murojaat qilish bilan boshlanadi:

  • Mati. mati, Kimi navbati?

  • Mening navbatim!

  • Toji tillo xo’rozni olasanmi Yo chala mullo tovuqmi?

  • Toji tillo xo’rozni. Men toji tillo xo’roz!

  • O’t men tomonga!

Bunday chekiashmachoqiar murojaat va savoldan iborat bo’lishsa-da, savol hal qiluvchi ahamiyatga ega. Bolalar onaboshi (o’yinboshi)ga murojaatda uning tashqi ko’rkini ta’rifiashni ham unutmaydilar:
- Onaboshi, onaboshi,
Yigitlarning qalam qoshi,
Nima eysan? Ne olasan? Atalami? Palov oshi?
Bolalar cheklashishni ta’minlagan barcha sirli nomlarning o’zaro mutanosibligiga alohida e’tibor berganlarki, bu ular estetik zavqini tarbiyalovchi vositaga aylangan.
Bolalar o’yinini tashkil etishda navbatda (galda) turuvchini aniqlashga ehtiyoj sezsalar («Yashinmachoq» tipidagi o’yinlarda), sanama aytib, galda qoluvchini belgilaydilar.
Sanamalar keng tarqalgan o’yinboshi badihalari bo’lib, o’yin boshlanishi oldidan navbatda turuvchini aniqlash, galda qoluvchini («Yashinmachoq» o’yinida toparmonni) belgilash vazifasini bajaradi. Ular o’yinga kompozitsion asos bo’lolmasalar-da, muqaddima sifatida uning kompozitsion uzvini tashkil etgan va o’sha o’yinning umumiy yo’nalishiga poydevor solgan.
Sanamalardagi sanash ohangi, qo’l yoki oyoq harakatlari bilan to’ldirilib, tasdiqlanib turiladi. Onaboshi har bir so’zni yoki iborani sanoq ritmiga muvofiq shovqin solib ayta turib, har bir ritmik taktda qo’lini navbatma-navbat o’yin ishtirokchilari ko’ksiga yo kiftiga tekkiza boradi, shu asosda sanoq ritmini bo’rttirib ta’kidlaydi va qo’li tekkan bola davradan chiqib turadi. Eng so’nggi so’z kimning chekiga tushsa, o’sha navbatda (galda) qoladi.
Sanamalarda raqamlar shunchaki tilga olinmaydi, balki ular magik mohiyatga ega bo’hb, sanama ritmik asosini tashkil qila turib, vaznni yuzaga keltiradi:
Bir, ikki, uch o’n olti
O’n olti deb kim aytdi?
O’n olti deb men aytdim.
Ishonmasang, sanab boq:
Birov,
Ikkov,
Uchov. . . .
Qoch-ov!
Raqam o’rnida so’z va so’qma so’z qo’llangan, aniqrog’i, ma’noli
so’z va so’qma so’zlar ritmik asosiga aylangan sanamalar behad
ko’p. Bunday sanamalarda har bir ma’noli yoki so’qma so’z sanoq
ohangida qo’llangan, har bir so’z sanash ohangini hosil qilgan.
Qovun palak, Chuvak qovun
Guvak otdi. Shirin ekan
Guvak emas, Safdan chiqsin
Chuvak otdi. Qo’lirn tekkan!
Yoki:
Abadayni,
Shabadayni,
Shab-shabadayni
Dumala qoq,
San chiq-u qoch! Sanamalar o’zbek bolalar folklorining necha asrlik tarixga ega bo’lgan janri bo’lib, bugungi kunda ham faoldir. O’zbek folklorshunosligida uch turi - voqeaband sanamalar, kumulyativ sanamalar va so’qma sanamalar mavjudligi qayd qilingan.95 Hech bir poetik janr bolalarda Htm tuyg’usini tarbiyalashda sanamalarga teng kelolmaydi.
Chorlamalar ham, cheklashmachoqlar ham, sanamalar ham o’yin folkloriga mansub mustaqil poetik janrlar bo’lib, asosan, o’yin muqaddimalari vazifasini bajaradilar. Shu poetik muqaddimalarsiz bolalarning talay o’yinlari g’oyat g’arib tuy^ilardi, binobarin, bular o’yinlar zavq-u sururini ta’minlagan va ayni choqda bolalarda hayotsevarlik tuyg’usini shakllantirgan ma’naviy vositalardir.
Bolalar hatto o’yinni tugatib uy-uylariga tarqalajagini ham qo’shiqqa solib e’lon qiladilar:
Uy-uyingga, Yana:Aldab-aldab boplandi,
Katta to’yingga, Boplandi-yu, toblandi.
Bir xo’rozim bor, Bo’ldi, men ko’p o’ynadim,
Qaysi biringga! O’yindan chiqib ketdim.
hayqirib aytiladigan bunday badihalar tarqalmachoqlar deb yuritiladi. Shu xildagi poetik boshlama va tugallamalari borligidan o’yinlar bolalar folklorining serzavq tarkibiy qismiga aylangan, ular bolalarning voqelikni dramatik tarzda ifodalash shakli, aniqrog’i, bolalar xalq dramasining kurtagi hisoblanadi. O’yinning muhim xususiyati shundaki. unda bolalar ayni choqda ham ijrochi, ham tomoshabin rolini o’taydi. Aksaran o’yinlar muqaliid asosida qurilgan. Ular Yanush Korchak ta’kidlaganidek: «bolaning stixiyasigina bo’lib qolmay, unga ozmi- ko’pmi tashabbuskorlik ko’rsatish uchun imkon beradigan birdan-bir sohadir. Faqat o’yinlardagina bola o’zini ma’lum darajada mustaqil his qiladi»96. O’yinlar bolalar faoliyatini shakllantirishning ilk vositalari hisoblanadi. Binobarin, o’yin bolalarni mehnatga o’rgatadigan, yashash uchun kurashishga tayyorlaydigan mashqlar. Bolalar uchun o’ynash hayot taqazosigina emas, balki ifodasi ham. O’yin orqali bolalar o’zlari yashayotgan olamni idrok etadilar va anglab boradilar. «O’yin, — M.Gorkiy haqli ravishda ta’kidlaganidek, — bolalarning o’zlari yashaydigan va keyinchalik o’zlari o’zgartiradigan dunyoni anglash yo’llaridir.» Bolalar o’ynab turib ham jismonan chiniqishadi, ham ma’naviy, ham axloqiy saboq olishadi, ham o’zlarida intizom tuyg’usini shakllantirishadi. Bolalar o’yin folklorining etnopedagogik mohiyati mana Shunda.
Bolalar xalq o’yinlarida amaliy pedagogika, san’at va jismoniy tarbiya asoslari chatishib ketgan. Shunga qaramay, ularning ma’lum qismi so’z asosidagina qurilgan. Shu xususiyatiga ko’ra ularni harakatli o’yinlar va ma’naviy (so’z) o’yinlari tarzida ikki guruhga ajratish mumkin.
Harakatli o’yinlarda biror predmet (o’yinchoq) yoki so’z (qo’shiq) hal qiluvchi roi o’ynaydi, ular butun o’yinni boshqaruvchi vosita vazifasini bajaradi. «Chillik» o’yinida chillikdasta va chillik, «Danak yashirish» o’yinida danak — harakatni boshqaruvchi predmet, shularsiz o’yin voqe bo’lmaydi. «Oq terakmi, ko’k terak?», «Boy xotin», «Mehmonmisiz?» va boshqa talay o’yinlarda so’z (qo’shiq) harakatni boshqaruvchi vositaga aylangan. Chunonchi, «Mehmonmisiz?» o’yinida 2 ta qiz bola qatnashadi. Shartga ko’ra, birovi ikkala qo’lining kaftlarini ochgan holda o’rtog’i tomon uzatib turadi. Ikkinchisi esa:
Juba-juba, Sochi mayda,
Ani tuba. Qo’li belida,
Tog’da lola Voy qo’lim-ey,
Bir qiz bola, Voy belim-ey,
Ko’chaga chiqing, Omonmisiz, esonmisiz?
Bir qiz kelyapti. Bugun bizga mehmonmisiz? -
deb tugatishi zahoti chaqqonlik bilan dugonasining ochiq qo’li kaftlariga o’z qo’li kaftlarini urib tekkizib qochadi. Shunda qizning qo’lini tuta olsa yoki belgilangan marragacha quva turib o’rtog’ini tuta bilsa, o’yin galini olib, endi u qo’shiqni takrorlashi lozim bo’ladi. Bordi-yu tuta olmasa, yana o’zi qo’lini cho’zganicha ochib turaveradi.
Ma’naviy (so’z) o’yinlarida so’zning o’zi bosh rolni o’ynaydi. Bunda so’z ma’nosini tuyish, so’z ohangini his qilish, so’zda yashiringan ma’noni belgilar ifodasi yordamida topish, so’zdagi tovushlar garmoniyasini ilg’ash, tovushning so’zda ma’noni farqlovchi
mohiyatni idrok etish mashqlari muhim ahamiyat kasb etadi. Guldur-gup, tez aytish, chandish, topishmoq janrlari ana shunday poetik vazifalarga ega.

Download 120.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling