Zarmed universiteti


Download 120.17 Kb.
bet4/9
Sana16.06.2023
Hajmi120.17 Kb.
#1502632
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Erkalamalar xalqning o’z farzandlariga beqiyos mehr tovlanishlarini aks ettiradi. Ularda xalqimizning bolaparvar siymosi nurlanib turadi:
О . . . shugina, shuginagina,
Munchagina, tunchagina,
Kunchagina, shunchagina,
Yashnab turgan g’unchagina.
Mehr xuruji ona qalbini tug’yonga keltirganidan u shu so’zlar tizimi ritmida arzandasini ardoqlash, erkalash ohangini chuqur tuygan. Erkalamalarda «-gina», «-ginagina» qo’shimchalari faol, ularda kichraytirishdan ko’ra erkalash ma’nosi bo’rtibroq tovlanadi.
Erkalamalaming «Ha, lo’tti-lo’tti», «Ha, do’rsa, do’rsa, do’rsa», «Ha, kishta-kishta, kishta» singari taqlidiy va so’qma so’zlar tizimidan to’qilgan an’anaviy satrlar bilan boshlanuvchi butun bir turkumi borki, faqat 2-3 yashar bolalarga mo’ljallangan. Buning sababi -shu yoshdagi bolalar vaznining yengilligi, bujobarin, ularni havolata-havolata, ko’tarib-tushirish o’ngg’ay. Erkalama ham xuddi shu harakat ravishiga mutanosib ohangda shovqin solinib aytiladi: Ha, do’rsa-do’rsa, do’rsa... Otasi bozorga borsa, Go’sht-u birinch keltirsa, Onasi pazanda bo’lsa, Bolasi xo’randa bo’lsa...
Erkalamalarda kichkintoylar kelajagiga daxldor orzularai kuylash-yetakchi motivdir. Ular, asosan, yetti yoshgacha bo’lgan bolalarga aytilsa-da, aslida bolalarni erkalash jarayoni 11-13 yoshga to’lganlarigacha va hatto undan keyin ham davom etishi mumkin. Biroq bu davrda erkalash poetik shaklda kechmay, maqtash, xatti-harakatni ma’qullash va unga mirmatdorchilik izhoridan iborat obrazli iboralar («Yasha!», «Balli!», «Ofarin!», «Rahmat!» va h.k.) vositasida amalga oshadi. Urauman, erkalamalar bolalarda samimiyliktuyg’usini tarbiyalaydi.
Ovutmachoqlar esa bolani tinchlantirish ehtiyojini qondiruvchi badihalardir:
Vo’y-vo’y, shuginani kim urdi?
Vo’y-vo’y, shuginaga kim lab burdi?
Yig’lama, oppoqqinam,
Boshimdagi qalpoqqinam.
Ko’rinayotirki, chaqaloqning yig’isi onada uni tinchlantirish assosiatsiyasini uyg’otgan. Ona shu zaruriyatga ko’ra so’zga murojaat qilayotir. U so’zbozlik qilayotgani yo’q, balki so’zni tashkil etgan tovushlar garmoniyasida tinchlantiruvchi intonatsiyaga urg’u berib, orom beruvchi, ovutuvchi ohangni anglatishga, his etishga, tuyishga erishayotir. Bunda bolani bag’riga bosib, beshik yo belanchakda tebrata turib, unga termulib turib. lablarini cho’chchaytirib yoxud bolaning yupqagina labchalarini qitiqlab ovituvchi ohangning omuxtalashtirilishiga alohida e’tibor berilgan. Natijada so’zlardagi ohang, ma’no va harakat muvofiqligi ovutmachoqning ritmik mehvariga aylangan. Buni his-hayajonni ifodalovchi so’zlarning juftlashgan takrori bo’rttirib ifodalagan:
Ho’-ba, ho’-ba, nega yig’laysan?
Ho’-ba, ho’-ba, nega big’laysan?
Ho’-ba, ho’-ba, big’-big’lama,
Ho’-ba, ho’-ba, sen yig’lama,
Yig’lab bag’rimni tig’lama.
Ho’-ba, ho’-ba, jo. . . on, jo. . .on,
Sadqa senga shirin jon.
«Ho’-ba, ho’-ba» taqlidiy so’zi takror holda mayin cho’zinchoq ohangga ega. Tovushlar alteratsiyasi asosida ohangdoshlik kasb etgan qofiyalar anaforalardagi mayin cho’zinchoq ohangni to’ldirib, izchil tarovatlanishini ta’minlagan. Natijada boladagi injiqlikni elita oladigan jozibali ovutuvchi ohang yuzaga kelgan. Ovutmachoqlaming bevosita bolaning o’ziga poetik murojaat shaklida qurilganligi elitish, yumshatish jarayonini yanada faollashtirgan va samimiylashtirgan xos xususiyatidir. Bola tovushlar ohangida sehrli jozibadan rohatlanib tinchlana boshlaydi. Bu esa, o’z navbatida, bola faoliyatida ongni uyg’otish va harakatga solish yo’lidagi ilk assosiatsiya bo’lib, unda nutqning hosil bo’lishi va shakllanishiga yo’l ochadi. Shu tariqa, allalardagi monotonlik, erkalamalardagi patetik ko’tarinkilikka hamohanglikda ovutmachoqlardagi bamaylixotir tovush tovlanishlari o’zaro uyg’unlashib, bolada o’z ona tilisining tovush gammalarini ilg’ash, bora-bora nutq tovushlarini o’zlashtirishga yo’l ochadi, nutqning shakllanish jarayonini harakatga keltiradi.
Kattalar bolalarning tabiatga munosabatlarini shakllantirishda ham faol ishtirok etadilar. Buning natijasida bolalarning o’z solnomasi (kalendari) va uni ifoda etuvchi mavsum-marosim qo’shiqlari yuzaga keigan. Bahor, yoz, kuz, qish mavsumlari bilan bog’liq bunday qo’shiqlaming bir qismi ijtimoiy-siyosiy taraqqiyot taqozosiga ko’ra kattalar repertuaridagi mavqeyini yo’qota borib, yo tamoman so’nib ketadi. yo transformatsiyaga uchrab, bolalar repertuarida saqlanib qoladi. «Boychechak», «Yo ramazon» va hayitliklar shular jumlasidan hisoblanadi.

Download 120.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling