Zarmed universiteti


Download 125.09 Kb.
bet1/2
Sana16.06.2023
Hajmi125.09 Kb.
#1502759
  1   2
Bog'liq
13 mavzu


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

ZARMED UNIVERSITETI
SIRTQI TA`LIM FAKULTETI
4-14 MTS 22 GURUH TALABASI
Malikova Nargiza
BADIIY TAFAKKURNI O’STIRISH ASOSLARI” FANIDAN TAYYORLAGAN
KURS ISHI

MAVZU: Bolalar badiiy tafakkurini shakllantirishda Chet el bolalar adabiyoti yozuvchilarining roli


ILMIY RAHBAR: _______________________________________

Kurs ishi kafedradan dastlabki himoyadan o’tdi


__________ sonli bayonnomasi “____” _______________ 2023 yil


BUXORO-2023
Reja
1. Chet el bolalar adabiyotining umumiy tahlili.
2. Sharl Perroning bolalar zavq oladigan ertaklariga xos xususiyatlar haqida.
3. Aka-uka Grimmlar yaratgan ertaklarda ilgari surilgan g‗oyalar.
4. Aka-uka Grimmlar yozgan ertaklarda ulug‗langan yoki qoralangan fazilatlar va xislatlar haqida
5. Xans Kristian Andersen ijodining ko‗p qirrali va rang-barang ekanligi.
6. Xans Kristian Andersen asarlarida ilgari surilgan g‗oyalar
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

So’z boshi


Mustaqil mamlakatimizda kattalar adabiyotining ajralmas bir bo‗lagi bo‗lgan bolalar adabiyotining rivojlanishi, har tomonlama boyib borishida tatjima asarlarining o’rni, ahamiyati katta. Negaki tarjima asarlarini o‗qigan har bir yosh kitobxonning dunyoqarashi, fikri, tasavvuri boyib, o‗sha xalqlaming yashash sharoitlari, urf-odatlari, orzu-intilishlari bilan oshno bo‗ladi. . Chet el bolalar a
dabiyoti jahon adabiyoti sifatida ularning xalq og‘zaki ijodi, eng qadimgi adabiy yodgorliklari, mif va afsonalar, qo‘shiqlar bilan chambarchas bog‘liqligi, bunday ijod namunalarining axloqiy-tarbiyaviy mohiyati, didaktik tamoyillari hamda jahon xalqlari bolalariga bag‘ishlangan asarlarning tasniflanishi, ularning taraqqiyot tamoyillari, janrlar rangbarangligi yuzasidan tushuncha bеrishni ko‘zda tutadi.
Jahon bolalar adabiyoti, dastlab, didaktik adadbiyot namunasi sifatida XVII - XVIII asrlarda paydo bo‘lgan. So‘ngra, bu adabiyot o‘zining betakror ko‘rinishlari orqali dunyoga tanildi. Barcha xalqlar bolalar ijodkorlari, eng avvalo, o‘z mamlakatlarining xalq og‘zaki ijodiga murojaat qilgani umumiy hodisadir. Masalan, Sharl Perro kichik kitobxonlarga dastavval, folklordan oziqlangan va badiiy sayqal berilgan eng yaxshi adabiy ertaklarni taqdim etdi.
Asrlar osha xuddi ertak kabi eldan-elga, tildan-tilga o‗tib, dillami yashnatib yurgan «Qizil Shapkacha» (Sh. Perro). «Robinzon Kruzo»(D. Defo), «Gulliveming sayohatlari» (J. Svift). „Dyumchaxon»(X. Andersen). «Oltin baliq»(A. S. Pushkin), «Tom Soyerning boshidan kechirganlari», «Shahzoda va gado» (M. Tven), «Kapitan Grant bolalari», «Ostin-ustun» (J. Vem), «Don Kixot» (J. Servantes) kabi asarlar yosh qalblarda olamga nisbatan qiziqishlarini jo‗sh urdirib yuboradi. XX asrda bunyod etilgan «Maugli» (R. Kipling), «Kichkina Shahzoda» (A. de SentEkzyuperi), «Katta va kichik Karlson» (A. Lindgren), «Toshkent — non shahri»(A. Neverov), «Vinni Pux» (A. Miln), «Ahmoq sichqoncha haqida ertak» (S. Marshak), «Uch baqaloq» (Y. Olesha), «Quvnoq bolalar» (B. Kerboboyev), «Doktor Aybolit» (K. Chukovskiy). «Chipollinoning sarguzashtlari» (J. Rodari), «Styopa amaki» (S. Mixalqov), «Kim bo‗lsam ekan?» (V. Mayakovskiy). «Bilmasvoy quyosh shahrida» (N. Nosov) singari olam kezib yurgan asarlar o‗zbek kitobxon bolalarida katta taassurot qoldirmoqda. Yuqorida tilga olingan asarlar yosh kitobxonni nimagadir o‗rgatadi, nimagadir da‘vat etadi. Bu asarlaming ko‗pchiligida ona Vatanga muhabbat, uning ozodligi va baxti uchun jon fido qilish (Uch baqaloq»), noshukr bo‗lmaslik, ota-ona pand-nasihatiga quloq solish («Ahmoq sichqoncha haqida ertak»), Inson va insonga mehr («Maugli»), tabiatni asrash, hayvonot olamini sevish («Doktor Aybolit»), o‗ziga pishiq-puxta bo‗lish. ichki sirlami o‗zgalarga oshkor qilmaslik («Qizil Shapkacha»), namunali o‗qish, kasb-hunar egasi bo‗lish («Kim bo‗lsam ekan?»), sergak, tadbirkor, quvnoqlikka intilish («Quvnoq bolalar») dek oliyjanob g‗oyalarning yotishi bolalarning tarjima asarlariga nisbatan bo‗lgan qiziqish va ishtiyoqlarini o’stiradi.


Download 125.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling