Zarmed universiteti
Download 124.05 Kb.
|
4 mavzu
II.Kattalar bolalarning tabiatga munosabatini shakllantirishda ham faol ishtirok etadilar. Buning natijasida bolalar taqvimi va uni ifoda etuvchi marosim qo`shiqlari yuzaga kelgan. Bahor, yoz, kuz, qish mavsumlari bilan bog`liq bunday qo`shiqlarning bir qismi ijtimoiy-siyosiy taraqqiyot taqozosiga ko`ra kattalar repertuaridagi mavqeini yo`qota borib, yo tamoman so`nib ketgan, yo transformaciyaga uchrab bolalar repertuariga ko`chib o`tib saqlanib qolgan. «Boychechak», «Chittigul», yo ramazonlar va hayitliklar shular jumlasidan hisoblanadi. Qolaversa, ibtidoiy ajdodlarimizning animistik va totemistik e`tiqodlari asosida shakllanib, endilikda o`sha mohiyatini yo`qotgan yalinchoq va hukmlagich janrlari bolalar repertuarida hamon faol yashamoqda.
III.Bolalarning o`z ijodkorligi va ijrochiligi hosilalari bo`lgan qo`shiqlar va o`yinlar – o`zbek bolalar folklorining asosini tashkil etadi. So`z va harakatning nisbatiga ko`ra bularni ikki katta guruhga bo`lish mumkin: 1. Bolalarning maishiy qo`shiqlari. 2. Bolalarning o`yin folklori Ertak umumfolklor hodisasi sifatida eng qadimiy epik janrlardan bo`lib, M.Qoshg`ariy o`z "Devonu lug`otit turk" asarida turkiy xalqlarda uning "etuk" atamasi bilan yuritilganini qayd etadi. Unga ko`ra, etuk "biror voqeani og`zaki hikoya qilish"ni anglatadi. Biroq jonli so`zlashuvda O`zbekistonning turli joylarida, chunonchi, Namangan viloyatining Janubiy qismida "ertangi" deb yuritiladigan bu hodisa - ertangi bo`lib o`tgan, qadimgi zamonlardan qilinajak hikoya ma`nosini anglatsa, Samarqand, Farg`ona va Surxondaryoda bu hodisa – matal, Xorazmda –varsoqi, Buxoroda – ushuk, Toshkentda–cho`pchak, yana boshqa bir qator maskanlarda – hikoya, hikoyat, og`zaki hikoya, o`trik yoki o`tirik, afsona deb yuritilsa-da, folklorshunoslikda ertak ilmiy istilohi qabul qilingan va muhim muomalada bo`lib, ruslardagi "skazka" istilohiga teng ekvivalentga aylangan. Zero, "Alisher Navoiy asarlarining qadimgi lug`ati, sanaluvchi "Abushqa"da ham "ertak" istilohi uchraydi. "Ertak" so`zi "er", aslida "ir" yo "yir, jir" hamda "tak" so`zlaridan tarkib topgan. "Ir" yo "yir" Alisher Navoiy zamonida og`zaki hikoya yo doston ma`nolarini anglatganki, bu xususda u shunday ma`lumotni yozib qoldirgan: Ey yirov, sen ham ishingni ko`rguz, Yotug`on birla ulug` irni tuz Navoiy tilga olayotgan "ulug` ir" aslida doston bo`lib, uni yotug`on (hozir do`mbira) jo`rligida yirov ijro etgan. Yirov yoki jirov hozir ham xalq an`anaviy dostonlari ijrochisini anglatadi. Navoiy zamonasida "ir" dostonni anglatgani bois u ertak ma`nosida "cho`rchak" istilohini qo`llaydi va og`zaki eposga xos bu ikki hodisani bir-biridan farqlaydi: Habibim husni vasfin uyla muhlik anglakim, bo`lg`ay, Qoshingda qissai Yusuf bir uyqu keltirur cho`rchak. Shuni ta`kidlash joizki, Navoiy qo`llagan "cho`rchak" istilohi hozir Toshkent muzofotida "cho`pchak" va uyg`urlarda "cho`chek" shakllarida fonetik o`zgarishga uchragan holda iste`moldadir. Ertak xalq og`zaki badiiy ijodining eng qadimiy, ommaviy, hajman yirik, kattayu kichiklar uchun baravar qiziqarli bo`lgan janridir. Ular juda uzoq o`tmishda ibtidoiy ajdodlarimizning mifologik dunyoqarashi, qadimiy urf-odatlari, marosimlari asosida paydo bo`lgan. Ertaklarda, odatda, xalqning maishiy turmushi va eng olijanob insoniy fazilatlari haqidagi orzu-o`ylari xayoliy va hayotiy uydirmalar vositasida bayon etiladi. Ertaklar janr sifatida uzoq muddatli shakllanish jarayonini kechgan. Ular ibtidoiy odamlarning turmushdagi biror voqeani oddiygina hikoya qilishlari asosida yuzaga kelgan. Davrlar o`tishi bilan hikoya qilish ham takomillashib borgan, so`zga sig`inish, ilohiy kuchlarga sig`inish, animistik, totemistik, fetishistik e`tiqodlar, gallyutsinatsiya va tush ta`sirida fantastik (taxayyuliy) vositalarga to`lisha borsa, hayvonlarni ovlash, xonikalashtirish, ular inonchlariga ishonish, hayvon mahsulotlaridangina emas, balki kuchidan ham foydalanish jarayonlarida hayvonlar haqidagi ertaklar paydo bo`la boshladi, Asta-sekin shu xildagi ertaklarda turmush tajribasini omuxtalashtira borish u yoxud bu xildagi qusur va kamchiliklardan kulish ertakdagi obrazlarga majoziylik (allegorik) xususiyatni baxsh etdi. Natijada hayvonlarga oid ertaklar tarkibida majoziy namunalar yuzaga kela boshladi. Feodal munosabatlar tarkib topib, unda ijtimoiy jarayon takomillasha borgach, ertaklarda ham shu ijtimoiy munosabatlarni ifodalash tamoyili chuqurlasha bordi, natijada hayotiy uydirmalar asosidagi maishiy ertaklar paydo bo`la boshladi. Shu zaylda ertaklar ijtimoiy - estetik hodisa sifatida xalq epik ijodiyotida mustahkam qaror topdi. Download 124.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling