6. Yig’ish operatsiyalarini bajarish jarayonlari, texnologik jihozlari va texnik hujjatlari.
Yig‘ishning texnologik jarayoni karta, sxema, grafik ko‘rinishida rasmiylashtiriladi, ular asosiy hisoblash hujjati hisoblanadi. Korxonalarda amalda qo‘llaniladigan kartalar shakli turlicha, biroq ular ko‘pincha soddalashtirilgan bo‘ladi va yig‘ish jarayonining zarur omillarini aks ettirmaydi. Yig‘ishning har bir bosqichi uchun [agregat (mexanizmlar) yig‘ma birliklarini yig‘ish, mashinani umumiy yig‘ish] operatsiyaga, o‘tishlarga va priyomlarga taqsimlangan texnologik jarayon ishlab chiqiladi. SHunga asosan marshrutli va operatsiyali kartalar yig‘ish jarayonining har bir bosqichi uchun tuziladi. Yig‘ish ishlarining kartalarida har bir bosqichi uchun texnologik jarayonning barcha omillari keltiriladi. Kartalar a) mashina nomini; b) mashinaning yillik ishlab chiqarish hajmini; v) seriyadagi mashinalar soni; g) barcha ishlarni yig‘ishning bosqichlari bo‘yicha taqsimlash; d) yig‘ishning har bir bosqichi uchun operatsiya va o‘tishlarning nomi va bayoni; e) talab qilinadigan moslama, asboblar va uskunalarni ko‘rsatish; j) yig‘ish takti va alohida operatsiyalarni bajarish uchun vaqt; z) bajariladigan operatsiya uchun barcha ishchilarga umumiy vaqt me'yori; i) ishchilar malakasining razryadlari; k) yig‘ishda detallarni biriktirish uchun saqlanishi zarur bo‘lgan konstruktiv tirqishlar; l) yig‘ish operatsiyalari moslamalarni, mahsulotni ko‘tarish yoki burash uchun tros yoki zanjirni mahkamlash usullarining eskizlarini ifodalashi zarur.
7 Korxonadagi standartlash ishlari va nazorat qilish usullari.
UzAutoMotors avtomobilsozlik zavodi Korea texnologiyalari asosida qoshma qurilgan zavod bo’lib, har bir ishlab chiqish liniyalarini, tsexlari va har bir ish jarayoni detallarigacha xalqaro standartlarga javob beradigan aniq reja asosida tekshirilib yurgiziladi.
O'lchov aniqligi - bu mashina qismlari o'lchamlarining haqiqiy qiymatlarini rasmda ko'rsatilgan o'lchamlarga yaqinlashtirish darajasi.
Qismlarning ishchi rasmlarida, avvalo, nominal o'lchovlar yopishtirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |