Zavod: 4 filiallari: 4
Mexanik ishlov berish texnologik jarayonida ishlatiladigaan dastgohlar
Download 299.53 Kb.
|
Hisobot 2022
5.Mexanik ishlov berish texnologik jarayonida ishlatiladigaan dastgohlar
Ishlab chiqarish jarayoni tarkibiga detallarga mexanik ishlov berish va yig‘ish, saqlash va tayyorlash davomidagi barcha harakatlar, detallarni tashish, ularning sifatini nazorat qilish, ish joyi va uchastkaning ta'minotini va xizmat vazifasini tashkil etish, ishlab chiqarishning barcha bo‘limlarini boshqarish hamda ishlab chiqarishni har tomonlama texnik jihatdan tayyorlash ishlari kiradi. Ishlab chiqarish jarayoni quyidagi bosqichlarda bajariladi: 1) zagotovka tayyorlash – quyish, bolg‘alash, shtamplash yoki prokatdan tayyorlanadigan materiallarga birlamchi ishlov berish, payvandlash; 2) detallarni yakuniy shakl va o‘lchamlarga keltirish uchun metall kesish dastgohlarida mexanik ishlov berish; 3) yig‘ma birikmalar, uzellar, agregatlar yoki mexanizmlarni oraliq yig‘ish; 4) mashina yoki mahsulotni yakuniy yig‘ish; 5) mashina yoki mahsulotni sozlash va sinash; 6) mashina yoki mahsulotni bo‘yash va ularni saqlash. Texnologik jarayon (TJ) - ishlab chiqarish jarayonining tarkibiy qismi bo‘lib, ishlab chiqarish predmeti (zagotovka) o‘lchamlari, tashqi ko‘rinishi, shakli va ichki xossalarining ketma-ket o‘zgarib borishi va ularni nazorat qilishni o‘z ichiga oladi. Texnologik jarayonlarni loyihalash quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi: - TJ ni ishlab chiqish uchun dastlabki ma'lumotlarni tahlil qilish; - guruhli yoki tipaviy TJ larni tanlash yoki yakka tartibli TJ ga o‘xshashini qidirish; - boshlang‘ich zagotovka va uni tayyorlash usullarini tanlash; - texnologik bazalarni tanlash; - ishlov berishning texnologik marshrutini ishlab chiqish; - texnologik operatsiyalarni ishlab chiqish; - o‘tishlarning ketma-ketligini aniqlash va ishlab chiqish; - operatsiyalarning texnologik jihozlash vositalarini (TJV) tanlash; - TJV ning kerakli soni va turini aniqlash; - yangi TJV ga buyurtma berish va shu bilan birga texnik vositalarni sinash va nazorat qilish; 11 - mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish jarayonlari vositalarining elementlarini va sex ichida transport vositalarini tanlash; - ishlov berish rejimlarini ishlab chiqish va hisoblash; - texnologik jarayonni texnik me'yorlash; - texnika xavfsizligi talablarini belgilash; - texnologik jarayonni iqtisodiy samaradorligini hisoblash; - TJ ni hujjatlashtirish. Download 299.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling