Zavqiddin ivadullayev etnologiya fanidan amaliyot hisoboti bajardi: zavqiddin ivadullayev
I Bob. Samarqand vohasining arxeologik urganilishi tarixi
Download 98.51 Kb.
|
ZAVQIDDIN IVADULLAYEV
I Bob. Samarqand vohasining arxeologik urganilishi tarixi.
1.1. Samarqand vohasi tarixi yozma manbalarda. Sharq xalqlari davlatchiligi va tamadduni tarixida, ular taraqqiyotining barcha bosqichlarida jamiyat iqtisodiy va siyosiy hayotining markazlari xisoblanmish shaharlar muhim ahamiyatga ega bo`lgan. Shaharlarda davlat harbiy-ma`muriy va madaniy hayotining barcha salohiyati jamlangan edi. Iqtisodiy va madaniy rivojlanishda shaharlarning yetakchilik mavqeini egallagani, jumladan, Sharqning yirik shaharlaridan xisoblangan O`rta Osiyoda ham ko`zatiladi. O`rta Osiyo shaharlari zamonasining turli davrlarida ishlab chiqarishni, savdo-sotiqni yurgizuvchi fanni rivojlantiruvchi yirik markazlar sifatida ta`riflangan. Xususan, Samarqand nafaqat O`rta Osiyo, balki butun Sharqning yirik shaharlari sirasiga kirib, u O`rta Osiyoning eng o`zun daryolari Amudaryo va Sirdaryo oraligidagi o`lkan madaniy maskanning markazida — “zar sochuvchi daryo” deb atalmish Zarafshon buylarida va Yevrosiyoning eng muhim savdo tarmoqlari tutashgan joyda qat kutardi. Bu hudud O`rta Osiyodan oqib o`tadigan ikki azim daryoning oraligida joylashgani va respublikamiz — O`zbekiston xalqlarining yuqsalish bosqichlarini yoritishdagi ahamiyati bilan katta qiziqish tugdiradi.Usha zamon tarixchilari, geograflari, sayyohlari, savdogarlari va din targibotchilari — missionerlari Samarqand yer yo`ziniig sayqali, “Sharq Rimi”, “Musulmon olaminiig qimmatbaho gavhari”, “Yer yo`zining porloq nuqtasi” singari tasirli, jozibali tarzda ifodalangan nomlar, turli davrlarda shaharga tashrif buyurgan zamondoshlari tomonidan ta`rif etilgan. Shaharniig tahsinga loyiq qiyofasi hozirga qadar saqlanib qolgan. O`zbekiston Respublikasining Prezidenti I.A. Karimov Samarqandni shunday deb ta`riflagandi: “Biz “Samarqand” deganda qadim-qadimdan fan va maorif, madaniyat va ma`naviyat beshigi bo`lgan yorqin maskanni ko`z oldimizga keltiramiz.” Bugungi kun shoiri ifodalagandek, ana shu “tarix marjonidagi dur” ko`p asrlik o`tmishni boshidan kechirib, o`zining betakrorligi bilan O`zbekiston deb atalmish yurtning qanchalar ajib, saxovatli va ulug`vor ekanligini dunyoga tarannum etmoqda. Shahar hayotining bugun 2750 yilligi — bu zamin tarixining eng porloq sahifalaridan biridir. Shahar tarixi bilan tanishish ana shu zaminda dastlabki manzilgohlarga asos solingan vaqtdan boshlangan. Bu esa etnik, ijtimoiy va siyosiy, madaniy va migratsiya harayonlarining o`ziga xosligini teran tasavvur etish va tushunishga imkon beradi. Boy tabiati, behisob hayvonu baliqlari, yovvoyi mevali daraxtlarining mo`l-ko`lligi va hamisha yoqimli shabada esib turishi, tarixchilar fikricha, paleolit, ya`ni tosh asrining eng qadimgi davrlaridayoq bu yerga odamlarni jalb qilgan. Samarqandning janubrog`ida, xushmanzara Omonko`ton vodiysida, Taxtaxaracha dovoni yaqinidagi tog` yonbag`irlardan birida arxeologlar stalaktik— sumalaksimon oqma tomchilardan hosil bulgan krestal g`orni topdilar. U bundan 100—40 ming yillar avnal yashagan ibtkdoiy odamlarning makoni ekan. Bu yerdagi odamlar “zar sochunchi daryo” — Zarafshon boshlanuvchi toglarda uchraydigan Osiyo muflonlari, morol, bugu, kyng`ir ayiq va boshqa hayvonlarni ov qilganlar. Hozirgi Samarqandning qoq markazi Siobcha arigi buyidan topilgan ibtidoiy ovchilar va baliqchilarning katta manzilgohida qadimgi gulxan qoldiqlari saqlangan. Bu yerda ovdan qaytgan odamlar gulxan yorugida chaqmoqtoshlardan yangi tosh qo`rollar, novteshalar va boshqa ovchilik qurollari yasashgan. Ariq bo`ylab janub tomonda tosh asri ovchilarining yana bir qancha manzilgohlari aniqlanib, ularda ham qadimiy odamlar foydalangan mehnat qurollari ibtidoiy hayvonlar — oq quyruq, bugu, tuya otlarning suyaklari topildi. Bu mintaka tarixida metallning topilishi yangi bosqichni boshladi. Uniig xususiyatini o`rganish asosida odamlar ishlab chiqarishda tamomila yangi materiallardan foydalanish imkoniga ega bo`ldi. Metalni eritish, quyish va shaklga solish orqali ko`plab miqdorda qul ay va mustahham mehnat anjomlari va qurollar yasash mumkin bo`ldi, ro`zgorbop narsalar tayyorlandi. Hunarmandchilikning yangi sohalariga asos solind dehqonchilik rivohlanib, shaharlar qurish imkoni paydo bo`ldi. Zarafshon vohasining saxovatli zamini, rangli va asl metall rudalari, chaqnoq toshlari, qurilish materiallariga boy qatlamlari ana shunday yuqsalishga zamin hozirlaganini ko`ramiz. Miloddan avnalgi xx ming yilliklarda Sug`dning qadimgi konchi va metallurglari tomonidan Ziyoviddin togi yonbagirlaridan qalayga boy ruda konlarni, janubiy Qizilqum toglaridan esa — mis, fero`za, oltin konlarining topilishi Sug`d hayotida tub o`zgarishlar bo`lishiga olib kelgan. Mis va uning qalay, surma kumushli eritmalari metalliing tamomila yangi xilini —quyoshda oltindek tovlanadigan va uta mustahham bulgan bronza olish imkonini berdi. Bu esa qurolsozlikning rivojlanishiga va mustahham qurol-aslahalar tayyorlashga imkon berdi. Sug`d tarixida yangi sahifa ochilib, xilma-xil pishiq-puxta ish asbob-anjomlari, qurollar va harbiy yarog-aslahalar, zebu-ziynatlar yasash mumkin bo`ldi. Asl yaltirok toshlar, birinchi navbatda, “galaba keltiruvchi tosh” — moviy fero`za bilan bir qatorda metallar Sug`d iylarning mol ayirboshlash va savdo-sotigida muhim vosita bo`lib qoldi. Zarafshonning so`l qirgogida — Samarqanddan uncha o`zoq bo`lmagan Muminobod qishlogida jez asri chorvadorlarining xarobalari topildi. Marxumlarni xuddi u dunyoga ketayotgan chaqaloqlardek o`tkizib, serhasham liboslari va munchok hamda taqinchoqlar bilan bezatilgan bosh kiyimlarini kiydirib dafn etishgan. Ularning yoniga tilla va kumush o`zUqlar, oltin va jez baldoqlar ko`mishgan. Marhumlarning ko`llarida nov shaklidagi uchi ilon boshliga o`xshash bilago`zUqlar, dastakli oyna, tosh sibizga bo`lgan. Bosh tomoniga idishlar, yorguchoklar qo`yilgan. Bu topilmalar shaharsozlik madaniyati shakllangan Sug`d iyona hududida yuqsak dehqonchilik madaniyati ham tarkib topganligidan darak beradi. Shu omillar sabab aynan shu Zarafshon bagridagi vohada O`rta Osiyo ikki daryo oraligi dehqonchiligi va savdo sotiq markazi — Samarqand shahri vujudga keldi. Miloddan avvalgi bir mingyillikda shaharni o`rab turadigan Zarafshon daryosining yirik irmoklari — Dargom va Bulungur vaqt o`tishi bilan katta kanallar qiyofasini olib, ular atrofidagi yerlar gullagan vodiylarga aylandi. Ana shunday sharoitda Avestoning muqaddas maqtovlarida tarannum etilgan va xozirgi O`zbekistonning markaziy qismida joylashgan qadimiy shahar, Sug`d Poytaxti — Samarqand qad ko`tardi. Shaharning nomi bilan bogliq ko`pdan-ko`p afsona va rivoyatlar tarixda saqlanib qolgan. Ana shunday afsonalardan biri o`rta asrlarda yaratilgan mo`jaz asar “Kitab fi-kand at tarixi Samarqand” — “Samarqand tarixining qand kitobi” shaharga bagishlangan bo`lib, qisqartirilgan nusxa — “Kichik qandiya” bizgacha yetib kelgan. Unda Samarqandning afsonaviy hukmdori Shamar ibn Xoris haqida rivoyat beriladi, u bu yerda o`z ismi bilan atalgan degan shahar barpo etadi. Keyin bu nom Samarqand bo`lib o`zgarib ketadi. Kitobdagi riVoyatda hukmdor Samar haqidagi afsona bayon qilingan. U o`zoq izlanishlardan so`ng go`zal bir joyni topgan, unga bu joyning, ayniqsa, suvi va havosi yoqqan. U quduq kazishni buyurgan. Atrofda yaxshi, serhosil yer bo`lgan. Abu Tohirxohaning o`rta asrlarda yaratilgan “Samariya” asarida Samarkayadning qal`a- devorlari qurilishi to`grisidagi bir necha taxminlar orasida Feridunning o`gli Samar (Sam) haqidagi afsona ham keltiriladi. U bu yerni meros sifatida olgan va o`zining nomidagi qishloq (kent)ni barpo ztgan. Taniqli arab tarixchisi at-Tabariy “Paygambarlar va podshohlar tarixi” kitobida shaharga shox Samar asos solganligi, “qand” esa bu joylarda yashagan turk aymogi ekanligini aytgan. Ayrim tarixchilar shahar nomini “Samariya”ning sankskritcha uchrashuv joyi”, yigiladigan joy” tarzida talkin qilinishi bilan boglaydilar yoki “Samarkansa” sifatida tariflaydilar. Aleksandr Maqduniy (Makedonskiy) shaharni istilo qilgandan so`ng yunonlar uni “Maroqanda”deb atay boshlashgan. “Devoni lugatit-turk” lugatini to`zgan Mahmud Qoshgariy boshqa taxminni keltiradi. Uning fikricha, shahar turkiy “Semizkent”. ya`ni, “semiz, joy” shahar ma`nosini anglatadi. Bu ham tasodifiy emas edi. Shaharning nafaqat afsonaviy ta`riflari, shuningdek, hayotiy tavsiflari, shoirlar, geograf, tarixchi va bu yerga tashrif buyurgan shaxslar tomonidan bildirilgan hayrat to`la fikrlarida Samarqand tuprogining unumdorligi, ajoyib tabiati, betakror san`ati va aholisining samimiyligi o`z aksini topgan. Turli davrlarda bildirilgan ta`riflarga quloq tutaylik: “Samarqand yerlari bepoyon, semiz va unumdor bo`lib, juda barakali hosil beradi, gullar va meva-chevalar haddan tashkari serob. Aholi zur otlarni ko`plab yetishtiradi. Odamlari sanat va hunarmandchilikda dong taratgan”, — deb yozadi VII asrda yashagan xitoylik buddaviy missioner Syuan Szyan o`z kundaligida. X asr taniqli arab geografi Istaxriy Sharqning juda ko`p mamlakatlari bilan yaqindan tanishgan. U Samarqandni “Alloh yaratgan eng suyuqli yurtlardan biri”, deb ta`riflab, uni eng shirin, jannatiy mevalar yetishtiriladigan “yer yo`zidagi rohatbaxsh joy”, deb ataydi. Yuqorida ta`kidlangan va uning zamondoshlaridan biri bo`lgan at-Tabariy esa Samarqandni “musulmon amirlarining bogi” sifatida uluglaydi. “Samarqandliklar kalbi go`zallikka oshno. Ular orasida jahonni bezaydigan mo`jizalarni yaratishga qodir ustalar ko`p”, — deb yozgan edi XII asr taryaxchisi Idrisiy. Juda ko`p yurtlarni kezgan va Sharq shaharlarini tasvirlagan XV asr ozarbayjon geografi Abdurashid al-Bakuviy Samarqandni ko`rgach, “Yer yo`zida bu shahardan yaxshirok, yokimlirok o`zga bir maskan yuq” — deb yozgan edi. Jahonning bu rohatbaxsh maskani qachon vujudga kelgan? Qanday ashyoviy dalillar olimlarga shahar bu qadar ulug yoshda ekanligin isbotlashga imkon bermoqda? Uning ko`hna tarixida ilk poydevor qayerga ko`yilgan? Samarqandning shimoliy chekkasida 200 gektardan katta maydonda tepaliklar yastanib yotibdi. Bu tepaliklarni mahalliy aholi “Shohnoma” dostonining afsonaviy qahramoni — Afrosiyob nom bilan ataydi. Arxeologning sinchkov nigohi bir paytlar bu yerda mavjud bulgan mustahham qal`a--qurgonning baland minoralarini ham, turarjoy binolari va hunarmandchilik ustaxonalari joylashgan ko`chalar tarhini ham , Juma masjidning mahobatli xarobalarini ham, mudofaa devorlari oldidagi bir necha quduq va odam chiqolmaydigan qilib qurilgan darvozalarni ham ajrata oladi. Qadimgi shahar atrofi suv to`ldirilgan mudofaa o`rasi — Novadon bilan o`ralgan va Zarafshonning lazzatli ichimlik suvi bilan ta`minlangan, bu suv ko`rgoshin Ariq Jo`yiarziz orqali keltirilgan bo`lib, bu o`z davrida Samarqandlik ustalarning eng yaxshi yutUqlaridan biri deb hisoblagan. Qazishma ishlari vaqtida topilgan madaniy qalin qatlam shaharning ko`p asrlik hayotidan dalolat beradi. Ular turli davrlarga oid istekkomli inshootlar, hashamatli saroy va ibodatxonalar, shahar aslzodalari va aholisining turar joylari, hunarmandchilik ustaxonalari, bozor maydonlari, hovo`zlar va katta-kichik Ariqlar utgan yo`llarni o`z ichiga oladi. Qadimiy Samarqand shahar hayoti paydo bo`lgandan to mo`gullarning fojiali bosqinigacha ana shunday ko`rinishda edi. Shaharda qurilish lar to`xtovsiz davom etgani bois, shahar hayotining ilk davrlariga oid ashyolar madaniy qatlam ning eng ostida, 14—19 m gacha chUqurlikda qisman saqlangan. Arxeologlarniig ko`p yillik qazishmalari, nihoyat, shaharning dastlabki madaniy qatlam larigacha yetib borib, undagi nafaqat qatlam tizmalari, shu bilan birga ilk istekkom-inshootlari qoldiqlari, turar joylar, ro`zgor buyumlari va zeb-ziynatlar yuqori qatlam larda uchramagan, katta bo`lkaga uxshab ketadigan qurilish gishtlari va ganchkor sopol parchalaridan tashkil topgan moddiy madaniyat yuqori qatlam lardagi ashyolardan keskin fark qilishini aniqlash imkonini berdi. Ayni vaqtda bu Fargonadan Janubiy Turkmanistongacha bulgan o`lkan hududda miloddan avvalgi SH mingyillik boshlarida yashagan xalqlar madaniyatiga o`xshash tomonlari bilan ham xarakterlanadi. Bu madaniyat bir necha yo`z yilliklarni ham rab olgani uchun Afrosiyobning aniq yoshini aytib berish imkoni yuq edi. Lekin keyingi yillarda O`zbekiston Respublikasi FA Arxeologiya instituti xodimlari franso`z olimlari bilan parallel ravishda yana bir yirik shahar xarobalarida qazishma ishlarini boshladilar. Bu shahar Ko`ktepa nomi bilan mashhur bo`lib, hozirgi Samarqanddan 30 km shimoliy-garbda joylashgan. Uning tarhi Samarqandning kichraytirilgan nusxasi bo`lib chiqdi, lekin bu shahar Samarqanddan farkli o`larok antik davrlardayok e`tibordan qoldi. Natijada uning qadimiy tarhi nisbatan yaxshi saqlandi. KUqtepaning ichki mudofaa devorlarida hashamatli binolar va ibodatxona inshootlarining bulmalari ko`zga tashlanadi, bu inshootlar ham ilk Samarqand qurilish larida ishlatilgan guvalasimon shakldagi gishtlardan bunyod bulgan. Ana shu majmualarda qazishmalar olib borilib, ibodatxona va saroyning ilk shakli aniqlandi. Bu binolar usha davr andozasidagn gishtlardan kutarilgan, madaniy qatlam larda esa usha davrning ganchkorlik ishlari aniqlangan. Ibodatxonaning marosim bajariladigan mehrobida muqaddas olov qul lari saqlanib qolgan. Qul ning radioxarbon tahlili olov yoqilgan voqea bundan 2750 yillar avval sodir bulganligini aniqlashga imkon berdi. KUqtepa me`morchiligi va uning butun moddiy madaniyati Afrosiyobning ilk qatlamlarida topilgani ashyolar bilan aynan uxshashdir, bu hol mazkur shaharlar qurilish sanasi ilk Samarqand vujudga kelgan ovchilar, to`kuvchilar, qul ollarning “yo`ldosh shaharlari” vujudga kelgan sana bilan bir xil bo`lgan deyish imkonini beradi. Bunday dahalarni arxeologlar hozirgi shahar Samarqandning dastlabki mudofaa inshootlari va moddiy markazida — Universitet xiyoboni atroflarida, Sartepa mikrorayoni madaniy buyumlari miloddan avvalgi Х asrlarga oid qadimiy aeroport yo`lidagi Afrosiyob yaqinida aniqladilar. Bu joylar Sharqjamiyatiga xosdir mexnat qurollari, tayyor masulotlar, jez, oltin, tosh, suyakdan gan vaqtdir. bu davlatning poytaxti Samarqand edi. Shaharning o`zida birin-ketin katta turar joy dastlabki tavsiflarni beradi. Bu haqda “Aleksandr Makedonskiy solnomasini yozgan Kvint Kursiy Ruf (milodiy 1-asr) Samarqand atrofida o`ziga xos hunarmandchilik Maskanlari —haqida ma`lumot beradi o`zunligi 70 stadiy (1 stadiy — 85m) tashki devorlar bilan va alohida ichki devor bilan o`ralgan qal`a--ko`rgon Movarounnahrning quruqlikdagi bandargohi (arka)li Marokanda shaxri haqida ma`lumot qoldirgan. Aleksandr Makedonskiy yurishlari vaqtida zarar ko`rgan Samarqand Sharh ellinizmi davrida xarobalar ostidan qad rostladi va uning gullab-yashnash davri boshlandi. O`rta Osiyo daryolari oraligida joylashgan shahar yana Yevrosiyo savdo aloqalarining markazi bo`lib qoldi. Bu Vaqtda Samarqand atrofida qurgon-shaharlar va obod qishloqlar qad ko`tardi. Bu davrga ot hunarmandchilik mahsulotlari — kizil va qora lap bilan koplang chiroyli nafis qadahlar, yupka kosa va piyolalar yunon va rimlik larning saqlangan idishlarini eslatadi. Mayda higarrang o`ymakorlik mahsulotlari Sharh ellinizmining yorkin belgilarinidavom ettirgan. Zarb qilingan tangalarda sopol buyumlardagi kabi Sug`d yozuvi namunalari saqlanib qolgan. Milodiy III-IV asrlardagi xalqlarning Buyuq ko`chishi davri O`rta Osiyo orqali ko`chmanchi qabilalar tulkini utib, bu kabilar qisman vohalarda o`troklashdi. Bu Sug`d va Samarqand Iqtisodiy oti etnik tarkibi, madaniyati qiyofasida o`z aksini topdi. Milodiy 1 -mingyillik o`rtalarida bu hudud eftaliylar davlati, keyin esa qudratli Turk xoqonligi tarkibiga kiradi. Aynan, IV-V asrlarda Sug`d savdogarlari tijorat faoliyati kuchayib, ularning jadal sur`atda o`zga yurtlargacha yetib borishi boshlandi. Sug`diylar Buyuq ipak yo`lining quruqlikdagi ko`pgina muhim yo`nalishlarini nazorat ostiga oldilar. Buyuq Xitoy devori yaqinida o`z savdo manzilgohlarini vujudga keltirdilar. Sharqiy Turkistonda esa ibodatxonalari bulgan shaharlar asos sola boshladilar. Pokistonda va Shimoliy Xindistondagi Qoraqurum dovonining kiyin va xavfli tog suqmoqlaridan karvonlari bilan ko`tarildilar. Bu yerda, Shatial va Chilas ko`priklar yonida, kechuvlar yaqinidagi dovorlardihind savdogarlari bilan mol ayirboshlaydigan savdo manzillari vujudga keldi. Sharqiy Turkistonniig savdo manzilgohida milodiy IV asrga oid noyob “eski Sug`d xatlari” — “kuhna xatlar” saqlanib qolgan. Ular orasida bu yerda yashagan savdogarlarning Samarqandga yozgan maktublari diqqatta sazovor. Bu xatlarda Sug`d iy manzilgohlardagi hayot, savdo qilish uchun zarur bulgan mollar, mahalliy ahamiyatga molik siyosiy voqealar bayon qilingan. Sug`d savdogarlari va birinchi navbatda, Samarqandlik tijoratchilarning nufo`zi Turk xoqonligi davrida orta bordi. Xokonlik gullab-yashnagan paytda uning hududiy chegarasi Sharqda Xitoyning Xan imperiyasi chekkalarigacha garbda Kaspiy va Qora dengizlargacha borgan edi. Turk xoqonlari Xitoydan o`lpon sifatida oladigan ipaklarini sotishdan manfaatdor edilar. Shuning uchun ular samarhandlik savdogarlarga xayrixohlik qilib, ularni qullab-quvvatlardi. Bundan foydalangan savdogarlar shaharlar va karvonsaroylari bulgan dasht yo`llariga asos soldilar. Sosoniylardan bulgan Eron shohi sug`d elchisi Moniax boshchilik qilgan Turk xoqonligi elchilariniig Buyuq ipak yo`li janubiy yullarini birgalikda nazorat qilish to`grisidagi taklifini rad etib olib kelingan ipakni poytaxt maydonida namoyishkorona yoqib yubordi. Shundan so`ng xokonlik elchilari yangi yunalish buyicha, shimol tomonga, Xorazm Kaspiy dengizi va Kavkaz orqali Vizantiyaga yul oladilar. Ko`p o`tmay sosoniylar shohiga xarshi harbiy bitim va savdo ittifoqi to`zildi. Bu Vizantiya, Kavkaz, Rus bilan amaliy aloqalarning yangi ynalishini ochadi. Sug`dliklar nafaqat Xitoy ipaklari bilan savdo qilganlar, balki o`zlari ham bu qimmatbaho mahsulotni tayyorlaganlar. Sug`dlarning o`ziga xos rasmlar bilan bezatilgan shoyisi vizantiyaliklar, eronliklar va xitoyliklarning keyingi davrda tuqilgan matolaridagi bezaklari uchun namuna bo`lib xizmat qildi. Samarqanddan kelgan Xitoy sayyohi buddaviy Syuan Szyan Samarhand shaharini hosili mul, turli mamlakatlardan keltvrilgan qimmatbaho mollarga boy, hunar va san`atda boshqa o`lkalarni dogda qoldiradigan ko`p sonli aholisi bo`lgan, gullayotgan o`lkani mamlakatlar bilan savdo va diplomatik aloqalari haqida ma`lumot beradi. Bu yerda zardushtiy yozuvi musika madaniyati, ayniqsa, rakkosalarning makorati va ashulachilarniig san`atini keng yoyganlar. Bu davr mualliflari Samarqand aholisining o`z qushnilari ikki metrcha balandlikdagi namunasi yuqeak badiiy ijrosi bilan namuna bulganligi esa O`rta Osiyo daryolari oraligida lol qoldiradi. Qasr devoridagi suratlar o`sha davr uchun eng itifoqini diplomatik, savdo va xarbiy ishlari voqealar — shunkorlarning ov qilish saxnalari, ibodatxona boshxarganligi haqida gapiradilar. Samarqand atrofidagi tantanavorlik bilan kelishi, diniy marosimparni o`z ichiga yillarida Panjikent, Kushoniya, Dabusiya singari savdo aloqalari o`rnatgan. Ular orasida Sug`d hukmdori xo`zuriga ularni boglonchi yo`llar, hukmdorlarning xarorgoxlar diplomatik missiyalarni shoxona qabul qilish manzarasi tarixiy va hunarmandchilik markazlarini quriqlovchi qal`alar paydo ahamiyatga ega. Bu tasvir zal devorlarining kiraverishdagi asosiy qismini egallaydi. Bu kompozitsiyada Osiyoning turli viloyatlari bozorlarni tuldirgan dehqonchilik mahsulotlari ham namoyish qilingan. Bu mahsulotlar nafaqat savdo karvonlarini ta`minlagan, bal buyurgan baqtriyaliklar va chochliklar, turklar va eronliklar, halqaro savdoda ham qadrlanardi. Xususan, Xitoyning Xan imperiyasidan xitoylar va koreyslar qabilalar ining usha davrga xos an`anaviy imperiyasiga olib borilgan eng sara mollar orasida Samarqandning chiroyli kiyimlar kiyib olgan vakillari kursatilgan. Ular xitoy imperatori dastur Mehmon-diplomatlardan birining choponi hoshiyasida yozilgan yozuv saqlanib qolgan. Yezuvni sankt-peterburglik Xitoy manbalari O`rta Osiyo o`lkalari xalqi Samarqandlik- Sharqshunos KA. Livshits o`qigan.Unda aytilishicha xozirgi Surxandaryo hududida joylashgan o`lkalardan biri — Chagoniyon elchisi “ogiz ochdi” U shunday dedi “Men chagoniyonlik dapirpat (elchchxona kotibi — Y.B.) Puxarzoda Chagoniyon hukmdori Turontosh nomidan bu yerga — Samarqandga podsho xo`zuriga xurmatimni izxor etish uchun keldim.Binobarin, ey shox menga nisbatan shubxa bilan xarama,men Samarqandlik xudolar borasida ,shuningdek ,Samarqand yozuvidan yaxshi xabardorman va podshoga xech qanday yomonlikni ravo ko`rmayman.Ey shox rohat farogatda yashayver.Shundan sung shox Varxuman unga ruxsat berdi...Shundan keyin choch dapirpati og`iz ochdi(Toshkent voxasi markaz xisoblangan o`lka elchisi-Y.B),lekin u nima haqida gapirganini biz bilmaymiz chunki u xatning keyingi qismlari. Ammo uning gapi ham chagoniyonliknikiga o`xshash bulishi kerak. Bu yozuv yaqin va o`zoq mamlakatlar elchilarini diplomatik qabul qilishga o`xshagan tadbirning ahamiyati qay darajada bo`lganligini kursatib turadi. Tadqiqotchilar uni nafaqat san`at yodgorligi sifatida, balki O`rta Osiyo va uning atrofidagi o`lkalar xalqlarining har xil ellik qiyofasi, kiyimlari, qurol-yaroglarini ko`rsatuvchi o`ziga xos etnografik ensiklopediya sifatida baxoladilar. Bu tasvirlarda Sug`d iylarning o`zi ham ularning turkiy ismi ham atroflicha namoyish etilgan. Turkiy guruhlarning kompozitsiyaviy joylashishini sinchiklab urganish shuni ko`rsatadiki, ular mehmonlar tarkibidagina bo`lib qolmay, shu bilan birga, asosiy qabul marosimini tashkil etuvchilar sifatida ham ko`rinadilar, ya`ni bu yerdagilarning yetakchilaridan xisoblanadilar. Bu Sug`dda turkiylarning katta nufo`zi va ularning Turk xoqonligi tarkibidagi mavqeidan darak beradi. Tadqiqotchilar Sug`d harbiy ayonlari va VII-VIII asr Sug`d hukmdorlarining katta qismi turkiylar bulgan, deb taqidlaydilar. Samarqand va butun Sug`d hukmdorlari — va ayrim boshqa hukmdorlarning nomi turkcha bulgan. Sug`d xUqmdori Varxuman ham Avarxuman sifatida talkin etilib, kelib chikishi turkiylardan ekanligi qayd etiladi. Yuqorida eslatilgan manzaradagi muxim siyosiy voqeada Turk xoqonligining oliy darahadagi vakillari ham qatnashganligini istisno qilib bulmaydi. Usha davr Sug`d san`atining boshqa ajoyib yodgorliklari orasida torevtika namunalari — badiiy ishlangan kumush ko`zalar, krujkalar va koshiksimon kosalarni kursatish mumkin. Ularni o`rganish natijasida san`at darajasi va ishlanish maxorati jihatdan bu buyumlar Vizantiyaning mashhur torevtika maktabi asarlaridan qolishmasligi aniqlandi. Bu xol Sug`dning usha davrda Vizantiya bilan qalin savdo-Iqtisodiy va madaniy aloqalarida bulganligini tasdiq aydi. Afrosiyobdagi qazishmalarda topilgan fil suyagidan ishlangan dunyodagi eng qadimgi noyob shaxmat donalari yigmasi katta qiziqish uygotdi. Topilma o`sha davrdagi ham shaxmat donalarini birinchi marta to`liq holda bizga namoyon qiladi. Monumental devoriy kurinishlari hukmdorlar qasrlarinigina emas, Sug`d ayonlari shaharlik boy savdogarlarning hashamatli qasrlaridagi zalini ham bezagan dunyoviy mavzudagi ajoyib devoriy suratlar yirik shahar Panjikentdagi xonadonlarda ham topilgan oy mazmundagi kurinishlar esa ibodatxonalarning devorini bezagan. Afrosiyob qasrlari devorlaridagi bezaklarga uxshash kompozitsiyalar Buyuq ipak yo`li buylab Sharqiy Turkistonga qadar tarkalib borgan. Milodiy VII-VIII asrlarda Samarqandda tayyorlangan mahsulotlar Xitoyning Tan davriga oid noyob osori-atikalar orasida ma`lum bulganligini yuqorida ta`kidlagandik.Sug`d tili esa, amerikalik xitoyshunos E. SHefer kat`iy ishonch bilan ta`kidlaganidek, ilk O`rta asrlar davrida Buyuq ipak yo`lining qurUqlikdagi asosiy yo`llarida savdo axlining halqaro tili bo`lib xizmat qilgan. Osiyoning Arab xalifaligi tomonidan istilo qilina boshlanishi VII asrning ikkinchi yarmidan Sug`d hukmdorlari arablarga xarshi kurashga boshchilik qildilar. 712 yil Samarqand Kutayba ibn Muslim qo`shin lari tomonidan bosib olindi, lekin keyingi yiliyok arqali ko`zgolon ko`tardi. Xalqniig Gurak, Devashtich va MUqanna boshchiligidagi qahramonona kurashi gox sunib, gox avj olib qariyb ikki asr davom etdi. Istilochilar Sug`d shaharlarini taladilar, ibodaxonalarni yakson qildilar, yozma yodgorliklarni yoqdilar. Arab tarixchisi at-Tabariy Xurosonga tayinlagan noib tamonidan Samarqanddagi mabudlar talangani va ulardagi oltinlar qimmatbaxo toshlar yigib olinib, vayron qilib tashlangani haqida yozgan.Natijada, Sug`dning ajoyib dunyoviy va diniy san`at yodgorliklari zarar ko`rdi. Samarqand istilochilarga xarshi kurashda shu qadar shikast topdiki, VII asr Sug`d shoiri Abu-t-Taki Abbos Tarxon achinib kuyidagilarni yozgan edi: “Samarqand! Sen xarobaga aylanding. Naksh-bezaklaring qanchalar vayron bo`ldi. Sen Chochdan ham xarobsan, bundan endi aslo unglanolmaysan!” Lekin shoir noxak bo`lib chikdi. VIII asrning ikkin yarmidanok va ayniqsa. VIII asrdan vahar vayronapardan qayta tiklandi. Bunga muhim siyosiy voqealar imkon berdi. asr O`rtalarida xalifaliida ikki urug jamoasi — xokimiyat tetpasiga turgan umaviylar va abbosiylar o`rtasida kurashi boshlandi. Shimoliy Xuroson va Movarounnahr xUqmdorlari qullab-quvvatlanishi natijasida 747—748 yillarda Arab xalifaligi hokimiyati tepasiga Abbosiylar keldi. Shundan so`ng garchi Abbosiylarning markazlashtirish siyosati tufayli. mahalliy hukmdorlarning ko`pchiligi o`z huquqlaridan maxrum bo`lib, siyosiy hokimiyatni ko`ldan boy bergan bo`lsa ham, Movarounnahrning islomni qabul qilgan aholisinnng xuquqlari arab ayonlari bilan tenglashtirilganligi, ularning xalifalik davlati siyosiy va Iqtisodiy hayotga jadal ko`shilishiga olib keldi. Bundan Sug`d va birinchi navbatda Samarqand savdogarlari ancha unumli foydalandilar. IX asr boshlarida xalifa Ma`mun galaba qozongach, o`rta osiyoliklar u bilan xalifalik poytaxtini Bagdodga tantanali ravishda kirib bordilar. Usha davrda xalifaning asosiy qo`shin i jangovarligi bilan ajralib turadigan turkiylardan bulgani, qumondonlikka esa harbiy qobiliyati va mahorati tufayli ko`proq Sug`dliklar olinganini yozganlar. Poytaxtda va xalifapikning boshqa yirik markazlarida Sug`d savdogarlariniig karvonlari uchun karvonsaroylar, turar joylar dahalari qad kutardi. Sug`d savdogarlari Xitoydan tortib Yaqin Sharqqacha ham qurUqlikda, ham dengiz orqali o`tgan savdo yullar ni nazoratga oldi. Ayni usha vaqtda Samarqandning jadallik bilan qayta tiklandi. Shahar malum muddat xalifaligining Movarounnahrga tayiilagan noiblarining qarorgoh i bo`lib, bu yerda ular o`z tangalarini zarb qildirdi. O`zining mahorati va tayyorlangan mahsulotlarining xilma-xilligi bilan ajralib turadigan Samarqand hunarmandlarining turar joylari qad ko`tardi. IX—X asrlarda bu yerda turli qurol-yaroglar va aslahalar, oltin va kumush belboglar. ot egar-jabduglar o`zangi, yugan, suvliklari; noyob metalldan ishlangan xilma-xil zargarlik buyumlari; katta kozonlaru chiroyli jomlar, zeb-zeynatlar ko`plab tayyorlanardi. Samarqand sopoli nahoyatda chiroli edi. Rangli shishadan nafis idishlar tayyorlangan. kufa yozuvi bilan rang-barang bezaklar, murakkab gulli va geometrik shakllar tushirib ishlangan mashxur sirli sopol idishlar (ular endilikda garbiy Yevropa mo`zeylarini bezab turibdi) hozirda ham tayyorlanadi. Rango-rang gazmollar — shoyilar, zarbof parcha va hunli mato, chiroyli tuq-qizil baxmal, taqinchoqlar, nakshinkor toshlar. muxrlar va boshqa ko`pgina mollar xalifalik bozorlarida Sug`dlar savdogarlarga shuhrat keltirdi. Samarqand kogozi alohida urin tutardi, u Sharq va Garbning hamma mamlakatlarida mashxur bo`ldi. Samarqandning yuqori sifat va qiymatga ega kumush dirham lari italiya, Germaniya, Shvetsiya, Norvegiya, Golland yerlari va Kiyev Rusi knyazligining o`rta asr shaharlaridan topilgan xazinalar orasida uchraydi. X asr arab geografi Istaxriy Samarqandni “Movarounnaxrning qurUqlikdagi bandargohi” deb bejiz ta`riflamagan adi. Bu yerga dunyoning turli chekkalaridan savdogarlar mol ayirboshlash uchun kelishgan. Bu asa davlatga katta daromad keltirgan. Samarqand savdogarlari Misrdan tortib Xitoy va Hindistongacha mashhur bulishgan. X asr oxiridan Movarounnahr amalda Somoniylarning mustakil o`lkasi sifatida ajralib turardi. Buxoro uning siyosiy poytaxtiga aylandi, ammo Samarqand Iqtisodiy . madaniy va ilmiy markaz bo`lib qolaverdi. Arab geograflari ahratib kursatganda, Buxoroni Samarqand Sug`d tarkibiga kiritadilar. Download 98.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling