Zaxiriddin muxammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti
Exercise 7. Make up a story using the following words in the box. Topic
Download 0.76 Mb. Pdf ko'rish
|
ingliz tilida shaklan faqat birlikda turuvchi otlar va ularning ozbek tilidagi muqobillari qiyosiy tahlili hamda linguodidaktika muammolari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Exercise 10. Look at the pictures and find the plural form of these nouns.
Exercise 7. Make up a story using the following words in the box. Topic
“Environment” Water, iron, forest, animals, fish, deer, sand, oil, metal, pollution, smoke, money
Exercise 9. Discribe the picture. Exercise 10. Look at the pictures and find the plural form of these nouns.
61
Mustaqil O’zbekistonimiz suveren davlat sifatida olg’a qadam bosib kelmoqda, jahon hamjamiyatida o’z o’rniga, iqtisodiy modeliga, siyosiay va ma’naviy rivojlanish yo’liga va halqaro arenada o’zining munosib o’rniga ega.
Mamlakatimiz hayotning har xil jabhalarida rivojlanib va gullab-yashnab bormoqda, va ta’lim sohasi ham bundan mustasno emas. Turli maktab va universitet fanlarini o’qitishning jahon standarti talablariga javob berish uchun ta’lim sohasiga muxtaram Prezidentimiz va xukuatimiz tomonidan maxsus e’tibor qaratilmoqda. Shuning munosabati bilan chet tillariga, ayniqsa zamonaviy ilm-fanga, texnologiya, madaniyat va hokazolarga kalit til sifatida ingliz tiliga urg’u berilmoqda. Bu narsaga muxtaram Prezidentimiz I.A.Karimovning 2012 yil dekabr oyida chiqarilgan, tarixiy muhimlikka ega bo’lgan “Chet tillarni o’qitish tizimini yanada takomillashtirish” to’g’risidagi qarorida ham katta e’tibor berilgan.
O’zbekistonda ingliz tilini o’rganishga bo’lgan, bora-bora o’sib borayotgan talabning o’zi tipologik jihatdan har xil bo’lgan ikkala tilning qiyoslanib o’rganilishiga va o’zbek maktablarida ingliz tilini o’qitish bo’yicha effektiv metodlarni ishlab chiqishga bo’lgan katta muxtojlikni ko’rsatib turibdi.
Bizning bitiruv malakaviy ishimiz ingliz tilidagi shaklan faqat birlikda turuvchi otlar va
ularning o’zbek tilidagi muqobillari qiyosiy tipologiyasi va ularning lingvodidaktik masalalariga bag’ishlanadi. Garchi otlar har ikkala tilda, ya’ni ingliz va o’zbek tillarida, alohida-alohida o’rganilgan bo’lsada, ingliz tilidagi shaklan faqat birlikda turadigan otlar o’zbek tilidagi muqobillari bilan solishtirilib, bir tizimga solib o’rganilmagan va ingliz tilidagi bunday otlarni o’zbek maktablarida o’qitish bo’yicha samarali strategiyalar hali ishlatilmagan va ishlab chiqilmagan. Shuning uchun ham ilmiy ishimizning mavzusi hozirgi zamon ingliz va o’zbek tilshunosligida, ayniqsa ingliz tili o’qitish metodologiyasida dolzarb mavzu ekani isbotlanib turibdi.
jabhalaridagi sodir bo’layotgan ijobiy o’zgarishlarga, ayniqsa, ta’lim tizimidagi 62
o’zgarishlarga urg’u berib o’tdik va yana malakaviy ishimiz mavzusining dolzarbligi, ishningnazariy va amaliy ahamiyati haqida hamda bir qancha nazariy asoslarga tayangan izlanishimizning bir qancha tomonlari haqida so’z yuritib o’tdik.
Ishimizning birinchi bobida biz e’tiborimizni so’z turkumlari va asosan ot so’z turkumiga va turli tilshunos olimlarning shaklan faqat birlikda ishlatiladigan otlarga nisbatan fikr-muloxazalariga qaratganmiz. Ingliz tilida ham o’zbek tilida ham ot so’z turkumi baxsli, lekin juda qiziqarli lingvistik hodisa.
Bitiruv malakaviy ishning ikkinchi bobida biz lingvodidaktik maqsadlarda hozirgi zamon ingliz tilidagi shaklan faqat birlikda turadigan otlar va ularning o’zbek tilidagi muqobillarining izomorfik va allomorfik jihatlarini yoritib o’tganmiz, ya’ni, ingliz tilidagi shaklan faqat birlikda turadigan otlarni o’zbek maktablarida o’qitishning samarali metodologiyasi bo’yicha ikkala qiyoslanayotgan tillardagi shunday otlarning tipologik ma’lumotini berganmiz. Ishdan ko’rilgan natijalar shuni ko’rsatdiki, hozirgi zamon ingliz tilidagi shaklan faqat ko’plikda turadigan otlar va ularning o’zbek tilidagi muqobillarida struktura va ma’no jihatdan ma’lum o’xshashliklar va noo’xshashliklar mavjud ekan.
Ingliz tilidagi fish so’zi doim birlik shaklida turar ekan va birlikdagi kesim bilan ham ko’plikdagi kesim bilan ham moslashar ekan, ya’ni birlik shakli fish, ko’pligi ham fish. Demak: The fish is big. Baliq katta. The fish are big. Baliqlar katta. O’zbek tilida maslaxat so’zi sanaladigan ot hisoblanadi: bitta maslaxat, uchta maslaxat, ko’p maslaxat. Lekin ingliz tilida bu so’zning muqobili advice bo’lib, uning birlik shakli ham ko’plik shakli ham bir xil ekan: She gave me some advice. I took a lot of advice from your uncle. Agar berilayotgan maslaxatning aniq miqdorini raqam bilan ko’rsatib aytilishi kerak bo’lsa, u holda bu so’zdan oldin a piece of ishlatiladi: two pieces of advice, five pieces of advice.
Shunday qilib biz uchinchi bobimizda ingliz tilidagi shaklan faqat birlikda turuvchi otlarni oqitish bo’yicha bir qancha samarali strategiya va uslubiy tavsiyalar taklif qildik va bundan tashqari shu mavzuni o’qitish bo’yicha e’tiborimizni barcha til ko’nilmalarining integratsiyasiga qaratgan holda va effektiv qilib mavzuni
63
o’qitish uchun interfaol metodlardan foydalangan holda har xil mashqlar tizimini berdik.
Umid qilamizki, ilmiy ishimiz ingliz va o’zbek tillari qiyosiy o’rganilishiga, tarjima jarayoniga va shu tillardagi ot so’z turkumi nazariyasining rivojlanishiga foydasi bo’ladi va o’z xissasini qo’shadi. Eng muhimi shuki, biz ishlab chiqqan shaklan birlikda turuvchi otlarni o’qitish metodlari, strategiyalari va mashqlari juda qo’l keladi va ingliz tili o’qituvchilari uchun qo’llanma sifatida xizmat qila oladi.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling