Zaxm: etiologiyasi, yuqish yo'llari, klassifikatsiyasi, umumiy kechishi. Birlamchi zaxm


Orttirilgan zaxmning umumiy klinik kechishi


Download 1.63 Mb.
bet4/5
Sana20.12.2022
Hajmi1.63 Mb.
#1038812
1   2   3   4   5
Bog'liq
zaxm

Orttirilgan zaxmning umumiy klinik kechishi

  • Orttirilgan va davolanmagan zaxmda davrlarning almashinib turishi kuzatiladi va zaxm ning inkubatsion davri, birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi davrlari ajratiladi. Zaxmning inkubatsion davri deb kasallik yuqqanidan to uning ilk belgilari - qattiq shankr paydo bo'lgunicha o'tgan vaqt tushuniladi. Zaxmning inkubatsion davri o'rtacha 3-4 haftaga teng. Ayrim hollarda, ayniqsa, shu davrda turli sabablarga ko'ra (angina, pnevmoniya, gonoreya va boshqa sabablarga qarshi ma’lum miqdorda antibiotiklar qabul qilish oqibatida) inkubatsion davri 1,5-2 oygacha uzayishi mumkin.
  • Yana ham kam hollarda esa inkubatsion davr (15-18 kungacha) og'ir xastaliklar, alkogolizm, narkomaniya bilan kasallangan bemorlarda qisqarishi mumkin. Inkubatsion davridan boshlab oqish treponema doimiy ko'payib, ma'lum bir miqdorda, limfadan qon sistemasiga o'tib turib, organizmda antitanachalar ishlab chiqilishiga olib keladi. Lekin antitanachalaming miqdori kam bo'lgani tufayli klassik seroreaksiyalar manfiy boiadi (XIX ilova).

Z axm ning birlamchi davri

  • Z axm ning birlamchi davri (Syphilis prim aria) - k asallik nin g boshiang'ich davri hisoblanib, qattiq shankr paydo boigandan to tanada ikkilamchi zaxmga xos toshmalar paydo bo'lguncha kechadi. Bu davr o'rtacha 6-10 hafta davom etib, birlamchi seronegativ va birlamchi seropozitiv davrlarni o'z ichiga oladi. Birlamchi zaxmning asosiy klinik belgisi eroziya yoki yara - birlamchi sifiloma yoki qattiq shankr (Ulcus durum) va regional skleradenit hisoblanadi.

Birlamchi seronegativ zaxm

  • Birlamchi seronegativ zaxm (S yp hilis prim aria seron egativa) inkubatsion davrdan keyin birlamchi sifilomaning paydo bo'lishi bilan boshlanadi va o'rtacha 3-4 hafta davom etadi. Bu davrda Vasserman reaksiyasi manfiy bo'lib, tashxis tipik klinik belgilar va birlamchi sifiloma yuzasidan ajralayotgan to'qima suyuqligidan bakterioskopik y o i bilan rangsiz spiroxeta topishiga asoslanib qo'yiladi.

Download 1.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling