Zbek davlatchiligining shakllanishi va taraqqiyot bosqichlari


Miloddan avvalgi VI-IV asrlarda O`rta Osiyo


Download 424.63 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana06.10.2023
Hajmi424.63 Kb.
#1693747
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2-seminar mavzu

Miloddan avvalgi VI-IV asrlarda O`rta Osiyo: Mil. avv. 555-540-330 yillar 
O`rta Osiyoning tarixiy-madaniy viloyatlari ulkan Ahmoniylar davlati tarkibiga 
kirar edi. O`rta Osiyo viloyatlari va unga qo`shni bo`lgan hududlarning bosib 
olinishi, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy tarixi haqida ko`pchilik olimlar turli yillarda 
tadqiqot ishlari olib bordilar. Bu tadqiqotlarning aksariyati ahmoniylar eroni 
hududlari tarixi bilan bog’liqdir. Mavjud ilmiy tadqiqotlar ahmoniylar davri mixxat 
yozuvlari va ayrim yunon-rim tarixchilarining asarlari hamda arxeologik tadqiqotlar 
natijalariga asoslanadi. 
Bu davr Baqtriya aholisining asosiy mashg’uloti dehqonchilik edi. Qalayimir, 
Kuchuktepa, Qizilcha, Bandixon kabi ko`plab yodgorliklardan dehqonchilik bilan 
bog’liq bo`lgan mehnat qurollari-o`roqlar, ketmonlar, yorg’uchoq va dehqonchilik 
mahsulotlari qoldiqlarining topilishi dehqonchilikdan dalolat berib, dehqonchilik 
asosan sun’iy sug’orishga asoslanganligini ko`rsatadi. 
Baqtriyaning poytaxti qadimgi Baqtra (Hozirgi Balx) shahrida qazish ishlari 
olib borilib, u erdan topilgan kulolchilik buyumlari ko`hna shaharning eng qadimgi 
qatlamlari mil. avv. V asrning o`rtalariga oid ekanligidan dalolat beradi. 
Mil. avv. VI-IV asrlarda So`g’diyona hududlarida ko`plab shahar va 
qishloqlar bo`lib, ular fors podsholariga katta-katta soliqlar to`lab turar edilar. 
Arxeologik tadqiqotlar natijasida Zarafshon va Qashqadaryo vohalaridan bu davrga 
oid Uzunqir, Erqo`rg’on, Daratepa, Sangirtepa, Lolazor, Afrosiyob, Xo`ja Bo`ston 
kabi 50 dan ziyod ko`hna shahar va manzilgohlar ochib o`rganilgan. 
So`g’diyonaning poytaxti bo`lgan Afrosiyob (Samarqand)da shahar 
hayotining rivojlanishi So`g’diyona va butun O`rta Osiyodagi siyosiy va iqtisodiy 
hayotning 
yuksalishi 
hamda 
inqirozi 
bilan 
muvofiq 
tarzda 
kechgan. 
So`g’diyonaning “ikkinchi poytaxti” bo`lgan Erqo`rg’onni (Qashqadaryo) 
tadqiqotchilar yunon-rim tarixchilari tomonidan eslatilgan Ksenippa viloyatining 
markaziy shahri deb hisoblaydilar. 


Mil. avv I ming yillikning o`rtalarida Xorazm ham rivojlanishi jarayonini 
boshdan kechiradi. Xorazm tadqiqotlari natijalariga qaraganda VI-IV asrlarda bu 
hududda yirik-yirik manzilgohlar mavjud edi. Bu davrda Xorazmda inshootlar 
qurilishida xom g’isht, paxsa ishlatilgan. Manzilgohlar va turar joylardan topilgan 
topilmalarning boy va qashshoqligi bu erda mavjud bo`lgan ijtimoiy va mulkiy 
tengsizlikdan dalolat beradi. SHaharlar aholisining asosiy mashg’uloti 
hunarmandchilik bo`lgan. Ko`plab topilgan sopol, bronza, temir buyumlar fikrimiz 
dalilidir. Xorazmda bu davrda mahalliy o`troq aholidan tashqari ko`chmanchi 
chorvadorlar ham yashagan bo`lib, ular o`rtasida doimiy harbiy to`qnashuvlar, 
iqtisodiy va madaniy munosabatlar bo`lib turgan. 
Mil. avv. IV asrning o`rtalaridan boshlab esa, Bolqon yarim orolidagi shahar-
davlatlar kuchaya boshlaydi va Makedoniya podshosi Fillip II boshchiligida mil. 
avv. 336 yilda ahmoniylar davlatiga qarshi kurash boshlandi. Ammo, Fillip II ning 
o`ldirilishi tufayli bu kurash to`xtab qoldi. O`sha yili taxtga Fillip II ning o`g’li 20 
yoshli Iskandar (Aleksandr) o`tirdi. Bu paytga kelib, yunon shahar-davlatlarida 
Iskandarga qarshi harakatlar boshlangan bo`lib, yosh podsho bu harakatlarning 
barchasini shafqatsizlik bilan bostirdi.
Iskandar ahmoniylarga qarshi urushga jiddiy kirishib Kichik Osiyodan 
Parmenion boshliq qo`shinlarni chaqirtirdi. Harbiy kengash tuzib quruqlikda va 
suvda harakat qilayotgan qo`shinlar oldiga aniq vazifalar qo`ydi. Bir necha 
g’alabadan so`ng mil. avv. 330-329 yillar qishida Makedoniyalik Iskandar 
qo`shinlari Hinduqush dovonidan o`tib SHimoliy Baqtriya erlariga chiqib keladilar. 
Bu paytdagi Baqtriya satrapi Bess o`z qo`shinlari bilan Iskandarga qarshi chiqdi. 
Ammo, tajribali yunon-makedon qo`shinlaridan mag’lubiyatga uchradi. Iskandar 
Baqtriyaning poytaxti Baqtra shahri, Aorn, Drapsak kabi mustahkam qal’alarni 
egalladi. 
Maroqandadan 
so`ng 
yunon-makedon 
qo`shinlarining 
yurishi 
nihoyatda og’ir kechdi. Mahalliy so`g’diy aholi dushmanni o`ta norozi kayfiyatda 
kutib oldi hamda bir tan- bir jon bo`lib unga qarshi chiqdi. Natijada Baqtriya va 
So`g’diyona hududlarida ham Iskandarga qarshi qo`zg’olonlar boshlanib ketadi. 
Asosan Spitamen boshchilik qilgan bu qo`zg’alonlar mil.avv. 329-327 yillarda 
shafqatsizlarcha bostirildi. 
Yunon-makedon bosqinchilariga qarshi uch yil davomida kurash olib borar 
ekan, O`rta Osiyo xalqlari mislsiz jasorat namunalarini ko`rsatdilar. Ular yunonlar 
o`ylaganidek, “varvarlar” va madaniyatdan orqada qolgan emas, balki o`z davrining 
yuksak harbiy san’ati va madaniyatiga ega ekanliklarini namoyish etdilar. Iskandar 
qo`shinlari butun SHarq davlatlarini o`zlariga bo`ysundirganlarida So`g’diyona va 
Baqtriyadagi kabi qattiq qarshilikka uchramagan edilar. Bu holni Iskandar tarixini 
yozgan ko`pgina qadimgi davr tarixchilari ham e’tirof etadilar. 


O`zbekiston hududlarida yashagan mahalliy aholi qadimgi davrlardan boshlab 
bosqinchilarga qarshi ayovsiz kurash olib borib o`z ozodligi va mustaqilligi yo`lida 
bir tan-bir jon bo`lib harakat qilganlar. Ammo, kuchlar nisbati va harbiy texnikaning 
teng emasligi ko`p hollarda bosqinchilar ustunligini ta’minlagan. 
Makedoniyalik Iskandar Salavkiylar, Parfiya va Yunon-Baqtriya davlatlari 
turli xalqlar, elatlar va qabilalarning zo`rlab birlashtirilgan yig’indisidan iborat 
bo`lib, faqat qo`rqitish va qurol kuchi orqali idora qilinar edi. Mil.avv. 323 yilda 
Makedoniyalik Iskandarning Bobilda to`satdan vafot etishi siyosiy vaziyatning 
keskin o`zgarishiga sabab bo`ldi. YUnon diadoxlari (hukmdorlar, amaldorlar) 
o`rtasida hokimiyat uchun shafqatsiz kurash boshlandi. 
Mil.avv. 312 yilda Iskandarning eng ishonchli sarkardalaridan biri Salavka 
diadoxlar bilan bo`lgan kurashda ustun kelib Bobil, Suziana, Midiya va boshqa 
qo`shni viloyatlarni bosib oldi va ko`p o`tmay Old Osiyo, eron va O`rta Osiyo 
hududlariga ham o`z hukmronligini o`rnatdi. Salavkiylar hokimiyatni egallagan 
paytdayoq ularning O`rta Osiyodagi ahvoli tahlikali edi. Aynan shu sababli O`rta 
Osiyo viloyatlari erlaridan mahrum bo`lishdan qo`rqib ketgan Salavka I o`z vorisi 
Antiox I boshchiligidagi SHarqiy noiblik (straplik)larni ta’sis etdi. 
O`zining uzoq yillik hukmronligi davrida (mil. avv. 293-261 yy.) Antiox 
G’arbga qilgan ko`pgina yurishlari bilan shuhrat qozondi. U o`z davlatining 
sharqiga, shumladan O`rta Osiyo erlariga kam e’tibor qaratdi. Bu paytda uning 
viloyatlarida iqtisodiy o`zgarish yuz beradi. Ancha tinch hayot boshlanib qishloq 
xo`jaligi, hunarmandchilik, savdo-sotiq anchagina rivojlanadi. Salavkiylar davlati 
markazidan chetda bo`lishiga qaramasdan, O`rta Osiyo ular davlatining eng muhim 
qismi edi. O`rta Osiyo harbiy-strategik va iqtisodiy ahamiyatga ega bo`lib, 
salavkiylar bu hudud bo`ylab o`tgan savdo yo`llari bo`yida shaharlar va qishloqlar 
qurdirib 
ularda 
hunarmandchilik, 
o`zaro 
almashinuv 
va 
savdo-sotiqni 
rivojlantirganlari bejiz emas. 
Tarixiy manbalarda salavkiylar satrap-strateglari yunoncha nomda tilga 
olinadi. (Stratonik, Aleksandr, Gieraks va b.). Demak, salavkiylar hukmdorlari 
asosan yunonlardan va ayrim hollarda ellinlashgan mahalliy aholidan tayinlangan. 
Tadqiqotchilarning fikricha, O`rta Osiyoda yunon hokimlari va ular atrofida 
to`plangan yunon-zodagonlar bilan birga mahalliy zodagonlar ham hokimlik qilar 
edilar. Salavkiylar hokimiyati, O`rta Osiyodagi harbiy manzilgohlarda 
(katoykiyalarda) joylashgan harbiy kuchlarga tayangan edi. Aholiga jabr-zulm 
qilishda mahalliy hukmron guruh vakillari ham ishtirok etardilar. 
Mil. avv. III asrning 60-50-yillariga kelib Kichik Osiyo va Bolqon yarim 
orolida salavkiy hukmdorlari o`rtasida hokimiyat uchun kurashlar avj oldi. Natijada 
salavkiylar davlatining sharqiy satraplari siyosiy hayotida o`zgarishlar sodir bo`ldi. 


Mil. avv. 250 yilga kelib dastlab Parfiya, keyin esa Yunon-Baqtriya davlatlari 
salavkiylar davlatidan ajralib chiqib o`zlarini mustaqil deb e’lon qildilar. 
Yunon-Baqtriya davlatining gullab-yashnagan davri mil. avv. III asrning 
ikkinchi yarmi va mil. avv. II asrning birinchi yarmiga to`g’ri keladi. Janubiy 
hududlardan bu davrga oid Jondavlattepa, Dalvarzin (pastki qatlamlar), Oyxonim, 
Qorabog’tepa, Kampirtepa kabi yodgorliklardan hokimlar saroylari, ibodatxonalar, 
turar-joylar, mehnat va jangovar qurollar, turli hunarmandchilik buyumlari hamda 
ko`plab tanga pullarning topilishi bu hududlardagi ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy 
hayotdagi rivojlanish jarayonlaridan dalolat beradi. 
Yunon-Baqriya davlati markazlashgan davlat bo`lib, hokimiyatni podsho 
boshqarar edi. Davlat bir necha viloyatlarga bo`lingan bo`lib bu viloyat hokimlari 
podshoga bo`ysunar edilar. Ba’zi tadqiqotchilar So`g’d va Farg’ona ham Yunon-
Baqtriya tarkibiga kirgan desalar, ayrimlari bu davlatning chegaralari Amudaryodan 
nariga o`tmagan deydilar. So`nggi yillarda olib borilgan qazishmalar natijasida 
topilgan juda ko`plab arxeologik topilmalar Amudaryoning o`ng va so`l qirg’og’i 
aholisining mil.avv. III-II asrlardagi o`zaro aloqalardan darak beribgina qolmay, bu 
erlarni Yunon-Baqtriya davlati tarkibiga kirganligidan dalolat beradi. 
Tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda mil. avv. 250-140-130 yillar 
davomida YUnon-Baqtriya davlati mustaqil davlat sifatida mavjud bo`lib, bu davrda 
Diodot, Evtidem, Evkratid, Geliokl kabi podsholar hokimiyatni boshqarganlar. Mil. 
avv. II asrning ikkinchi yarmiga kelib ko`chmanchilar zarbalari ostida YUnon-
Baqtriya davlati inqirozga uchradi. 

Download 424.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling