Zbek davlatchiligining shakllanishi va taraqqiyot bosqichlari


Download 424.63 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana06.10.2023
Hajmi424.63 Kb.
#1693747
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2-seminar mavzu

Dastlabki davlatlar: 
Bronza davriga kelib aholining ijtimoiy va iqtisodiy 
hayotida katta o`zgarishlar sodir bo`ldi. Xususan, qadimgi aholi ishlab chiqarishning 
ma’lum bir sohalariga - dehqonchilik, chorvachilik va hunarmandchilikka 
ixtisoslashib bordi. Bu jarayon ishlab chiqaruvchi kuchlarning o`sishi va ularning 
bir erga to`planishi uchun zamin yaratdi. 
Qadimgi xo`jaliklarning ixtisoslashuvi, sug’orma dehqonchilikning 
rivojlanishi, metallning hayotga jadallik bilan kirib kelishi va yoyilishi, 


hunarmandchilikda turli tarmoqlarning rivojlanishi, o`zaro ayirboshlash va savdo-
sotiqning taraqqiy etishi natijasida jamiyat hayotida ijtimoiy-iqtisodiy yuksalish 
kuzatiladiki, bu yuksalish ilk davlatchilikning asosiy poydevori hisoblanadi. 
Ahmoniylargacha bo`lgan davrda ba’zi bir vohalar, asosiy o`troq aholi joylashuvi 
o`lkalari edi. Ularning hududlarida qishloqlar, sug’orish inshootlari, o`zlashtirilgan 
er maydonlari bor edi. Bir qancha shunga o`xshash, daryolar vohalarida joylashgan 
va umumiy aholi joylashuv hududlari bilan bog’liq bo`lgan erlar Baqtriya, 
So`g’diyona, Xorazm kabi tarixiy viloyatlarni tashkil etgan. 
“Katta Xorazm” (Avesto tilida Xvarizam, qadimgi fors tilida Xvarazmish, 
qadimgi yunon tilida Xorasmiya) davlatining hududiy joylashuvi va paydo bo`lgan 
davri masalalari ancha munozarali mavzu. Arxeologik tadqiqotlar ayrim hollarda 
yozma manbalar ma’lumotlarini tasdiqlamaydi. Mil. avv. IX-VIII asrlar Xorazm 
madaniyati Amirobod nomi bilan mashhurdir. Bu madaniyatning me’morchilik 
yodgorliklari asosan chayla va yarim erto`lalardan iborat bo`lib mustahkam turar 
joylar uchramaydi. Xorazmdagi dehqonchilikning rivojidan darak beruvchi yirik 
sug’orish inshootlari, mustahkam mudofaaga ega bo`lgan turar joylar (Ko`zaliqir, 
Ding’alja) mil. avv VI-V asrlarga oiddir. 
Mil. avv. VII asrning oxiri - VI asrda Xorazmda qurilish va hunarmandchilik 
ancha rivojlangan. Tadqiqotlar natijasida bu hududlardan bronza va temirdan 
yasalgan mehnat hamda harbiy qurollar, sopol urchuqlar, bronza igna, bigizlar, sopol 
idishlar topilgan. Bu topilmalar qo`shni Marg’iyona, Baqtriya va So`g’diyona 
topilmalariga o`xshab ketadi. 
Tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda, O`rta Osiyodagi ilk davlat 
uyushmalaridan biri “Qadimgi Baqtriya” davlatidir. Baqtriyaliklarning yurti Surxon 
vodiysi, Afg’onistonning shimoli-sharqi, Tojikistonning janubiy hududlarida 
joylashib, turli yozma manbalarda Baxdi, Baqtrish, Baqtriyona, Baqtriya, Baxli, 
Baxlika deb tilga olingan. 
Bronza davridagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish (Sopolli, Jarqo`ton, Oltintepa 
va b.) keyingi davrlarda yanada jadallik bilan rivojlanadi. Natijada mil. avv. IX-VIII 
asrlarda Baqtriya hududida harbiy ahamiyatga ega bo`lgan siyosiy birlashmalar 
tashkil topadi. Mil. avv. VIII-VII asrlarga kelib Qadimgi Baqtriya davlati SHarqdagi 
kuchli davlatlardan biriga aylanadi. Ushbu jarayonni arxeologik va yozma manbalar 
ma’lumotlari ham to`la tasdiqlaydi. Ayrim tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda, 
bu davr Baqtriya tarkibiga Marg’iyona va So`g’diyona ham (tarixiy-madaniy birlik 
sifatida) kirgan bo`lishi mumkin. 
Turli manbalardagi So`g’da, So`g’uda, So`g’diyona nomlari bilan mashhur 
bo`lgan qadimgi tarixiy-madaniy o`lka hozirgi Zarafshon va Qashqadaryo 
vohalarini o`z ichiga olgan. Ilk temir davri So`g’diyona hududlarida ijtimoiy-
iqtisodiy va madaniy rivojlanish jarayonlarini kuzatish mumkin. Bu rivojlanish 


jarayoni mil.avv. IX-V asrlarga oid ko`p sonli manzilgohlar va ko`hna shahar 
xarobalaridagi turli-tuman topilmalar va me’morchilik tuzilish bilan izohlanadi. 
Ilk davlatchilikning eng asosiy belgilaridan bo`lgan ko`hna shahar xarobalari 
So`g’diyonadan to`rtta (Erqo`rg’on, Afrosiyob, Uzunqir, Ko`ktepa) topib 
o`rganilgan bo`lib, ular hozircha O`zbekistondagi eng qadimgi rivojlangan shahar 
madaniyatini o`zida aks ettiradi. 
O`zbek xalqi va uning ajdodlari ilk davlatchiligi taraqqiyoti o`troq 
dehqonchilik xo`jaligi va qadimgi shaharlar tarixi bilan uzviy bog’liq bo`lgan. Ilk 
davlatlar tashkil bo`lishida, jamiyat rivojlanishining ichki qonuniyatlaridan tashqari 
ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning yuqori darajasi- hunarmandchilik, almashinuv 
va savdoning kuchayib borishi, siyosiy qarama-qarshiliklar va harbiy to`qnashuvlar 
ham ta’sir qilgan. 

Download 424.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling