Ўзбек мусиқаси тарихи 7-mavzu. Koraxoniylar davrida musiqiy-madaniy hayot
Download 51.81 Kb.
|
7-mavzu.
ABU ALI IBN SINO (980—1037)
Buyuk mutafakkir Abu Ali ibn Sinoning serqirra ilmiy merosida musiqa muhim va salmoqli o’rin tutadi. Ibn Sino o’zidan oldin o’tgan yunon faylasuflari Aristotel’, Ptolomey, Evklid, shuningdek, SHarq olimlari Xorazmiy, Kindiy va Forobiy asarlarini ijobiy o’zlashtirib, musiqa ilmida mustaqil ta’limot yaratdi. qo’yilgan masalalarning kengligi, yoritilish darajasining teranligi nuqtai nazaridan o’z zamonida beqiyos bo’lgan. Ibn Sino ta’limotining ahamiyati davr doirasi bilan cheklanmasdan, balki SHarq va G’arb musiqasining keyingi rivojlanishida ham muhim ahamiyat kasb etadi. Abu Ali ibn Sino musiqa ilmini yoshligidanoq puxta egallagan. Allomaning tarjimai holida yozilishicha, yoshligida riyoziyot (matematika), falsafa, tibbiyot ilmlarini puxta o’rgangan, qur’oni Karimni yoddan bilgan; 16 yoshidan boshlab biron tun to’yib uxlamagan va kun bo’yi faqat ilm asoslarini o’rgangan. Uyqusida ham o’ngida ham shug’ullangan masalalar mulohazasini davom ettirardi. Ma’lumki, musiqa ilmi matematikaning tarkibiy qismi bo’lgan. Ibn Sino buyuk matematik va musiqashunoslar Ptolemey va Evklid asarlari bilan tanish bo’lgan. 17 yoshidayoq olim sifatida shakllandi, katta nufuzli shifokor bo’lib yetishdi. “Kitob al-qonun fit-Tib” (“Tib qonunlari”) qomusiy asari uni jahon miqyosida katta shon-shuxrat pog’onasiga olib chiqdi. Mazkur asarning lotin tilidagi tarjimasi XV asr oxirlarida dastlabki bosma asarlar qatorida chop etilgan. 1593 yilda “qonun”larning arabcha asl nusxasi Rimda nashr etildi va XVII asrga qadar ko’p marta chop etildi; G’arb tibbiyoti “qonun” ta’siri ostida bo’ldi. Ibn Sinoning navqiron davri ona shahri Buxoroda o’tgan. Bu davrda Buxoro rivojlangan shaharlardan edi. O’z navbatida ta’kidlash kerakki, allomaning o’smirlik chog’lari Somoniylar hukmdorligida o’tgan bo’lsa-da, ammo ijodiy barkamollikka erishgan yillari qoraxoniylar hukmronligi davriga tug’ri keladi. Ibn Sino yashagan davrda, yangi talablarga buysuidirilgan holda qayta o’zlashtirilgan Rost, Zangula, Zirafkand, Raxoviy, Navro’z va shunga o’xshagan qadimiy yo’llar O’rta va Yaqin SHarq mumtoz musiqasining yangi tizimi maqomlar tarkibiga singdirila boshlagan (Ibn Sino zamonida maqom iborasi hali keng joriy qilanmasdan ustozona mumtoz musiqa namunalari yuqorida zikr etilgan Iroq, Navo kabi parda nomlari bilan yuritilgan. Bular maqomlarning toifadoshlari edi). Bu davrda Buxoro va keyinchalik Ibn Sino yashab ijod etgan Urganch, Ray, Hamadon kabi markaziy shaharlarda bastakorlar, ustoz xonanda va sozandalar ijodining barq urishi, musiqa tafakkurining yuksak namunalaridan bo’lgan maqomlarning joriy qilinishi, musiqa ilmi ham inson ma’naviyatining katta ehtiyoji natijasida yuzaga kelishini isbotlaydi. Ibn Sino asarlari esa bu borada bebaho ahamiyat kasb etadi. Musiqa ilmiga oid masalalar Ibn Sinoning ko’plab asarlarida o’z ifodasini topadi. Afsuski, ularning hammasi ham bizgacha yetib kelmagan. Masalan, Ibn Usayba tilga olgan «Madhal san’ati al musiqa» («Musiqa san’atiga kirish»), Ibn Sinoning o’zi «SHifo» kitobida qayd qilgan “Kitob al lavoxiq” («qo’shimchalar kitobi») kabi musiqaga oid asarlar hanuzgacha fanga ma’lum emas. Ibn Sinoning musiqiy-nazariy merosi asosiy yirik qomusiy asarlari orqali bizgacha yetib kelgan; jumladan, «SHifo» kitobining «Javomi ilmal-musiqa» («Musiqa ilmi yig’indisi») deb nomlanuvchi bo’lagn; «Najot» kitobining “Muxtasar ilm-al musiqa” («Musiqa ilmi haqida qisqacha ma’lumot»); «Donishnoma»ning musiqaga oid qismlari; bundan tashqari, Ibn Sinoning boshqa fanlarga bag’ishlangan «Tib konunlari» va «Ishq risolasi» kitoblarida ham musiqaga tegishli ma’lumotlar berilgan. Ibi Sinoning musiqaga oid qarashlari «Javomi ilm-al musiqa»da to’laroq aks ettirilgan. «Muxtasar ilm-al musiqa» va «Donishnoma»ning musiqa qismlari esa o’sha asar asosida tuzilgandir. Ibn Sino musiqa borasidagi qarashlarining asosiy xususiyati, hamda Forobiy ta’limotidan farqli tomonlaridan biri shundaki, Ibn Sino o’z musiqa nazariyasini (asosan ilmu ta’lifni) ko’proq tovushning fizik xususiyatlariga qarata tuzishga intiladi. Forobiy esa nazariyani ko’proq tajriba va idroklash qonuniyatlari bilan bog’laydi. Bunda Ibn Sino ta’limotining kuchli va zaif tomonlari namoyon bo’ladi. Zaif tomoni shundan iboratki, Ibi Sino musiqaning ichki tuzilish va idroklash konuniyatlarini absolyutlashtirmoqchi bo’ladi. Kuchli tomoni shundaki, musiqani faqat tajribaning o’ziga bog’lab qo’ymasdan, uni fan va ilmiy tafakkur yordamida rivojlantirishga da’vat etadi. Ibn Sinoning musiqaviy ta’limotida estetika, nazariya va amaliyotga oid qator dolzarb masalalar o’z aksini topgan. Musiqani inson faoliyatining maqsuloti, aloqa vositasi deb tushunishga asoslangan Ibn Sino estetikasi, O’rta asrlar musiqa tafakkurining eng ilg’or ko’rinishlaridan biridir. Ibn Sino o’zining «Javami ilmil-musiqa» asarini g’oyaviy qarashlarni to’g’ridan-tug’ri rad qilishdan boshlaydi: «...biz musiqa pardalarining munosabatini falaksiymolar va ruhning ahloqiy xususiyatlariga qiyos qilishga e’tibor bermaymiz; chunki bu bir ilmni ikkinchisidan ajratib ololmaydiganlarning odatidir». Bu musiqani progressIV yo’nalishlarini qo’llab-quvvatlash, idealistik qarashlardan muxofaza qilishda O’rta asrlar sharoitida juda katta ilmiy matonat edi. Ibn Sinoning ilmu ta’lif nazariyasida ham uning barcha kategoriyalari, tovushdan to murakkab tuzilmalargacha batafsil ko’rib chiqiladi. Forobiy Jadvalida tovushlar tizimining negizini tabiiy intervallar tashkil qiladi. Bu hol ayrim tadqiqotchilarga Ibn Sinoni musiqada «sof parda tizimi»ning bunyodkori deyishga asos bergan. Aslida esa Ibn Sinoda «sof parda tizimini» polifonik yoki garmonik kamsadolikning asosi deb tushunish hali bo’lmagan edi. Bu iptervallarni afzal ko’rish esa musiqani tabiiy asoslarga yaqinlashtirish istagi bilan bog’liq edi (akustika qonuniga ko’ra, har bir tovush tarkibida ko’plab tovushlar mavjud. Ular obertonlar deb yuritiladi va ma’lum tartibda joylashgan bo’ladi. Obertonlar tartibi tabiiy tovushqator, intervallari esa tabiiy intervallar deyiladi). Ibn Sinoning ilmu iqo’ borasidagi qarashlari ham diqkatta sazovor. U kuyning go’zalligini va ichki xususiyatini ko’p jihatdan mutanosib vaznga bog’laydi; va shunga ko’ra, vaznni musiqaning muhim omili deb biladi. Bu borada Ibn Sino Arastu an’analarining davomchisi bo’lib, musiqa va she’riyat masalalarini SHarq madaniyati zaminida davom ettirgan donishmanddir. SHe’riyat va musiqa orasida eng katta ko’prik vazn ekanligini qayd kilgan Ibn Sino, vazn masalalariga, musiqa va she’riyat tabiiy uyg’unlashuvi muammolariga alohida e’tibor bergan. SHe’riyat va musiqa vazni, ular mazmunnning chambarchas bog’lanishi, musiqa asari mukammalligining eng muhim shartlaridan biri deb bilgan. Ibn Sino o’z navbatida musiqa cholg’ularini ham keng o’rgangan. E’tiborli tomoni shundaki, odam ovozini olim eng mukammal asbob deb bilgan va cholg’u asboblarini ham unga qiyoslab o’rgangan. Ibn Sinoning sevimli asbobi g’ijjak bo’lgan emish. U g’ijjakni odam ovoziga eng yaqin turadigan tabiiy va qoyilmaqom cholg’u asbobi deb bilgan. Bundan tashqari ud, tanbur, rubob, nay, surnay va qonun asboblari to’g’risida ma’lumotlar berib, ularning ijrochilik xususiyatlari, o’zaro qo’shilishiga tegishli ko’p masalalarga to’xtalib o’tgan. Abu Nasr Forobiy va Ibn Sino o’zlarining risolalarida SHarq musiqa nazariyasini sharhlab, ayniqsa maqom masalalarini nazariy jihatdan asoslab beradilar va ularning asarlarida bu masala o’zining klassik ta’rifini topdi. Buyuk olimlarning maqom haqidagi izchil ta’limoti bu masalalarning yoritilishida XIII-XV asrlarda yashab ijod etgan musiqa nazariyachilari asarlari mazmunini aniqlab berdi. Bu hol Urmaviy, SHeroziy, Husayniy va Jomiy asarlarida yaqqol ko’zga tashlanadi. Ibn Zayla (vafoti 1044). Ibn Sinoning shogirdi bo’lgan mashhur musiqashunosdir. O’rta asr manbalariga ko’ra, Abu Mansur ibn Zayla 1044 yili navqiron yoshida olamdan o’tgan. Lekin qisqa umri davomida fanning turli sohalarida puxta asarlar yaratib, o’z davrining yetuk olimlaridan xisoblanganligi uchun zamondoshlari unga al-Hakim (Donishmand) deb laqab berganlar. Musiqa ilmida Ibn Zaylaning yagona asari «To’liq musiqa kitobi» («Kitob al-kafiy fi al musiqa») ma’lum. Ibn Zayla ijodi Ibn Sinoning musiqaviy qarashlarining katta ta’siri ostida shakllangan. Download 51.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling