Òzbek sharqshunosligi Kenjaboyev Ortiqjon


Download 90.66 Kb.
Pdf ko'rish
Sana11.01.2023
Hajmi90.66 Kb.
#1089109
Bog'liq
ozbeksharqshunosligi original



Òzbek sharqshunosligi
Kenjaboyev Ortiqjon


Sharqshunoslik — Sharq (Osiyo va Shimoliy 
Afrikadagi davlatlar) tarixi, iqtisodi, tili, adabiyoti, 
etnografiyasi, sanʼati, dini, falsafasi, moddiy va 
maʼnaviy madaniyatini kompleks oʻrganuvchi fan. 
Sharqshunoslikning misrshunoslik, assiriologiya 
(ossuriyashunoslik), semitologiya, 
arabshunoslik,eronshunoslik, turkshunoslik, 
xitoyshunoslik, moʻgʻulshunoslik, hindshunoslik, 
yaponshunoslik kabi sohalari mavjud. Fanning 
rivojlanishi bilan sharqshunoslikning yana yangi 
mintaqaviy shoxobchalari (shumerologiya, 
urartologiya, kumranistika, koreistika va boshqalar) 
paydo boʻla boshladi. Afrikashunoslik 
sharqshunoslikdan ajralib chiqdi. 
Sharqshunoslikning kompleks fan sifatida rivojlanishi 
davom etmoqda.


Sharq filologiyasining oʻziga xos xususiyati — uning 
kompleksliligidir. Zero, unda tilshunoslik, adabiyotshunoslik, 
tarix, falsafa, din tarixi elementlari mujassamlashgan boʻlib, 
yozma manbalar ustida ishlash oʻrganilayotgan mamlakat 
tili, tarixi va madaniyatini bilish barobarida shu manba 
mansub boʻlgan soha boʻyicha ham maxsus bilimlarni talab 
etadi. Fargʻoniy, Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino, Ulugʻbek kabi 
allomalarning aniq va tabiiy fanlarga oid boʻlgan 
asarlarining rus va oʻzbek tiliga izohli tarjimalari bunga 
yorqin misoldir. Shu maʼnoda sharq filologiyasi hozirgi 
kungacha oʻz ahamiyatini saqlab kelmoqda, chunki hali 
oʻrganilmagan yozma manbalar juda koʻp va ularni tadqiq 
etish kompleks bilimlarni talab qiladi.
Qadimgi fors tilidan „Avesto“ fransuz tiliga tarjima qilindi 
(1771). Mixxatlar, Misr iyerogliflarini oʻqishga muvaffaq 
boʻlindi. Kalkutta (1784), Parij (1822), London (1823), 
Leypsig (1845) shaharlarida bir necha Osiyo jamiyatlari, 
Sharq tillarini oʻrganuvchi maxsus oliy oʻquv yurtlari — 
Venada Sharq tillari akademiyasi (1754), Parijda Jonli sharq 
tillari maktabi (1795) ochildi.


Oʻzbekistonda sharqshunoslikning rivojlanishi, asosan, 
uch Sharqshunoslik markazi — Oʻzbekiston Fanlar 
akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi 
Sharqshunoslik instituti, Toshkent davlat sharqshunoslik 
universiteti va Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi 
faoliyati bilan bogʻliq. Fanlar akademiyasi 
Sharqshunoslik institutining ilmiy yoʻnalishi institut 
fondida toʻplangan oʻn minglab qoʻlyozma asarlarni 
chuqur oʻrganish, kataloglar hamda Oʻrta Osiyo va 
qoʻshni Sharq xalqlarining fani va madaniyati tarixiga oid 
nodir yozma manbalarni nashrga tayyorlab, ularda 
mavjud boʻlgan tarixiy maʼlumotlar asosida ilmiy 
tadqiqot ishlari yaratish, Sharq xalqlarining oʻtmishda 
jahon madaniyati taraqqiyotiga qoʻshgan salmoqli 
hissalarini yaqqol qoʻrsatishdir. Toshkent davlat 
sharqshunoslik universitetida sharqshunos kadrlar 
tayyorlash bilan birga Sharq xalqlari adabiyoti, 
tilshunoslik, iqtisod va siyosatshunoslikka oid ilmiy 
tekshirish ishlari ham olib boriladi.


Oʻzbekiston sharqshunosligini shakllanishi va uning 
jahonga tanilishiga A.K. Arends, A. Ahmedov, 
S.Azimjonova, B. Ahmedov, B. Bobojonov, P.G. 
Bulgakov, N. Ibrohimov, A. Irisov, U.I. Karimov, S. 
Mirzayev, A. Moʻminov, M.A. Salye, A.A. Semyonov, 
M.M. Xayrullayev, A. Xoʻjayev, Sh. Shomuhamedov, 
A. Oʻrinboyev, A. Qayumov, A Hayitmetov, A. 
Rustamov, A Muhammadjonov, M.B. Baratov, I. 
Abdullayev, P. Qodirov kabi olimlarning xizmati 
katta boʻldi. Hozir Oʻzbekistonda sharqshunoslik 
boʻyicha „Sharqshunoslik“ almanaxi (1991-yildan), 
„Sharq mashʼali“, „Mayak Vostoka“ va „Imom 
Buxoriy saboqlari“ kabi jurnallar chop etilmoqda.
Sharqshunoslarning oxirgi xalqaro kongressi 
(ICANAS-37) 2004-yil Moskva shahrida boʻlib 
oʻtdi.


Sharq toʻgʻrisidagi dastlabki maʼlumotlar yunon 
mualliflari asarlarida uchraydi. Yunonlar dastlab 
Eronni, keyinchalik oʻz yurtlaridan sharqda boʻlgan 
hududlarni Sharq deb hisoblaganlar. Yevropada 
Osiyo va Shimoliy Afrika bilan savdo hamda siyosiy 
aloqalar oʻrnatila boshlanishi bilan Sharqqa 
boʻlgan qiziqish kuchaydi. XII asrdan boshlab
Veniamin Tudelskiy (XII asr) va Marko Polo (XIII asr) 
kabi yevropalik savdogar va diplomatlarning Yaqin 
va Oʻrta Sharqqa qilgan sayohatlari haqidagi 
esdaliklar koʻpaya boshladi. Xalqaro aloqalarning 
kengayishi shahrining rivojlanishiga katta taʼsir 
koʻrsatdi. XV-XVI asrlarda Yaqin Sharq davlatlari va 
Xitoy tarixiga oid asarlar paydo boʻldi. Parij, 
Oksford universitetlarining Sharq tillari 
kafedralarida qadimiy yahudiy va arab tillari oʻqitila 
boshladi.


XVII asrdan Yevropada Sharq tillaridan fors, turk, xitoy 
tillari oʻrganila boshladi. Ayrim Sharq tillarining 
lugʻatlari, Sharq mualliflari (asosan, Saʼdiy) asarlarining 
matn va tarjimalari nashr etildi. XVII asr oxirida Leyden, 
Parij, Oksford universitetlarining kutubxonalarida Sharq 
qoʻlyozmalari toʻplandi. 1667-yil Parijda d’Erbeloning 
„Sharq kutubxonasi“ nomli toʻplami nashr etildi. 
Rossiyada XVIII asr boshlarida (Pyotr I ning 1700 va 
1702-yillardagi farmonlariga koʻra) Sharq tillarini 
oʻqitish joriy qilindi.
XVIII asrning 2-yarmidan sharqshunoslikni ilmiy asosda 
oʻrganish boshlandi. Mustamlakaga aylantirilgan Sharq 
mamlakatlaridan Gʻarbga katta moddiy boyliklar bilan 
bir qatorda koʻplab yozma yodgorliklar ham olib ketildi, 
Yevropaning Leyden, London, Parij, keyinchalik, 
Peterburg kabi shaharlarida boy qoʻlyozma fondlari 
tashkil etildi.


Òzbek sharqshunoslari sharqshunoslikning yangi 
shoxobchalari, xususan, turkshunoslik, 
kavkazshunoslik va boshqalar boʻyicha qimmatli 
asarlar yozdilar. Turkshunoslik boʻyicha I. N. Berezin, 
M.K. Kozimbek, V.V. Radlov va boshqalar turkiy 
xalqlar tili, folklori va adabiyotiga oid yirik asarlar 
yaratdilar. Moʻgʻul, eron, kurd, osetin tillariga oid 
ilmiy asarlar nashr etildi. O.I. Senkovskiy, X.D. Fren, 
V.R. Rozen, G.S. Sablukov, A.V. Boldirev Oʻrta Osiyo, 
Sibir, Moʻgʻuliston, Xitoyning moddiy va diniy 
madaniyatiga oid manba va yodgorliklarni tadqiq qilib, 
nashr ettirishdi. Sharqiy Turkiston (Kuchon, Turfon)da 
topilgan budda, xristian va moniy adabiyotlari juda 
koʻp maʼlumotlarga ega. V.V. Velyaminov-Zernov, 
N.V. Xanikov, V.V. Grigoryev, N.I. Veselovskiy, V.V. 
Bartold va boshqalar tadqiqotchilar Oʻrta Osiyo tarixi 
va geografiyasiga oid asarlar yaratdilar.


Sharq allomalarining ilmiy merosini 
oʻrganmasdan turib, ziyoli yoshlarni tarbiyalash, 
oʻzimiz kutayotgandek, davr talablariga javob 
beradigan mutaxassislarni ham tayyorlash 
mushkul. Shu sababli ham sharqshunos 
mutaxassislarni tayyorlashni kuchaytirish 
masalasi bugungi kun tartibiga alohida dolzarb 
masala sifatida chiqdi. Davlatimiz rahbari 2020 
yil 16 aprel kuni “Sharqshunoslik sohasida 
kadrlar tayyorlash tizimini tubdan 
takomillashtirish va ilmiy salohiyatni oshirish 
chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorini imzoladi. 
Mazkur qaror, eng avvalo, sharqshunoslik 
sohasiga berilayotgan katta eʼtiborning 
samarasi, deb bilaman.


Sharqshunos mutaxassis Sharq mamlakatlarining 
tillari, tarixi, madaniyati, moddiy va maʼnaviy merosi, 
iqtisodiyoti, siyosati, xalqaro maydondagi nufuzini 
oʻrganish uchun har tomonlama bilimga ega 
boʻlishi lozim. Albatta, uzoq oʻtmishga va boy 
milliy-maʼnaviy qadriyatlarga ega yurtimiz tarixini 
xolis manbalar asosida oʻrganish muhim 
ahamiyatga ega. Qarorda aynan ushbu masalada 
ham jamoa oldiga qator vazifalar qoʻyilgan boʻlib, 
bu vazifalarni amalga oshirish jarayoni asrlar 
davomida saqlanib kelayotgan qoʻlyozma 
manbalarni oʻrganish boʻyicha yosh 
sharqshunos-manbashunoslarni tayyorlash, ilmiy 
tadqiqotlarni kengaytirish va bu orqali 
mamlakatimiz va millatimizni dunyoga targʻib etish 
bilan bogʻliq faoliyatni kuchaytirishimizni taqozo 
etadi.


Thank you for attention 

Download 90.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling