Ўзбек тили Turkum: Yevroosiyo tillari, Oltoy tillari, Turkiy tarmoq, Qarluq guruhi, Qarluq-xorazmiy ostguruhi, Qipchoq guruhi, Noʻgʻoy-qipchoq ostguruhi,Oʻgʻuz guruhi


Download 272.27 Kb.
bet1/4
Sana25.02.2023
Hajmi272.27 Kb.
#1227980
  1   2   3   4
Bog'liq
Документ Microsoft Word (2)


O'zbek tili tarixi

ئۇزبېك تیلى, Ўзбек тили
Turkum: Yevroosiyo tillari, Oltoy tillari, Turkiy tarmoq, Qarluq guruhi, Qarluq-xorazmiy ostguruhi, Qipchoq guruhi, Noʻgʻoy-qipchoq ostguruhi,Oʻgʻuz guruhi.
Alifbosi: lotin, kirill, arab
Til kodlari
ISO 639-1 uz
ISO 639-2 uzb
ISO 639-3 uzb,
uzn — Shimoliy,
uzs — Janubiy
Tilshunoslik
Oʻzbek tili (O‘zbekcha yoki O‘zbek Turkchasi) — Oltoy tillari oilasining turkiy tillar turkumiga kiruvchi tildir. Ushbu til Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq davlat tili hisoblanadi.
Davlat tili haqidagi Qonun 1989-yil 21-oktabrda qabul qilingan. 1995-yil 21-dekabrda takomillashtirildi.
O‘zbek adabiy tili tarixi quyidagi davrlarni oʻz ichiga oladi:
Miloddan oldingi davrlardan to X asrlargacha boʻlgan davr. Bu davrdagi til fanda qadimgi turkiy til deb yuritiladi. Qadimgi xalq ogʻzaki ijodi namunalari, Oʻrxun-Enasoy yodgorliklari (VI—VII asrlar) shu tilda yaratilgan.
XI—XIV asrlarda amalda boʻlgan til eski turkiy til deb ataladi. Mahmud Qoshgʻariyning „Devonu-lug‘atit-turk“ („Turk tillari devoni“), Yusuf Xos Hojibning „Qutadgʻu bilig“ („Saodatga yoʻllovchi bilim“), Ahmad Yugnakiyning „Hibatul haqoyiq“ („Haqiqatlar armugʻoni“), Xorazmiyning „Muhabbatnoma“, Rabgʻuziyning „Qissai Rabgʻuziy“ asarlari shu tilda yaratilgan.
XV asrdan XIX asrning ikkinchi yarmigacha qo‘llangan til eski o‘zbek adabiy tili deb nomlangan. Atoyi, Sakkokiy, Sayfi Saroyi, Lutfiy, Alisher Navoiy, Bobur, Mashrab, Turdi, Maxmur, Gulxaniy, Muqimiy, Furqat, Zavqiy va boshqa koʻplab ijodkorlarning asarlari shu tilda yaratilgan.
XIX asrning ikkinchi yarmidan hozirgi davrgacha ishlatib kelayotgan til hozirgi o‘zbek adabiy tili deb ataladi. „Turkiston viloyati gazeti“ nashr qilina boshlagan vaqtdan (1870-yildan) eʼtiboran to hozirgi kungacha yaratilgan barcha asarlar hozirgi o‘zbek adabiy tilining namunalari hisoblanadi.

Download 272.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling