axborot olinmaguncha saqlanadi. Demak, biror faylni buferga
olgandan so‘ng uning nusxasini bir necha joyga qo‘yish mumkin.
3-usul. Uskunalar paneli orqali nusxa olish.
Buning uchun kerakli fayl joriy qilinib, «Nusxa ko‘chirish»
tugmasi bosiladi, kerakli papkaga o‘tib, «Buferdan qo‘yish» tugmasi
bosiladi.
4-usul. Universal usul.
Faylga «sichqoncha»ning o‘ ng tugmasini bosgan holda fayl
kerakli oynaga «sudrab» olib boriladi va o‘ng tugmani qo‘yib
yuboriladi. Kontekst menyu ko‘rinadi. Windows uchta amaldan
eng muvofig‘ini tanlashni taklif qiladi (qalin shriilda yozilgan amal).
Nusxa ko‘chirish uchun «Копировать» buyrug‘i tanlanadi.
5-usul. Проводник yordamida nusxa olish.
Bunda kerakli oynalami oldindan tayyorlab olish kerak emas.
Проводник oynasida kerakli fayl topilib, Правка / Вставить
buyrug‘i tanlanadi (yoki uskunalar panelidagi mos tugma). Endi
nusxalash zarur bo‘lgan papka topilib, joriy qilinadi. Правка /
Вставить buyrug‘i (yoki uskunalar panelidagi mos tugma) tanlanadi.
61
6-usul. Kontekst menyu orqali nusxa olish.
Faylni belgilaymiz va «sichqoncha»ning o‘ng tugmasini bosib,
kontekst menyuda Копировать qatorini tanlaymiz. Kerakli oynaga
o‘tib, bo‘ sh joyga «sichqoncha»ning o‘ng tugmasini bosib, kontekst
menyuda Вставить qatorini tanlaymiz.
7-usul. A://diskka nusxalashda yuqoridagi ixtiyoriy usul
qo'llansa bo‘ladi, lekin buning alohida usuli ham bor. Faylga
«sichqoncha»ning o‘ng tugmasini bosib, kontekst menyuda
Отправить / Disk 3,5 (A) tanlanadi. Bunda fayl A diskning eng
yuqorigi sathiga yoziladi. Boshqa yo‘li: faylni A: disk rasmi ustiga
Do'stlaringiz bilan baham: |