‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Valuta munosabatlari tahlili

bet118/163
Sana03.12.2023
Hajmi
#1798248
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   163
Bog'liq
61aef8397723d3.50813536

21.3.Valuta munosabatlari tahlili
Iqtisodch» olimlar xalqaro valuta munosabatlariga alohida e’tibor 
beradilar. Valuta bozorida milliy valuta chet el valutasiga (masalan, AQSH 
dollari, Meksika pesosi, nemis markasi, iyena yoki funt sterling) 
almashtiriladi. Almashuv (valuta) kursi bu - chet el valutasi birligining 
milliy puldagi ifodasidir. Bu munosabatlar har kuni, hatto har soatda 
o'zgarib turishi mumkin. Valuta kursini stabil (turg'un) qilish uchun 
to‘lov balanslarining tengligiga erishish yo‘li taklif etiladi.
30-yillargacha to‘lov balanslarini tartibga solish mexanizmini tahlil 
etishda D.Yum, J.Mill tomonidan ishlab chiqilgan «klassik» nazariya 
ustun mavqega ega bo‘lgan. Bu g'oyaga ko‘ra, oltinning xalqaro harakati 
va har bir mamlakatdagi baholaming o'zgarishi avtomatik ravishda 
bir-biri bilan bog‘liq, oqibatda barcha mamlakatlaming to‘lov balansi 
barqarorlikka intilish tendensiyasiga ega. Oltin standartining tugatilishi 
bilan olimlaming ko‘pchiligi neokeynschilik pozitsiyalariga o‘tib oldilar 
(«Oltin standarti» XIX asrda va 
XX
asming ma’lum davrida amalda 
bo‘lgan, masalan, Buyuk Britaniyada 1821-31-yillar oltin standartidan 
foydalanilgan, AQSHda 1934-yil dollami oltinga aylantirish tugatildi).


Yangi sharoitda to ‘lov balansini tartibga solishda asosiy e’tibor 
davlatning hisob stavkasiga ta’siri muhim deb hisoblanadi. Boshqa tartibga 
solish chorasi sifatida importni kamaytirish va eksportni rag'batlantirish, 
buning uchun esa mehnatkashlaming ichki to'lov imkoniyatlari talabini 
pasaytirish (deflatsiya yo'li) yoki milliy valutani devalvatsiya qilish 
usuli taklif etiladi.
60-yillardagi iqtisodiy jarayonlar neokeynschilik metodlaridan voz 
kechishga sabab bo'ldi, yana neoklassik yo‘lga qaytildi, ya’ni davlatning 
iqtisodiy, shu jumladan, valuta ishlariga aralashuvi cheldandi, valutalar 
kursining erkin tebranishiga imkon berildi. Bu esa, o‘z navbatida, 
avtomatik barqarorlashuvga olib kelishi kerak edi. Ammo valuta kursi 
o‘zgarib turishining to'lov balansiga ta’siri cheklangan xarakterga ega 
bo'ladi (masalan, valutaning «suzib yuruvchi kursi» paytida bu narsa 
aniq bo‘lib qoldi), chunki to'lov balansining barqaror emasligi 
muomala sohasiga emas, balki ishlab chiqarish bilan bevosita bog'liq. 
To'lov balanslari passivi davlatning chet eldagi xarajatlariga, ayniqsa, 
turli harbiy-siyosiy aksiyalarga bog'Uq bo'ladi. Valuta kursining qalqib 
turishining o'zi ham xalqaro valuta tizimining beqarorligini kuchaytiradi. 
So'nggi yigirma yil ichida industrial rivojlangan mamlakatlar chega- 
ralangan (fiksasiya qilingan), ammo har holda tartibga solinadigan 
kursdan elastik valuta kursiga o'tib oldilar. Absolut elastik valuta kursida 
almashuv kursi valuta bozoridagi teng kuchli valuta bahosida belgilanadi, 
cheklangan kurs chog'ida esa valuta kursi Markaziy bank tomonidan 
belgilanadi, bunda bank belgilangan kurs bo'yicha xorijiy valutani har 
qancha miqdorda olish va sotish majburiyatini o'ziga oladi.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling