‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi
Nazorat va mulohaza uchun savoUar
|
61aef8397723d3.50813536
- Bu sahifa navigatsiya:
- XXI b о b. JAHON XO‘JALIGI TO‘G‘RISIDAGI IQTISODIY TA’LIMOTLAR 21.1. Xalqaro iqtisodiy integratsiya. Nisbiy afzallik konsepsiyasi.
Nazorat va mulohaza uchun savoUar
1. Neoklassik sintezning mohiyati. 2. P.Samuelsonning «Ekonomiks» asaridagi asosiy g‘oyalar. 3. «Ekonomiks» asarida qaysi olimlaming fikrlari tanqid qilinadi? 4. Yangi yo‘nalishning o'ziga xos xususiyatlari. 5. Iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofotlari qachondan beri top- shiriladi? Bir necha mashhur laureatlami tavsiflang. 6. Ekonometrikaning hozirgi davrdagi asosiy yo'nalishlari qanday muammolami hal etadi? 7. Respublikamiz olimlarining ekonometrika sohasidagi ishlarini izohlab bering. XXI b о b. JAHON XO‘JALIGI TO‘G‘RISIDAGI IQTISODIY TA’LIMOTLAR 21.1. Xalqaro iqtisodiy integratsiya. Nisbiy afzallik konsepsiyasi. Savdo-sotiqning maijinalistik nazariyalari Xalqaro savdo rivojlanishi jarayonlari iqtisodiyoti allaqachon milKy davlatlar doirasidan chiqqan va bu borada bir qancha iqtisodiy ta’limotlar ham mavjud. Ular klassik, neoklassik va neokeynschilik nazariyalarida o‘z aksini topgan. Ayniqsa, XIX-XX asrlardagi iqtisodchilar A.Smit, D.Rikardo, R.Torrens, J.S-МШ, A.Marshall, J.Vayner, G.Xaberler, G.Jonson, P.Samuelson va boshqalar bu sohada barakali ijod qildilar. A. Smit tomonidan mutlaq afzallik prinsi pi ishlab chiqilgan, unga ko‘ra; eng kam xarajat talab etuvchi tovarlami ishlab chiqarish va eksport qilish samarali va aksincha. Klassik iqtisodiy maktab vakili D.Rikardo birinchilardan bo'lib mehnat taqsimoti faqat ayrim ishlab chiqarish sohasidagina emas (A. Smit fikri), balki xalqaro ko'lamda ham obyektiv zarurat ekanligini isbotlab berdi. Olimning fikri shundan iboratki, prinsipial jihatdan qaralsa, Jiar bir davlat o'ziga kerakli barcha narsani (tovarlami) ishlab chiqarishi mumkin, ammo bu iqtisodiy jihatdan qanchalik to‘g‘ri, degan savol tug'iladi. Ungajavoban, Rikardo aytadiki: «Har bir davlat ma’lum bir mahsulotlami ishlab chiqarishga ixtisoslashadi va nisbiy afzallikka, ustunlikka ega bo'ladi». Masalan, Shotlandiyada suli, Portu- galiyada faqat vino ishlab chiqarish samaraliroq, chunki sarf-xarajatlar miqdotf eng Ц т bo'lgan sohani rivojlantirish afzal. Bunda, albatta, tabiiy sharojt, an’analar, tarixiy tajriba, yer, suv, inson resurslari, xalqning mentaliteti va boshqalar hisobga olinishi kerak. Masalan, musulmon davlatlarida cho‘chqachilikni rivojlantirish haqida so‘z ham bo'lishi mumkin emas vst'boshqalar. Neoklassik, ya’ni «sof» iqtisodiyotni targ‘ib etuvchilar xalqaro mehnat taqsimotining rivoji va savdo sharoitlarining o‘zgarishi sabablaririi ahiqlashni bosh vazifa qilib qo'yganlar, ammo ular savdo almashuvida pul mexanizmi yo‘lini inkor etadilar. R.Xarrot, F.Max- lup, K.Kurixara kabi neokeynschilik tarafdorlari esa xalqaro savdoning pul mexanizmiga alohida e’tibor beradilar, shu bilan bir vaqtda xalqaro mehnat taqsimoti, baynalmilal qiymat, baholar nisbati deyarli e’tiboiga olinmaydi. «Sof» ta’Iimot tarafdorlari fikricha, jahon bozorida «mukammal raqobat» mavjud; barcha kontragentlar xalqaro savdoda bir xil im- koniyatlarga ega; taklif doimo talabni vujudga keltiradi; savdo balansi o‘zini-o‘zi tartibga solish prinsipi bor. Eksport va import baholari nisbatini tushuntirishda ular uzoq muddatli rejalarda «savdo sharoitlari» industrial davlatlar ziyoniga va agrar mamlakatlar foydasiga o'zgar- moqda, deb o'ylamoqdalar va buni «yer unumdorligining pasayib bo- rishi» qonuni bilan bog‘lamoqdalar. Ular tovar eksporti va importining fizik hajmlari o‘sishini hisobga olmagan holda, xalqaro savdo rivoji tendensiyalari agrar xomashyo yo‘nalishidagi davlatlar iqtisodiyoti tashqi savdo pozitsiyalari yaxshilashuviga olib kelmoqda, demoqdalar. Xalqaro savdoning neokeynschilik ta’limoti vakillarining fikricha, har bir mamlakat ichki bozorda ko‘proq tovar ishlab chiqarishga intilgani sababli mehnat va kapital bilan bandlikning to‘la emasligi tufayli ko‘proq eksport va kamroq import qilishga intiladi. Shu sababU ham, xalqaro savdo o‘zini-o‘zi tartibga soluvchi jarayon bo‘la olmaydi, aksincha, tovar eksporti kapital chiqarish bilan rag‘batlantirilishi kerak, import esa proteksionistik choralar bilan cheklanishi zarur. Bu choralar umummilliy manfaatlarga mos kelar emish. Keyingi davrda vujudga kelgan iqtisodiy ta’limotlarda E.Xeksher, B.Olin (Shvetsiya), P.Samuelson tomonidan yaratilgan «ishlab chi qarish omillarining xalqaro taqsimoti» nazariyasi (modeli) tipik hisoblanadi. Ulaming fikricha, har bir mamlakat iqtisodiyoti ishlab chiqarish omillari bilan bir xil ta’minlanmaganligi bilan har bir omilning turlicha bahoga egaligi (ish haqi, foiz, renta) bilan xarakter- lanadi. Ayrim mamlakatlarda mehnat asosiy omil (boshqasidan son jihatdan ko‘p) bo‘lsa, uning narxi kapital va yerga nisbatan past bahola- nadi; kapital mo‘l bo'lgan mamlakatda u boshqa ikki ishlab chiqarish omiliga nisbatan arzon bo‘ladi. Har bir mamlakat o‘zining ustunligini realizatsiya qilishga intiladi, jahon bozoriga ishlab chiqarish omili nisba tan arzon bo‘lgan yo‘l bilan tayyorlangan tovarlar ko‘proq chiqariladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling