‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi
Iqtisodiy islohotlarning milliy modeli va
|
61aef8397723d3.50813536
22.3. Iqtisodiy islohotlarning milliy modeli va
yangi asr strategiyasi Xalqaro mezonlar va demokratik talablarga to‘liq javob beradigan 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining III bo‘limi (Jamiyat va shaxs), XII bobida (Jamiyatning iqtisodiy negizlari)gi 53- moddada: «Bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan 0 ‘zbekiston iqtisodiyotining negizini хИта-хИ shakllardagi mulk tashkil etadi. Davlat iste’molchilarining huquqi ustunligini hisobga olib, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini, barcha mulk shakllarining teng huquqliligini va huqiqiy jihatdan bab-baravar muhofaza etilishini kafolatlaydi. Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasidadir. Mulkdor faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina mulkidan mahrum etilishi mumkin», - deb belgilangan. Ushbu modda iqtisodiy munosabatlaming huquqiy kafolatlarini bayon etadi va barcha iqtisodiy islohotlar tizimiga asos bo‘lib xizmat qiladi. Konstitutsiyamizning hamda xalqimizning o‘ziga xos xususiyatlari va ilg‘or jahon tajribalarini uyg‘unlikda mujassamlashtirilgan — dunyoda «o‘zbek modeli» deb e’tirof etilgan iqtisodiy islohotlar modelining asosiy muallifi I.Karimov «inson islohot uchun emas, islohot inson uchun xizmat qilishi kerak» deb ta’kidlagan mezon muhim hisoblanadi. Islohotlarning «o‘zbek modeli» nimalarga asoslanadi degan savolga quyidagicha javob berish mumkin: • bozor iqtisodiyoti va demokratiya tamoyillariga asoslanadigan jamiyatni barpo etish; • SSSR parchalangandan keyingi 0 ‘zbekistonning haqiqiy holati; • xalqning mentaUteti va tarixiy an’analarga, islohotlarni amalga oshirishning u yoki bu sur’atlariga aholining tayyorlik darajasi; • «Shok terapiyasi» dan voz kechish. Demak, islohotlardan asosiy maqsad — yurtimizning yanada rivojlanishi, xalqimizning farovonligi, jahon hamjamiyatidan o‘zimizga munosib o‘rin egallashdan iborat. XXI asr boshida 0 ‘zbekiston taraqqiyotining I.Karimov tomonida ishlab chiqilgan strategiyasida quyidagi muhim ustuvor yo‘nalishlar mavjud. Bular: 1. Iqtisodiyotning izchil o‘sishi va samaradorligini oshirish, demokratik bozor islohotlarini chuqurlashtirish asosida xalq turmush darajasining barqaror va uzluksiz yaxshilanib borishini ta’minlash hamda aholini kuchli ijtimoiy himoyalashga alohida e’tibor qaratish ko‘zda tutilgan. 2. Siyosiy va iqtisodiy hayotni, davlat va jamiyat qurilishini erkin- lashtirish, aholining siyosiy faolligini kuchaytirish, jamiyatda manfa- atdor va qarama-qarshi kuchlar o‘rtasida muvozanatni ta’minlaydigan kuchli mexanizmni shakllantirish zarur. Xususan, iqtisodiy sohani yanada erkinlashtirish maqsadida davlat boshqaruv rolini chegaralash, xususiy mulk miqyoslarini kengaytirish, mulkdorlaming mavqeyi va huquqlarini mustahkamlash, kichik biznes rivojlanishiga har tomonlama ko'mak berish hamda bozor infratuzilmasini keng rivojlantirish lozim. 3. Shaxsiy manfaatlami mamlakat, xalq manfaatlari bilan uyg‘un holda ko‘radigan erkin, har jihatdan barkamol insonlami tarbiyalash asosida jamiyat ma’naviyatini yuksaltirish lozim. 4. Har qanday muammolami amaliy yechishga qodir bo‘lgan kadrlar salohiyatini tayyorlashga erishish kerak. Chunki mamlakatning buyuk kelajagi bugungi kadrlar o‘miga zamonaviy fikr yuritadigan, o‘z xalqi va Vatani manfaatiga g'oyat adolatli avlod kelishiga bog‘liq. 5. Iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlami amalga oshirish maqsadlari quyidagilarda ifodalanadi: • iqtisodiyotning xomashyoviy bir tomonlama rivojlanishiga chek qo'yish; • iste’molga tayyor tugallangan ishlab chiqarishga o‘tish; • importga qaramlikni cheklash; • eksport salohiyatini oshirish; • istiqbolli sohalarga ustuvorlik berish, barqaror o‘sish; • mehnat resurslarining oqilona foydalanilishini ta’minlash; • milliy bozomi ichki ishlab chiqarish hisobiga to'ldirish va aholi talablarini to'laroq qondirish. 6. Jamiyatdagi barqarorlik, tinchlik, millatlar va fuqarolararo totuv- Ukni, sarhadlarimizning daxlsizligini, mamlakatimiz hududiy yah- litligini ta’minlashdan iborat. Ushbu yo‘nalishlarda belgilangan vazifalar mamlakatimiz salo- hiyatining qisqa muddatlarda yuqori darajada rivojlanishini ta’minla- shga imkon berdi. Shuning uchun ham, 2005-2010-yillarda iqtisodiy salohiyatda erishilishi ko'zda tutilgan tarkibiy o'zgarishlar jumlasiga quyidagilar kiradi: • qishloq xo‘jaligini yangi texnika bilan ta’minlash, qishloq xo'jaligi va unga bog‘liq bo'lgan sohalarning iqtisodiy munosabatlarini takomillashtirish; • iqtisodiyotning yuqori samarali, eksportga yo‘naltirilgan tuzil- masini shakllantirish; • iqtisodiyotning tayanch tarmoqlarini texnika bilan qayta jihozlash va yanada rivojlantirish; • yengil va qayta ishlash sanoati korxonalarini texnika bilan qayta jihozlash va zamonaviylashtirish; • yuqori texnologiya va ilm talab ishlab chiqarishni jadal rivojlantirish; Makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashdagi islohotlarning yaqin muddatdagi yo‘nalishlari quyidagilarga qaratilishni ko‘zda tutadi: • budjetU tartibga solish darajasini bosqichma-bosqich kamaytirish hamda budjet mablag'lari ishlatilishi samaradorligini oshirish. • iste’molga ketadigan daromad emas, ko'chmas mulk, zeb-ziynat va qimmatbaho tovar va xizmatlar soliqqa tortilishi lozim, foyda- lanadigan resurslar (yer, suv, ko‘chmas mulk) ga soliq oshirilgani holda, birlamchi tarmoqlar, boshlang‘ich texnologik sikldagi soliqlami kamaytirish; • iqtisodiyotning real sektoridagi moliyaviy vaziyatni sog‘lom- lashtirish uchun davlatning antimonopol va narx tartiblashtirish faoliyatini oshirish, to'lovlar bo‘yicha inqirozlami yumshatish, baho disparitetiga barham berish; • raqobatda afzallikka ega bo‘lgan qayta ishlash sanoati korxo- nalarining iqtisodiy o‘sish ustuvorliklarini aniqlash orqali mamlakat eksport samaradorligini oshirish; • milliy valuta almashuv kursi barqarorligiga erishish. Download Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling