Mill Jeyms (1773-1836)
- ingliz iqtisodchisi, ish haqini oshirish
uchun kurashmaslik tarafdori, jonli mehnat bilan biiga ishlab chiqarish
vositalarining mehnatini ham tan olishni talab qilgan.
Mak-Kullox Jon Ramsey
(1789-1864) - ingliz olimi, Maltusni
qo‘llagan, mehnat bilan birga kapital ham boylik yaratishda ishtirok
etadi, degan fikmi ilgari surdi.
Senior A.
(1790-1864) — ingliz siyosiy iqtisodi vakili, «So'nggi soat»
va «Tiyilish» nazariyalarini ilgari surgan, unga ko‘ra go‘yoki ishchilar
o‘n bir yarim soat ish vaqtining faqat oxirgi bir soati davomidagina
foyda keltirar ekanlar.
Sey Jan Batist
(1767-1837) — fransuz iqtisodchisi, klassik maktabga
qarshi, «kompensatsiya» nazariyasini ilgari surgan, «Sey qonuni»ning
(«Bozorlar qonuni») muallifi, unga ko‘ra taklif talabni avtomatik
ravishda vujudga keltiradi, S. inqirozlami inkor etgan, sinflar o‘rtasidagi
qarama-qarshilikni tan olmaydi («ular o‘rtasida uyg‘unlik bor» deydi).
Proteksionizm o‘miga savdoni targ'ib qilgan. Ishlab chiqarishning uch
omilini (kapital, ishchi kuchi va yer) ilgari surdi.
Maltus Tomas Robert
(1766-1834) - ingliz iqtisodchisi, «Nufus
nazariyasi», «Tuproq unumdorligining pasayib borishi qonuni»ning
muallifi. Uningcha, aholi geometrik progressiya asosida, noz-ne’matlar
esa arifmetik progressiya asosida о‘sib boradi, Qashshoqlikning sababi
aholi soniga bog‘liq deb ko'rsatiladi. U aholi sonining o'sishini cheklash
tarafdori bo'lgan.
«Uchinchi shaxslar»
— XIX asr boshlarida muomalaga kiritilgan
tushuncha. Xo‘jalik hayotini sinfiy tahlil qilish metodida qo‘llaniladi.
Jamiyatning asosiy ishlab chiqarish kuchlari bo‘lgan tadbirkorlar va
yollanma ishchilardan tashqari qatlam bo‘lib, olimlar fikri bo'yicha
ular mahsulotni yaratish va realizatsiya qilishga imkon beradi.
Bastia
F. (1801-1850) - fransuz iqtisodchisi, «Iqtisodiy garmo-
niyalar» kitobi va g‘oyasi, «manfaatlar uyg'unligi» va «xizmatlar»
nazariyalarining muallifi.
Download Do'stlaringiz bilan baham: |