‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi
|
61aef8397723d3.50813536
mulohaza» asarida iqtisodiy inqiroz davrida nima ro‘y berishini yorqin
va obrazli ifodalab beradi. Merkantilistlardan farqli ravishda u boylikning manbayi almashuv sohasi emas, balki ishlab chiqarish degan edi. Almashuvga esa ishlab chiqarish rivojining sharti sifatidagina qaraydi. Buagilber V.Pettidan mustaqil ravishda qiymatning mehnat nazariyasiga asos soldi. U bozor bahosi va «haqiqiy baho»ni farqlagan, «haqiqiy baho mehnat sarfi bilan belgilanadi», degan. U haqiqiy baho deganda, ishlab chiqarishning turli tarmoqlari o‘rtasida mehnat taqsimotining to‘g‘ri proporsiyasini tushungan. Shunday proporsional taqsimotning zaruriy shart-sharoiti sifatida ishlab chiqaruvchilar orasidagi erkin raqobat yotadi. V.Pettidan farqli ravishda (qiymatni pul shaklida ifodalashni taklif etgan) Buagilber qiymatning pul shaklini qat’iy ravishda inkor etgan. Agar V.Pettining diqqat markazida pullar va boshqa tovarlar o'rtasidagi almashuv munosabatlari turgan bo‘lsa, Buagilbeming e’tibori tovarlaming tovarga bevosita munosabati, ya’ni tovarlaming to‘g‘ridan to‘g‘ri almashuviga qaratilgan edi. Buagilber uchun shu narsa xarakterli ediki, u pulga keskin qarshi bo‘lgan, pulda barcha yovuzlik va ofatlaming manbayi mujassamlangan, tovarlaming «haqiqiy baho» asosida almashuvi buzilishining sababi ham shunda deydi u. U oltin va kumushni buyuk yovuzlik deb baholaydi, pulga qarshi mutaassiblik (fanatizm) bilan kurashadi. Pulning yagona yaxshi tomoni shundaki, u almashuvni osonlashtiradi. Oltin va kumush o‘mini qog‘oz pul bemalol qoplaydi. Ko‘rinib turibdiki, olim pulning barcha funksiyalarini tushunib yetmaydi. Pul umumiy ekvivalent bo'lib, uning o‘mida qiymatga ega bo‘lgan tovarlaigina xizmat qilishi mumkin. Shu sababli, uningcha, tovar ishlab chiqarilishini saqlagan holda, pulni yo‘q qilish kerak. Shu yerda u iqtisodiy munosabatlaming ikki shakli o‘rtasidagi chambarchas aloqani tushunmadi, uning bir shaklini (tovar) saqlab, ikkinchi (pul) shaklini yo‘q qilmoqchi bo‘ladi. Olim tovar ishlab chiqarishning asl maqsadi faqat iste’molni qondirishda deb xato o'ylagan (iste’mol va almashuv uchun). Demak, Buagilbeming eng buyuk xizmati shundaki, u qiymatni sarflangan ish vaqtiga tenglashtirdi. Lekin u tovar ishlab chiqarishning qulay tomonini saqlagan holda uning salbiy tomonlarini tugatishni orzu qiladi. Agar Pettining iqtisodiy ta’limotida almashuv qiymati asosiy bo‘lsa, Buagilberda iste’mol qiymati bosh rol o'ynadi. Aslida, ulami bir-biridan ajratib bo‘lmaydi. Download Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling