‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi

bet51/163
Sana03.12.2023
Hajmi
#1798248
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   163
Bog'liq
61aef8397723d3.50813536

Buagilber dvoryan normand oilasidan chiqqan, u yaxshi ma’lumot 
olgach, adabiyot bilan shug‘ullandi, keyinchalik Ruan okrugida lavo- 
zimini egalladi. U bu lavozimni umrining oxirigacha saqlab qoldi va 
katta o‘g‘liga topshirdi; o‘zini «qishloq xo‘jaligining advokati - himo- 
yachisi» deb atadi.
Olimning tadqiqot predmetini qisqacha qilib jamoat boyligi 
konsepsiyasidan iborat deyish mumkin. Bu boylik pulning fizik massasi 
bilan emas, balki turli-tuman foydali boylik va buyumlardan, masalan, 
non, vino, go'sht, kiyim-kechak va boshqalardan iborat. Hatto yerga va 
pulga egalikning o‘zi boylikni ta’minlaydi. Agar yer ishlanmasa, pul esa 
hayot uchun zarur ashyolar (masalan, oziq-ovqat va kiyim-kechak) 
aralashtirilmasa, bunday «boylik» egasi qashshoqlikka mahkum etiladi. 
Shu sababli jamiyatda pulni ko‘paytirish emas, balki ishlab chiqarishni 
o‘stirish masalasi iqtisodiy farming asosiy vazifasi hisoblanishi kerak.


Olimning tadqiqot uslubiga quyidagilar xos:
• iqtisodiyotda erkin raqobat sharoitida avtomatik mo'tadillik mavjud 
bo'ladi;
• tovarlar va xizmatlar qiymatini belgilashda xarajatlar qoidasiga 
amal qilinadi;
• milliy iqtisodiyot manfaatlari uchun shaxsiy manfaatning jamoat 
manfaatlaridan ustunligi tan olinadi;
• xo‘jalik hayotida pulning mustaqil va ahamiyatli roliga yetarli baho 
berilmaydi va boshqalar.
Buagilber sanoat va savdoni kamsitish yo‘li bilan qishloq 
xo‘jaligining rohni ataylab mutlaqlashtiigan.
Adam Smitdan ancha oldin shaxsiy manfaat uning jamiyat uchun 
ahamiyatini ko‘ra bildi.
1691-yilda u Fransiyani og‘ir iqtisodiy ahvoldan chiqarish tizimini 
taklif etdi. Dastlabki fikrlari bo'yicha turli islohotlar o‘tkazib (ular 
buijua-demokratik xarakterga ega bo‘lishi kerak edi), 1707-yilda esa 
uning g'oyalari etilib, quyidagi uch qismdan tarkib topdi:
1. Soliq tizimini o'tkazish. SoUq tizimining dehqonlar mehnatidan 
manfaatdorlik tamoyiliga asoslanishi, undan tashqari soUq barchaga 
tegishli bo‘lishi kerak edi.
2. Ichki savdoni har xil cheklovlardan ozod qihsh (ichki savdo 
erkinligi); bu chora ichki bozomi kengaytirish, mehnat taqsimotining 
o‘sishini ta’minlash, tovar-pul muomalasini kuchaytirishi kerak edi;
3. Donning erkin sotilishiga yo‘l berish, donga tabiiy baho ta’sirini 
cheklamaslik. Gap shundaki, mamlakatda donga sun’iy ravishda baho 
belgilangan bo‘lib, ishlab chiqarish harajatlari qoplanmas, don 
yetishtirish o'smay qo‘ygan edi. Buagilbeming fikricha, iqtisodiyot erkin 
raqobat sharoitida rivojlanishi va tovarlar bozorida «haqiqiy qiymat»ga 
ega bo‘lishi kerak edi. U davlat bu sohada dehqonlaiga homiylik qilishi 
zarur, deb hisobladi.
Uning asosiy iqtisodiy asarlari «Fransiyaning toia tavsifi», «Fransiya 

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling