‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi
|
61aef8397723d3.50813536
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Pul to‘g‘risida bir necha ogiz so‘z»
lar to‘g‘risida risola» (1662), «So‘z donishmandlarga» (1665), «Iiian-
diyaning siyosiy anatomiyasi» (1672), «Siyosiy arifinetika» (1683) va bosh qa shu kabi asarlami yozdi. V.Petti XVII asrdagi eng taniqli shaxslar qatoridan o'rin oladi (Mak- Kulloxning 1845-yilda bergan bahosi). U iqtisodiyotni o'rganishda yangi usul qo‘lladi, ko‘rinib turgan voqealami sharhlashdan ulaming mohiya- tini tahlil etishga o‘tdi. V.Petti tadqiqot predmeti sifatida ishlab chiqarish sohasi muammolarini tahlil etdi. Uning fikricha, boylik paydo bo‘lishi va ko'payishi faqat moddiy ne’matlar yaratish sohasida ro‘y beradi, bu jarayon savdo va savdo kapitalining hech qanday ishtirokisiz bo‘ladi. Olimning tadqiqot usulida empirizm elementlari (unsurlari) bo‘lishi- ga qaramasdan (bu masalan, yer bahosini talqin etishda ko'rinadi), davlatning iqtisodiy faoliyatga aralashuvini qisman qo‘llaydi (mamlakat- dagi savdogarlar sonini qisqartirishni talab etadi), u asosan erkin iqtisodiyot (laisser faire) prinsiplarini qo‘llaydi vamerkantilistlardan farqli ravishda pul muomalasi va savdoni erkinlashtirish tarafdori bo'lgan. U o‘z tadqiqotlarida bir qancha metodik (shartli) soddalashtirishlardan foydalanadi: • muomala sohasining ishlab chiqarishga teskari ta’siri inkor etiladi; • pul va tovar bozorlarining o‘zaro bog‘liqligi ko‘zda tutilmaydi; • tovarlar va xizmatlar qiymati paydo bo‘lish tabiatida xarajatlar xarakteristikasi (sabab-oqibat prinsipi) qo‘llaniladi; • ish haqini ishchi mehnati bahosi sifatida talqin etish, oqibatda erkin raqobat sharoitida ish haqining minimal bo'lishi va boshqalar. U iqtisodiy jarayonlarga xos ichki qonuniy aloqalar va ulaming sababiy munosabatlarini ko'rsatishga intUdi. Uni «faqat tabiatda kd’ri- narli asosga ega bo'lgan sabablargina» qiziqtirar edi. Petti iqtisodiyotga tabiatshunoslikda qo‘llaniladigan usulni kiritib, shu bilan biiga, iqtiso diy tahlilning statistik usulidan ham keng foydalandi. V.Pettining dastlabki asarlarida merkantilistlaming ta’siri ancha kuchli bo‘lgan, ammo keyingi «Pul to‘g‘risida bir necha ogiz so‘z» (1682) kitobida u merkantilizmdan butunlay voz kechdi. Boshida u faol (aktiv) savdo siyosatini, davlatning iqtisodiyotga aralashuvini qo‘lladi, bu ishlab chiqarishni rivojlantirishga yordam berishi kerak, degan fikrda bo‘lgan. U boylik va qashshoqlikka baho berib, bu hayotning abadiy va o‘zgarmas, shafqatsiz qonunidir, degan qisqacha xulosaga keldi. «Ba’zi odamlaming boshqasidan ko‘proq qashshoqligi doim bo‘l- gan va doim bo‘ladi», - degan edi u. Ammo Petti ortiqcha zeb-ziynatga berilishdan tiyilish zarur deb bilgan. Merkantilizm nuqtai nazaridan amaliy, aniq masalalami yechish borasida u o‘z asarlarida bo‘layotgan voqealami ta’riflashga ko'proq o'rin bergan. Ammo iqtisodiy jarayonlami tadqiq qilish davomida hodisalaming ichki mohiyatiga kirib bordi, ulami izohlashga urindi, iqtisodiyotda tabiiy fan metodlarini qo'lladi, ayniqsa matematikani keng tatbiq etdi. U o‘zining tadqiqotlarida ayrim odamlaming fikri, hohishi va ehtirosiga oid barcha narsalami chetda qoldirib, iqtisodiy hodisalaming salbiy bog‘liqligini ko‘rsatishga intildi. Shu yo‘l bilan u iqtisodiyotda ilmiy abstrakt metodni qo‘llashda dastlabki qadamni qo‘ydi. Shunday qilib, V.Petti iqtisodiy tahlilda statistik metod, yangi metodologiyani qo‘llay boshladi. Shunisi diqqatga sazovorki, V.Petti iqtisodiy masalalami yoritganda tabiiy fanlar, ayniqsa tibbiyot, anatomiya matnlari va o‘xshatmalaridan ustalik bilan foydalangan. U masalani yechish uchun to‘g‘ri yo‘lni topish, «siyosiy jonivor»ning sog‘ligini ta’minlash uchun faqat uning anatomiyasini o‘rganish orqali hal etish mumkinligini isbotlab berdi. U merkantilistlar kabi iqtisodiy tekshirishlami muomala sohasidagi voqealami umumlashtirish bilan cheklash mumkin emas degan qisqacha xulosalaiga keldi. U xo'jalikning asosini ishlab chiqarish jarayoni hal etadi, jamiyat boyliklari moddiy ne’matlar yaratish davomida yuzaga keladi, deydi. Savdogarchilikni unumsiz kasblar qatoriga qo‘shadi. Pettining fikricha, ular hech qanday mahsulot tayyorlamaydilar va faqat qishloq xo'jaligi va sanoat mahsulotlarini xuddi insondagi vena va arteriyalaiga o'xshab jamiyat tanasidagi qon to‘yintiruvchi sharbatlami taqsimlagandek taqsimlaydilar. Ishlab chiqarishni xo'jalikning asosi sifatida o‘rganib, bahoning tabiatini, ish haqi va yer rentasi, yer bahosi miqdorini belgilovchi sabablarni aniqlashga intildi. V. Pettining pulga bo‘lgan munosabatini ко‘rib chiqadigan bo'lsak, u qimmatbaho metall va toshlarni boshqa tovarlarga solishtirib, ular aynimaydi va o'zgarmaydi, har yerda va har qachon boylik sifatida saqlanadi, degan. Shu sababli bunday tovarlami ishlab chiqarish va savdo qilish kerak, chunki bu boshqa ishlab chiqarish va savdodan qulayroqdir. Shu bilan birga olim har qanday yo‘l bilan oltin va kumush, ya’ni pul to'lashga qarshi edi. 1682-yilda yozilgan «Pul to‘g‘risida bir necha ogjz so‘z» kitobi 32 ta savol va javob tariqasida Angliyada pul chaqasini qaytadan zarb etish masalasiga bag'ishlangan. Bu aslida kichik bir parcha pul nazariyasining ustuni edi. Unda Petti merkantilizmdan butunlay voz kechadi va pulni umumiy ekvivalent vazifasini bajaruvchi maxsus tovar deb hisoblaydi. Pulning qiymati ham boshqa tovar kabi sarflangan mehnat miqdori bilan aniqlanadi, almashuv qiymati esa qimmatbaho metall qazib olishga ketgan mehnat sarflari bilan belgilanadi. Eng muhim masala, bu mamlakatdagi pulning miqdori, ya’ni muomaladagi pul masalasi edi. Muomaladagi pulning miqdori tovar-to‘lov oborotlari yoki oxir- oqibatda realizatsiya qilinayotgan tovarlar, ulaming bahosi (to‘g‘ri proporsiya) va pulning muomala chastotasi (teskari proporsiya) bilan aniqlanadi. 0 ‘sha davrda qimmatli metallardan qilinadigan chaqa pullar bank tomonidan chiqariladigan qog‘oz pullar bilan (ma’lum chegarada) almashtirilishi mumkin degan to‘g‘ri qisqacha xulosalar chiqariladi. Uning fikricha, pul inson oiganizmidagi yog‘ga o‘xshaydi, chunki yog'ning ortig'i ham, kami ham ziyondir, ya’ni uning me’yorda bo'lgani yaxshi. V.Petti davlatning iqtisodiyotga aralashuviga ham e’tibor berdi, bu aralashuv rivojlanishga yordam berishi kerak, lekin boshqa paytda davlat iqtisodiyotdan uzoq bo'lishi kerak. Uning fikricha, vrach kasalni davolaganda iloji boricha sun’iy dorilardan kamroq foydalangani, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling