‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi


to‘g‘risida varaqa», «Boyliklar tabiati to‘g‘risida traktat»

bet52/163
Sana03.12.2023
Hajmi
#1798248
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   163
Bog'liq
61aef8397723d3.50813536

to‘g‘risida varaqa», «Boyliklar tabiati to‘g‘risida traktat» va boshqalar- 
dir. Uning ayrim asarlari, masalan, 1707-yili 2 jildda chiqarilgan «Fran­
siya ayblari» kitobi taqiqlangan. Ularda Fransiyaning shu davrdagi og‘ir 
iqtisodiy ahvoli to‘la yoritilgan, ayniqsa, qishloq xo'jaliginmg orqada 
qolish sabablari to‘g‘ri berilgan. Xalq xo‘jaligi orqada qohshining bosh 
sababi- olib borilayotgan iqtisodiy siyosatning, Kolber (moliya boshli-


g‘i) va boshqalaming merkantilistik qarashlari fosh etilgan. U faqat 
sanoat rivojini bir tomonlama qo'llab-quwatlashga don eksportini 
cheklashga qarshi chiqdi. Qishloq xo'jaUgi manfaatlarini himoya qildi, 
soliq tizimini isloh qilish tarafdori bo‘ldi. U xalq ommasining ahvolini 
yaxshilash tarafdori edi (V.Petti bilan solishtiring). Olib borilayotgan 
iqtisodiy siyosat xo‘jalik hayotining tabiiy rivojiga teskari edi. Buagilber 
aytadiki, awalgi davrdagi to‘kin-sochinlikni qaytarish uchun mo‘jiza 
qilish shart emas, tabiat ustidan bo‘layotgan doimiy zo‘ravonlikka 
chek qo‘yish yetarlidir. Olimning fikricha, shunday sohq va iqtisodiy 
siyosat tadbirlari kerakki, ular tabiatga qarama-qarshi bo‘lmasin. Bu 
g‘oyaga ko'ra iqtisodiyotda shunday qonunlar borki, ulami bemalol, 
jazosiz buzish mumkin emas (ekologiyada ham shunday).
Shunga mos ravishda u tabiatning talablari nimadan iborat ekanligini 
ochib berishga uringan, obyektiv qonuniyatlami o‘iganishga kirishib, 
ilmiy tahlil qilish yo'li sari qadam tashlagan. Ammo shu bilan bir 
vaqtda u xo'jalikdagi hodisalami tabiiy va tabiiy bo‘lmaganlaiga ajratib, 
awalgisini himoya qildi va keyingisini qoraladi. Buagilber o‘zi taklif etgan 
siyosatni amalda isbotlovchi nazariyani yaratishga intildi. Uning iqtisodiy 
qarashlari ko‘p jihatdan V.Pettiga o‘xshab, mamlakatning iqtisodiy 
o'sishi nima bilan bog‘liq degan savolga javob topish edi. Buagilbemi 
ko‘proq Fransiya iqtisodining tuig‘unlik holati va uning orqaga ketish 
sabablari qiziqtirardi. Bundan u umuman nazariy masalalar, masalan, 
xalq xo'jaligida qanday qonuniyatlar harakat qiladi va uning rivojini 
ta’minlaydi, degan masalaga o‘tdi.
Buagilber bu muammoga javob berishda «optimal baho paydo 
bo'lishi» masalasiga asosiy e’tibor qaratdi. Uningcha, iqtisodiy 
barqarorlik va taraqqiyotning eng muhim sharti proporsional va normal 
baholar hisoblanadi. Xo‘sh, bu baholar nimadan iborat? Awalo, bu 
baholar o'rtacha har bir sohadagi ishlab chiqarish xarajatlarini 
qoplashga yordam berishi va ma’lum kirim, sof foyda keltirishi kerak. 
Aks holda, ishlab chiqarish bo‘lmaydi, undan so‘ng, bu shunday 
baholarki, unda tovarlami realizatsiya qihsh jarayoni bekam-u ko‘st 
davom etishi va barqaror iste’mol talabi qondirilishi kerak. Vanihoyat, 
pullaming «o‘z o‘mi bo'lib», ular to‘lov vositasi vazifasini bajarishi 
va odamlar ustidan hukmronlik, zo‘ravonlik qila olmasligi zarur.
Xalq xo‘jaligi proporsionalligi ifodalangan baholar qonunini, aslida 
esa qiymat qonunini tushunish yangi va ilg‘or g‘oya edi. Olimning


asosiy asarlari shu g‘oyalar bilan bog‘liq. Iqtisodiyotda «optimal 
baholar»ni qanday ta’minlash mumkin? Buagilbeming fikricha
baholaming bunday strukturasi raqobat erkinligi sharoitida stixiyali 
ravishda tarkib topadi.
Erkin raqobat sharoitining buzilishiga sabab Fransiyada donga 
maksimal baholaming qo'yilganligidir, deydi u. Uningcha, donga erkin 
baholar belgilansa, baholar birmuncha oshadi, bu dehqonlaming 
daromadini oshiradi va ulaming sanoat tovarlariga talabini ko'taradi, 
oqibatda bu mahsulotlami ishlab chiqarish ortadi va hokazo. Bunday 
zanjirli reaksiyalar bir vaqtning o‘zida «proporsional baholar» 
o‘matilishiga va xo‘jalikning ravnaqiga olib keladi.
Demak, Buagilber iqtisodiy erkinlik tarafdori edi va talabga qarshi 
chiqmaslikni taklif etadi. Shu bilan birga, u davlatning iqtisodiy funk- 
siyasini inkor etmadi: bu o‘sha davr uchun, real hayotni tushungan 
amaliyotchi olim uchun tabiiy edi. Uningcha, davlat to‘g‘ri soliq tizimi 
orqali mamlakatda iste’mol va talabni yuqori darajada ta’minlashi 
mumkin. Agar iste’mol sarflari oqimi pasaysa, tovarlami sotish va 
ishlab chiqarish keskin kamayadi. Agar kambag‘allar ko‘proq ishlab 
topsalar, soliqlarga kam sarf qilsalar, ular o‘z daromadlarini tez sarf- 
lashga moyildirlar. Boylar esa, aksincha, o‘z daromadlarini saqlashda, 
va demak, mahsulotni sotishda qiyinchilik tug‘dirishiga ohb keladi.
Buagilbeming bu mulohazalari iqtisodiy ta’limotlaming keyingi 
yuzyillikdagi rivojiga katta ta’sir etdi.
Jamiyat boyligi va iqtisodiy o‘sish bo‘yicha prinsipial jihatdan ikki 
xil qarash mavjud. Birinchisi bo‘yicha ishlab chiqarishning o‘sishi jam- 
g‘arish hajmi (ya’ni jamg‘arma va kapital qo‘yilmalar)ga bog‘liq. Bunda 
to'lovlaiga talab avtomatik ravishda (stixiyali) amalga oshadi. Bu konsep- 
siyaga ko‘ra, ortiqcha ishlab chiqarish inqirozlari bo'lishi inkor etiladi.
Ikkinchi pozitsiya bo'yicha iste’mol talabi ishlab chiqarishning yuqori 
sur’atlarda o'sishini qo‘llaydigan omil sifatida qaraladi. Buagilber ma’lum 
ma’noda mana shu pozitsiya tarafdori edi va u qonuniy ravishda iqtisodiy 
inqirozlar muammosini keltirib chiqaigan.
Buagilber inqiroz hodisasini xo‘jalikning ichki qonuniyatlari bilan 
emas, balki yomon davlat siyosati bilan bog‘laydi. Uningcha, yaxshi 
siyosat olib borish yo'li bilan talab kamomadini hal etish va inqirozlami 
chetlab o‘tish mumkin. Bu masala juda murakkab bo‘lib, Seyga tegishli 
(buni keyin qarab chiqamiz) «bozorlar qonuni»ga. asos bo'lgan deyish


mumkin, ya’ni erkin mahsulotlar almashuvi tizimida mahsulotlaming 
ortiqcha ishlab chiqarilishi mumkin emas (inqirozlar bo'lmaydi). 
Aksincha, Shumpeteming fikricha, Buagilber iste’mol talabining 
yetarli emasligi va jamg'arma ortiqchaligi sababli, o‘sha davrdagi tizim 
uchun inqiroz xavfi bo‘lib, tizim barqarorligiga shubha bildirgan, ya’ni 
Sey qonunini oldindan tanqid qilgan.
Buagilber o‘zining «Boylik, pul va oMponlarning tabiati to‘g‘risida 

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling