‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi


 A.Tyurgo va uning iqtisodiy ta’limoti

bet59/163
Sana03.12.2023
Hajmi
#1798248
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   163
Bog'liq
61aef8397723d3.50813536

7.3. A.Tyurgo va uning iqtisodiy ta’limoti
F.Kenening g‘oyalari Ann Rober Jak Tyurgo (1727-1781) tomoni­
dan davom ettirildi va chuqurlashtirildi. Ammo u o‘zini F.Kenening 
shogirdi yoki davomchisi deb hisoblamagan. U Parijda normand 
dvoryanlar oilasida tug'ildi. Sarbonnaning Teologiya (diniy) fakultetini 
tugatdi, ammo bu sohada ishlamadi. 1751-yildan Parij parlamentining 
amaldori, 1761-1774-yillarda Limojda intendant (harbiy qismda xo'jalik 
mudiri), 1774-1776-yillarda moliya bosh nazoratchisi, qirol Ludovik
XVI davrida moliya vaziri sifatida bir qancha antifeodal islohotlar o‘tkazdi 
(don savdosidagi cheklovni yo‘q qildi, savdo gildiyalaiini tugatdi...),


ammo bu o‘zgarishlar Tyurgo iste’foga chiqqach, bekor qilindi. U 
ham F.Kene singari Didro, D’Alamber va ulaming yordamchilari 
tomonidan chiqarilayotgan «Qomus»ga bir nechta falsafiy va iqtisodiy 
maqolalar yozdi.
A.Tyurgo hayoti va ijodida progressiv amaldor Vensan Gume katta 
rol o'ynadi. U fiziokratlardan ancha farqli ravishda sanoat va savdoning 
mamlakat ravnaqidagi rolini to‘g‘ri tushundi. Sof bozor iqtisodiyotidagi 
mashhur Iaissez faire, laissez passer (bu tamoyilga ko‘ra, iqtisodiyot 
davlat aralashuvisiz rivojlanishi kerak) tamoyili birinchi bor shu 
tadqiqotchi tomonidan ilgari surilgan degan fikr bor. U boshqalar 
qatori hunarmandchilikdagi sex cheklovlariga qarshi chiqdi, erkin 
raqobatni qo‘llab-quwatladi.
A.Tyurgo V.Gume (u 1759-yilda vafot etdi) bilan F.Kene huzurida 
ko‘p bo'lgan, u ular bilan asosiy masalalarda maslakdosh bo‘lsa ham, 
ko‘p sohalarda boshqacha fikr yuritar edi. A.Tyurgo Parijda A.Smit 
bilan ham uchrashgan. A.Tyurgoning iqtisodiy qarashlari uning 1766- 
yilda yozilgan (1769-1770-yillarda chop etilgan) «Boylikning paydo 
bo‘lishi va taqsimlanishi to‘g‘risidagi mulohazalar» asarida nisbatan to‘la 
yoritilgan. U Kene fikrlarini faqat taig‘ibot qilish bilan cheklanmadi, 
uni rivojlantirdi. U kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlarini ancha 
chuqur tushundi, feodalizmni islohotlar o'tkazish yo‘li bilan yaxshilash 
mumkin degan fikiga ishonmadi (Kene ishongan), kapitalizm feodalizm 
qobig'ida vujudga keladi va g‘alaba qiladi degan g'oyani ilgari surdi.
Bu kitob aslida Parijga o'qishga kelgan ikki xitoylik uchun darslik 
sifatida yozilgan va 100 ta aniq tezisdan iborat (V.Petti uslubi), ammo 
ba’zi qoidalar aksioma (isbot talab etmaydigan qoida)dan iborat. Bu 
iqtisodiy teoremalar aniq uch qismga bo‘linadi. 31 ta tezis (teorema) 
fiziokratik g'oyalar majmuyidan iborat (ustoz F.Kenening ta’siri). Ammo 
«sof mahsulot» nazariyasi F.Kenedan boshqacharoq talqin etiladi, aslini 
olganda bu yerda qo'shimcha qiymat haqida gap boradi va bu mahsulot 
tabiatning sof in’omidan dehqon mehnati bilan yuzaga keladigan ortiqcha 
mahsulot sifatida qaraladi hamda asosiy ishlab chiqarish vositasi bo‘lgan 
yer egasi tomonidan o‘zlashtiriladi.
Keyingi 17 ta teorema qiymat, baho va pulga bag‘ishlangan. 
ATyuigoning bu sohadagi fikrlari o‘ziga xos xarakterga ega va qiymatning 
mehnat nazariyasidan ancha yiroq. Uningcha, almashuv qiymati va 
tovaming bahosi tovarlar nisbati, almashuvda ishtirok etayotgan


shaxslar, sotuvchl va oluvchi istagining intensivligi bilan aniqlanadi 
(maijinalistik talqin). Ammo ATyuigoning bu g‘oyasi uning ta’limotiga 
mos kelmasdi.
Oxiigi 52 ta teoremada ATyuigoning tarixiy ahamiyatga ega bo'lgan 
asosiy iqtisodiy g‘oyalari keltiriladi. A.Tyurgo jamiyatning «unumsiz» 
sanoatchilar sinflni ikki qismga bo‘ladi: birinchisiga tadbirkor 
manufakturachilar, fabrika egalari kiradi, ular katta kapital egalari 
sifatida namoyon bo‘lib, o‘z avans, ya’ni bo'naklari yordamida ish 
joyi yaratadilar va uni foyda olish uchun sarflaydilar. Ikkinchilari - bu 
oddiy hunarmandlar bo‘lib , ular o‘z qo‘l kuchlari hisobiga ish haqi 
oladilar (ishlab chiqarish vositalaridan mahrum). A.Tyurgo ish haqini 
V.Petti va F.Kene kabi tirikchilik uchun zarur minimum mablag‘lar 
asosida hal etadi, ammo Kenedan farqli ravishda nega shunday bo'lishi 
kerakligi mexanizmini tushuntirib bermoqchi bo'ladi. Uning asosiy 
dalili shuki, mehnatga talab taklifga nisbatan kamayib boradi, ishchilar 
o‘rtasida raqobat boradi.
Xuddi shu kabi yer egalari sinfi ham fabrikantlar kabi ikki toifaga 
ajratiladi, bular avans beruvchi tadbirkorlar yoki kapitalistlar va faqat 
ish haqi oluvchi oddiy ishchilardir. Bu katta ijobiy voqea, chunki 
Fransiyada bu sinflar mavjud edi.
Demak, ATyurgo bo‘yicha jamiyatda besh .ял/mavjud, bu haqiqatga 
yaqindir. U yollanma ishchida qo‘l kuchidan boshqa ishlab chiqarish 
vositalari yo‘qligini ochib beradi, kun kechirish uchun u o ‘z 
mehnatini boshqalarga sotishi zarurligini ko‘rsatadi. A.Tyuigoning 
bunday fikrga kelishida vaqtning ham ta’siri bor, chunki u Kenedan 
keyinroq yashadi.
Tyurgoning ta’limotida pul, qiymat, sinflar va daromad nazariyalari 
tahlil etiladi.
Uning fikricha, oltin, pul ham, agar ular miqdori oshib ketsa, 
boshqa tovarlar kabi o‘z qimmatini (foydalilik- naflik) yo‘qotishi 
mumkin (maijinalistik g‘oya). Pulning miqdori jamiyatdagi ishlab 
chiqarilayotgan tovarlar va xizmatlaiga mos kelishi shart. U shuni qayd 
etadiki, «milliy boyligi» bu, awalo, yerlar va ulardan olinadigan «sof 
mahsulot»dir.
Bu olim ham qiymatning sarf-xarajat konsepsiyasini qo‘llaydi. 
Noyoblikka e’tibor berib, tovar xarid etishda eng muhim element deb 
qaraladi (maijinalizm mavzusiga qarang).


A.Tyurgo boshqalar kabi erkin sohibkorlik mehnatini qo‘llab-quv- 
vatladi, dehqonchilik qo'shimcha, ya’ni sof mahsulot manbayi ekanli­
gini (bu fikr Keneniki) tan olgan holda sanoat va savdoga ham ko‘p 
e’tibor qiladi.
U kapitalni Kenega nisbatan ancha chuqur va to‘la tahlil etdi. Kene 
kapital deganda asosan natural (mahsulot) shaklidagi bo'naklar 
summasi (xomashyo, mehnat haqi va boshqalar)ni tushungan, shu 
sababli uning tizimida kapital jamiyatdagi sinflar o‘rtasidagi mahsulotlar 
taqsimoti muammosi bilan chambarchas bog‘lanmagan. Kenening 
tizimida foyda, o‘rin yo‘q, kapitalist faqat «ish haqi olgan», bu «ish 
haqi»ning qanday vujudga kelishi ham tahlil etilmagan.
Bu sohada A.Tyurgo ancha ilgarilab ketadi. U foydani chetlab o‘ta 
olmaydi, hatto to‘g‘ri tuyg'u asosida uni tadqiq etishni sanoat kapi- 
talistidan boshlaydi; bu yerda foydaning kelib chiqishi, haqiqatan ham, 
aniqroq ko'rinadi. Vaholanki, boshqa fiziokratlar (Kene ham) «barcha 
ortiqcha mahsulot yerdan kelib chiqadi» degan noto‘g‘ri aqidaga asos- 
lanadilar.
U o‘z ustozlari va maslakdoshlaridan «tabiiy tartib» konsepsiyasini 
buzayotganligi uchun kechirim ham so‘rab qo'yadi, chunki u tahlilni 
sanoatdan boshlaydi va dehqonchilikni keyin qarab chiqadi. Ammo 
uning uzri noo‘rindir, aksincha u muammoni yechishga to‘g‘ri 
yondashgan; yollanma ishchi kuchidan foydalanuvchi fermer kapitalist 
o‘z kapitaUdan kam deganda xuddi fabrikant singari foyda olishi va 
renta sifatida yer egasiga berishi kerak bo‘lgan ma’lum ortiqcha- 
(qo‘shimcha)ni ham olishi kerak.
Eng ajoyib teorema 62-tezis bo‘lib, unga ko‘ra ishlab chiqarishga 
qo'yilgan kapital o‘z-o‘zidan ortib borish qobiliyatiga egadir. Xo‘sh, 
o‘z-o‘zidan ortib borish darajasi va nisbatlari nima bilan belgilanadi?
A.Tyurgo kapital tomonidan yaratiladigan mahsulot qiymati 
nimadan iborat ekanligini tushuntirmoqchi bo‘ladi (aslida kapital emas, 
balki mazkur kapital asosida harakatga keladigan mehnat yaratuvchidir). 
Avvalo, uning fikricha, mahsulot qiymati kapital sarflarini, 
shuningdek, ishchilaming ish haqini qoplashi kerak. Qolgan qismi 
(aslida qo'shimcha qiymat) uch qismga ajraladi: birinchisi, foyda bo‘lib, 
kapitalist pul kapitalining egasi sifatida «hech qanday mehnatsiz» olishi 
mumkin bo'lgan daromadga teng. Bu ssuda (pul) foiziga mos foydadir. 
Foydaning ikkinchi qismi fabrika yoki ferma ochishga tavakkal qilgan


kapitalistning «mehnati, tavakkalchiligi va san’atini» tolashga sarf etiladi. 
Bu tadbirkorlik daromadidir. Shunday qilib, A.Tyurgo sanoat foyda- 
sining ssuda va fimksional kapitalga bo'linishini ko‘rsatib berdi. «Agar 
pul foizi past bo'lsa, bilingki, bu kapitalning ortiqchaligi oqibati ham- 
dir», - deydi u.
Foydaning uchinchi qismi rentadir. U faqat dehqonchilikda band 
kapitalistlar uchun mavjud. So‘zsiz, bu tahlil iqtisodiyot fanida aytilgan 
yangicha g'oyadir.
Ammo olimning keyingi fikrlari izchil bo‘lmay, yana fiziokratizm 
qobig'iga qaytadi. Boshida foydani foizdan chiqaradi, bu minimum 
bo‘lib, unga har bir kapitalist egalik qilish huquqiga ega.
Agar kapitalist idorasida xotiijam o'tirmasdan fabrikaning faoliyatiga 
yoki qishloq xo‘jaligida batraklar ishiga boshchilik qilsa, unga o‘ziga 
xos qo‘shimcha maosh beriladi. Foiz oxir-oqibatda yer rentasiga 
tenglashtiriladi, chunki kapital bilan eng oson bajariladigan operatsiya 
bu yer uchastkasi olish va uni hech tashvishsiz ijaraga topshirishdir. 
Endi qo'shimcha qiymatning asosiy shaldi yer rentasi bo‘lib qoldi, 
qolgani esa uning hosilalaridir. Yana butun jamiyat faqat yer yaratadigan 
«ish haqida o‘tirgan» bo‘lib chiqadi.
Yuqorida aytilganidek, A.Tyurgo nazariyotchi olim bo'lishdan 
tashqari amaliyotchi amaldor edi. U qirol Ludovik XVI davrida moliya 
vaziri bo‘lib ham ishladi, o‘zining bir qancha ilg‘or g'oyalarini ilgari 
surishga intildi.
U birinchi bo‘lib davlat moliyasini sog‘lomlashtirishga harakat qildi, 
bu sohada uzoq muddatli dastur tuzib chiqdi, unga ko‘ra yer egaligidan 
tushadigan daromadlardan olingan sohqlar tizimi tugatilishi kerak edi. 
Umuman, u sanoat va savdodagi odil bo'lmagan soliqlami tartibga 
solishga kirishdi. U budjet chiqimlarini cheklashga intildi, bundan saroy 
xodimlarining ortiqcha sarf-xarajatlarini keskin kamaytirish mo‘ljal- 
landi va bu sohada ma’lum yutuqlarga erishildi.
A.Tyurgoning muhim muvaffaqiyatlaridan biri shuki, u don va 
unga erkin savdoni kiritdi, bu sohadagi monopoliyaga chek qo‘ydi. Bu 
ishlar nihoyatda og‘ir kechdi, chunki feodalizm ildizlari hali kuchli 
edi, bu kuchlar yangilikka tish-timog‘i bilan qarshi turdi.
A.Tyuigo 1776-yilning 12-mayida (yilga e’tibor bering, shu yili 
A.Smitning «Xalqlar boyligi» asari chop etildi) iste’foga chiqishga 
majbur bo‘ldi. Eski tuzum davom etdi, barcha ijobiy ishlar inkor


etildi, demak, hali ulami amalga oshirish uchun kerakli shart- 
sharoitlar mavjud emas edi.
1778-yili A.Tyurgo amerikalik do‘sti Franklinga atab o‘zining so‘nggi 
iqtisodiy asari bo‘lgan «Soliqlar to‘g‘risidagi esdaliklar»ini yozadi.
Olimning zamondoshi E.Kondilyak (1715-1780) tomonidan 1776- 
yilda qimmatga oid subyektiv qarash ilgari surildi. Uning fikricha, qimmat 
bu buyumda emas, balki unga biz berayotgan bahoga bog‘liq. Bu baho 
esa bizning talab - ehtiyojlarimizga bog‘liq: baho ana shu talabga qarab 
yo ortadi, yo pasayadi. Narsalaming qimmati uning noyobligi bilan 
oshadi va mo‘lligi bilan pasayadi. Deyarli 100 yil awal aytilgan bu g‘oya 
XIX asr 70-yilJarida maijinalistlar tomonidan isbotlandi. Iqtisodchilar 
butun asr davomida qiymatning insonlar xohishidan qat’iy nazar, 
substansiyasi (obyektiv asosi) nimada degan savolga javob izladilar. Bu 
kashfiyot fiziokratlaming savdo (almashuv) sohasida boylik yaratilmaydi, 
chunki almashuvda teng qiymatlar almashadi degan g'oyalarini chip- 
pakka chiqardi. Aksincha, bozoiga o'ziga kerakmas buyum bilan kelgan 
xaridor o'ziga ko‘proq foydali boylikni olib qaytadi.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling