‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi


HOZIRGI ZAMON IQTISODIY TA’LIMOTLARINING ASOSIY

bet105/163
Sana03.12.2023
Hajmi
#1798248
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   163
Bog'liq
61aef8397723d3.50813536

HOZIRGI ZAMON IQTISODIY TA’LIMOTLARINING ASOSIY
YO‘NALISHtARI
Birinchi navbatda «hozirgi zamon» tushunchasiga aniqlik kiritish 
kerak. Ba’zi iqtisodchilarning fikricha, XIX asr oxirlarida vujudga kelgan 
iqtisodiy g‘oya, ta’Iimot va konsepsiyalar hozirgi zamonniki deb tan 
olinadi.
Bu izohda mantiq bor, albatta, chunki o'sha davrda yuzaga kelgan 
iqtisodiy g‘oyalar keyingi iqtisodiy qarashlar uchun tayanch, asos rolini 
o'ynaydi. Ammo bu izohning cheklanganligini ham aytish kerak, negaki
XX asming o'rtalari, ayniqsa, ikkinchi Jahon urushidan keyin iqtisodiy 
ta’limotlar bir qancha yangi qarash, g‘oya, konsepsiya va nazariyalar 
bilan boyidi. Ulami «hozirgi zamon» iqtisodiy g'oyalariga kiritilishi tabiiy.
Ilgarilari dam-badam bo‘lib turadigan inqirozlar soni va ko'lami 
keskin kamaydi, ammo yo'qolgan emas. Bu nisbiy yutuqlar bir tomo­
ndan, ilmiy texnika inqilobi natijalaridan omilkorlik bilan foyda- 
lanilganligi va ikkinchidan ahoh ijtimoiy talablarini to‘laroq qondirish 
bilan bog‘liq bo‘lgan ta’limotlar qo‘llanilayotganligidir. Oqibatda 
ko'pchilik mamlakatlarda iqtisodiy va ijtimoiy barqaroriik hukm surmoqda. 
Ammo kapitalizm yo'lini tanlab olgan, bozor iqtisodiyotidan foyda- 
lanayotgan yuzlab qoloq davlatlar borligini ham inkor etish mumkin 
emas. Demak, iqtisodiy rivojlanishning yana boshqa omillari ham bo'lsa 
kerakki (iqtisodiy konsepsiya, siyosat...), ulardan samarali foyda- 
lanayotgan davlatlar (ulaming soni 20-25 ta) jahon iqtisodiyotida 
yutuqlarga erishmoqdalar. Shu tajribani o‘iganish va amaliyotda foyda­
lanish hayotiy zaruriyatga aylandi.
Ko‘rinib turibdiki, hozirgi zamon iqtisodiy ta’limotlari tobora chu- 
qurlashib, nazariy masalalar hayot bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib 
bormoqda.
Biz yuqorida keltirgan iqtisodiy ta’limotlar doimo rivojlanishda 
bo‘lib, ulaming hech biri sof holda biror bir mamlakatda qo'llanilmaydi. 
Amaliyotda mavjud iqtisodiy ta’limotlar, ulaming turli oqimlari, 
maktablarning qorishmalari qo'llaniladi.
Hozirgi zamon iqtisodiy ta’limotlarining asosan, uch yo‘nalishini 
ajratish mumkin:
1. Neoklassik (yangi klassik).
2. Ijtimoiy-institutsional.
3. Keynschilik.


XV b о b. YANGI KLASSIK (NEOKLASSIK) 
YO‘NALISHNING SHAKLLANISHI
15.1. Alfred Marshallning iqtisodiy ta’limoti
A.Marshall (1842-1924) iqtisodiyotda neoklassik (yangi klassik) 
yo‘nalishning yetakchi vakili, maq'inalizmning «Kembrij maktabi» 
lideri hisoblanadi. Kembrij universitetida o‘qidi, uni tugatib, shu yerda 
butun hayoti davomida siyosiy iqtisod fanidan (1863-yildan to 1908- 
yilgacha) dars berdi. 1902-yildan boshlab yangi «Ekonomiks» fanini 
kiritdi va siyosiy iqtisod fani asta-sekin siqib chiqarildi. Marshall 
maijinalizm g‘oyasini ijobiy ravishda (Jevonsni bilmagan holda) aniq- 
ladi.«Ekonomiks prinsiplari» (1890) A.Marshallning bosh asari bo‘lib, 
olti jilddan iborat.
Bu kitob doim to'ldirib borildi va olim hayoti davomida 8 marta 
qayta nashr etilgan (ruschaga - «Принципы экономики» deb taijima 
qilingan). Kitobning boshidayoq fanning predmeti to‘g‘risida fikr 
yuritiladi. Bu fan jamiyatning normal hayot faoliyatini tadqiq qilish 
bilan shug‘ullanadi. Individual va ijtimoiy jarayonlaming farovonlikning 
moddiy asoslarini yaratish bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan sohani 
o‘rganadi. Mashhur «Ekonomiks» kitobining muallifi P.Samuelsonning 
bu fan predmeti nomi «iqtisodiyot» bo‘lib, iqtisod yoki maksimal- 
lashtirishni bildiradi. Unda ishlab chiqarish hajmlari optimal bo‘lganda, 
sof foyda maksumumga erishuviga katta e’tibor qaratilgan.
Tadqiqot usulida klassik maktab g'oyalariga vorislik mavjud bo‘lib, 
ularyanada rivojlantiriladi. A. Marshall insonlaming iqtisodiy faoliyatini 
«sof» iqtisodiy nazariya pozitsiyasida turib, «mukammal raqobat» tufayli 
bo‘lishi mumkin bo‘lgan xo'jalikning ideal (benazir) modelini, tadqiq 
etdi. Ammo bir qancha iqtisodiyotning mo‘tadilUgi (muvozanati) bilan 
bog‘liq marjinal g'oyalar orqali u bu fanni «xususiy» hoi, ya’ni firma, 
soha (mikroekonomika) darajasida qaraydi. Bunday yondashuv olim 
yaratgan «Kembrij maktabi» va XIX asr oxiri - XX asr boshidagi 
ko‘pchilik neoklassiklar uchun xosdir. Ammo shuni alohida ta’kidlash


kerakki, A. Marshall o'zidan oldin o‘tgan ortodoksal klassiklardan 
farqli ravishda, iqtisodiy kategoriyalami «isbot» talab etuvchi u yoki 
bu asosiy chegaralanishi maqsadga muvofiq deb hisoblaydi.
Olimning tadiqotlarida bozorda erkin bahoning shakllanish 
muammosi asosiy o‘rin egallaydi. Bunda bozor muvozanati yagona 
organizm sifatida, xo‘jalik yurituvchi subyektlar chaqqon va bir-biri 
to‘g‘risida yaxshi ma’lumotga ega deb qaraladi.
Bozor bahosiga «eng yuqori naf asosida aniqlanadigan talab bahosi 
va eng yuqori xarajatlar bilan topiladigan taklif bahosining kesishish 
natijasi» deb qaraladi. Bu «Marshall xochi» deb yuritiladi, u talab va 
taklif chiziqlarining kesishgan grafik shaklidir. Chiziqlar kesishgan 
joyda ular orasidagi muvozanat, ya’ni muvozanatli, mo‘ta’dil baho 
o'matiladi.
Shu yerda olimning tovar qimmatining mohiyati to‘g‘risidagi g'oyasi 
xarakterlidir. Uning fikricha, qimmatni yaratishda naflik va ishlab 
chiqarish xarajatlari (qaychining ikki tig‘i) birdek faoldir. U qaychini 
misol sifatida keltirib, qog‘oz qirqqanda qaychining qaysi (ustki yoki 
pasti) tig'i asosiy rol o'ynashi haqidagi savolni aytadi.
Marshall «iste’mol ortiqchaligi» tushunchasini kiritadi, bu xaridor 
olishi zarur bo'lgan ilojsiz narsa uchun to‘langan va amalda to‘layotgan 
baholar o‘rtasidagi farqdir, ya’ni xaridoming qo‘shimcha talabini 
qondirishning iqtisodiy o'lchovidir.
Ilk marjinalistlarning baho, talab va taklif kabi omillaming funksional 
bog'lanish umumlashtiriladi. U xususan, baho pasayishi bilan talab


ortishi (baho ortishi bilan talab pasayishi), baho pasayishi bilan taklif 
pasayishi (baho ortishi bilan taklif ortishi)ni ko‘rsatib berdi. Mo ‘tadil 

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling