‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi
Ekonometrikaning hozirgi zamon asosiy yo‘nalishlari
|
61aef8397723d3.50813536
20.4. Ekonometrikaning hozirgi zamon asosiy yo‘nalishlari
Ekonometrika alohida ilmiy yo‘nalish sifatida iqtisodiy nazariya, matematika va statistikadan 20-30 yillarda ajralib chiqdi, bu xususan G.Mur va G.Shuls (AQSH) asarlari tufayli ro‘y berdi. «Ekonomet- riya» atamasi birinchi bor polshalik iqtisodchi P.Chompa (1910) tomo nidan ishlatildi (ekonometrika va ekonometriya iboralari teng kuchli hisoblanadi), ilmiy muomalaga esa norvegiyalik iqtisodchi R.Frisk (1926) tomonidan kiritildi. U I.Fisher, I.Shumpeter, Ch.Rouz va bosh qa amerikalik olimlar bilan birga «Xalqaro ekonometriya jamiyati»ning tashkilotchisi hamdir (1930). Bu jamiyat 1933-yildan «Ekonometrika» jumalini nashr etadi. U.Mitchell va u boshqargan «iqtisodiy barometrlar»ning Garvard maktabi vakillari ham bu yo‘nalishga katta hissa qo‘shmoqdalar. Keyingi davrda italiyalik iqtisodchilar E.Barone va M.Pantaleoni, amerikalik I.Fisher, G.L.Mur, E.Chemberlin, shvetsiyalik KViksell, G.Kassel va boshqalar bu sohada muhim yutuqlami qo‘lga kiritdilar. Birinchi, eng oddiy ishlab chiqarish funksiyasi Ch.Kobb va P.Duglas (AQSH, 1928) tomonidan tuzildi, keyin R.Solou, KArrou (AQSH)lar tomonidan umumlashtirildi, unda ishlab chiqarish ko'lami, texnika taraqqiyoti va boshqa omillar ham hisobga olindi. Bunday regressiv modellar alohida mahsulotlar uchun, korxona va firma, tarmoq va umumxalq xo‘jaligi uchun ham tuzilishi mumkin. 30-yillarda Ya.Tinbergen (Niderlandiya), 50-yillarda L.Klayn (AQSH), R.Stoun (Buyuk Britaniya) korrelatsion ko‘p omilli model- lami tuzdilar, unda alohida kapitalistik mamlakatlar iqtisodiyotidagi ishlab chiqarish, shaxsiy va davlat talabi, narx, soliq, tashqi savdo aylanmasi, kapitalning ishlatilishi va jamg‘arilishi, ishchi kuchi taklifi va boshqa o‘zgaruvchilar o‘rtasidagi statistik aloqadorlik o‘z aksini topgan. Xalq xo'jaligi tarkibini tahlil etish maqsadida tarmoqlararo balans tipidagi modellardan foydalaniladi. Dastlab bunday model 1925-26- yillarda sobiq SSSRda P.I. Popov (1872-1950) rahbarligida ishlab chiqildi. Keyinchalik bu uslub V.Leontev (asli rossiyalik, AQSH) tomonidan rivojlantirildi va moUya oqimlari tarkibini o‘rganish uchun R.Frish tomonidan tatbiq qilindi. Marksning qayta ishlab chiqarish sxemasi modeli sovet iqtisodchisi G.A.Feldman (1928) tomonidan tayyorlandi. Kapitalistik sikllaming iqtisodiy dinamika modellari Tinbergen, Frish, M.Kaleskiy, J.Xiks, R.Xarrot, P.Samuelson va boshqalar tomonidan ishlab chiqildi. Ekonometrika uslublari ko‘pincha ekstrapolatsiya tendensiyalariga asoslangan. Sovet olimi L.V.Kantorovich chiziqli programmalash (1939) uslubining asoschisi hisoblanadi. Ekonometrika ilmiy va amaliy ahamiyatga ega. Ko‘pgina yetakchi mamlakatlarda iqtisodiy matematik uslublardan foydalanish iqti sodiyotning ma’lum sohalari, tarmoqlari bo'yicha sikl modellari ishlab chiqilmoqda va amalda qo‘llanilmoqda. Ayniqsa, AQSHda bu sohada muhim yutuqlar qo‘lga kiritildi. Buyuk Britaniyada ham qayta ishlab chiqarish iqtisodiy modeli (1961) 1948-56-yillardagi parametrlar asosida A.Kleyn, R.Boll, E.Xezlvud, P.Vandom tomonidan tuzilgan. R.Staun Kembrij modeli (1960-70-yillar) ham diqqatga sazovor. Iqtisodiy tahlilning tarmoqlararo balans metodini tuzish 30-yillarda amerikalik iqtisodchi V.Leontevning tadqiqotlari asosida yuzaga keldi va bu tadqiqotlar Download Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling