‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi

bet147/163
Sana03.12.2023
Hajmi
#1798248
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   163
Bog'liq
61aef8397723d3.50813536

Keynschilik 
— J.M.Keynsning fikrlarini ilgari suruvchi yo'nalish, 
uch oqimi mavjud: 1. 0 ‘ng oqim — o‘ta reaksion oqim, qurollanish 
tarafdori, tartibga solish takliflari bor. Germaniya va Italiyada keng tarqalgan.
2. Liberal oqim — monopoliya manfaatlarini himoya qiluvchi va 
qurollanishni inkor etuvchi oqim. Uning asosiy vakili Jenni Robinson 
xonim, bu oqimda kasaba uyushmalariga keng o'rin berilgan. Fransiyada 
«dirijizm» (dirijer so‘zidan olingan) nazariyasi vujudga kelgan. 3. Yangi 
keynschilik, keyinroq ortodoksal keynschilik - J.M.Keynsning qoidalari 
to‘la qabul qilingan holda A.Xansen tomonidan stagnatsiya nazariyasi 
bilan to ‘ldiriladi. A.Xansen va K.Klark multiplikator prinsipini 
akselerator prinsipi bilan to‘ldirdilar, indutsirlangan investitsiya 
tushunchasini kiritdilar. Imperativ (zaruriy) va Indikativ (taklif majburiy 
emas) rejalashtirishlardan foydalanish mumkinligi aytiladi (Fransiya va 
bir qancha mamlakatlarda keng tarqalgan). Asosiy vakillari fransiyalik
G.Ardan, G.Mendes-Frans, F.Perru, S.Xarrislardir. Yangi keynschilik 
o'rniga postkeynschilik vujudga keldi, uning vakillari J.Robinson, 
N.Kaldor, P.Sraffa (Angliya), L.Eyxner, Vayntraub (AQSH); bu 
oqimda o‘sish va taqsimot markaziy deb hisoblanadi. Iqtisodni tartibga 
solish mexanizmini yanada takomillashtirish taklif etiladi.
Multiplikator 
— ko'paytiruvchi; iqtisodiyot ta’limotlarida ma’lum 
bog‘lanishlarni o‘rganishda, multi plikatsiya effekti bor joylarda 
qo'llaniladi. Masalan, Keyns ta’limoti bo'yicha qo‘yilgan investitsiya 
va daromadlar o‘rtasidagi bog‘lanishni ko‘rsatuvchi koeffitsient.
Akselerator 
— multiplikatorgateskari bo‘lgan koeffitsiyent bo'lib, 
milliy daromad o‘sishining investitsiya o‘suviga ta’sirini ko'rsatadi 
(neokeynschilar qo‘llagan).
Yangi klassik (neoklassik) yo‘nalish 
— G ‘arb iqtisodiy adabiyotida 
«Yangi klassik ekonomiks» deb ataladi va bu yo‘nalish asosida maijinalizm 
g‘oyalari yotadi. Buyuk ingliz iqtisodchisi A.Marshall (1842-1894) nomi 
bilan bog‘liq. Shu davrda «Siyosiy iqtisod» o‘miga mafkurasiz «Ekonomiks» 
atamasi paydo bo‘ldi. Unda sof erkin bozor iqtisodiyoti targ‘ib etiladi, 
davlatning roli imkoni boricha kam bo‘lmog‘i kerak. Bu yo‘nalishda 
liberalizm va neoliberalizm oqimlari mavjud. Amerika monetarizmi — 
M.Fridman (1912, AQSH) o‘zining «Kapitalizm va erkinlik» (1960) 
kitobida «erkin ishbilarmonlik»ni himoya qiladi. «Ozodlik yo‘lida qurbon 
berish»ni va «tabiiy ishsizlik»ni qo‘llab-quwatlaydi, davlat tomonidan 
beriladigan yordamga qarshi chiqadi, iqtisodiyotni to‘g‘ri pul siyosati


bilan (davlat kam aralashadi) tartibga solish tarafdori. Bu oqim g‘oyalari 
Rossiya Federatsiyasi iqtisodiyotida qo'llanilmoqda.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling