‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Merkantilizm iqtisodiy ta’limotining tarixiy taqdiri

bet40/163
Sana03.12.2023
Hajmi
#1798248
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   163
Bog'liq
61aef8397723d3.50813536

5.3. Merkantilizm iqtisodiy ta’limotining tarixiy taqdiri
XVIII asming oxirida merkantilizm iqtisodiy ta’Iimot yo'nalishi sifatida 
tarix sahnasidan tushdi. Sanoat inqilobi sharoitida bu ta’Iimot va unga 
asoslangan siyosat hayot talabiga javob bermay qo‘ydi. Xo‘sh, bu ta’Iimot 
nega tarix sinovidan o‘ta olmadi, uning «bo‘sh joylari» nimalardan iborat?
Bu ta’limotning xatolarini klassik maktab vakillari, hatto ayrim 
merkantilistlar ham tan olgan. ASmitning fikricha, bu «bizning savdogar 
va sanoatchilar tomonidan sotqin parlamentga o‘tkazilgan proteksionistik 
anglashilmovchilikning qorishmasidan iborat va boylik bu pulga egalik 
bilan bog‘liq eng oddiy tushunchadan iborat. Agar o‘z boyligini 
oshiraman desa, har bir individ kabi davlat ham olayotganidan kam 
sarflashi kerak. Iste’mol etilganidan tashqari qaysi moddiy shaklda bo‘ladi? 
Oddiyroq aytganda, daromad va buromadning farqi nimada ifodalanadi? 
Merkantilistlar uni mustahkam pul yoki oltin, zeb-ziynatlardan iborat 
deb bilganlar. Pul va kapital o'rtasida tenglik qo‘yilishi xato edi. Shuningdek, 
savdo balansining aktiv saldosi bilan yillik foydaning iste’moldan 
ortiqchasi ham tenglashtirilgan. ASmit va uning izdoshlari bu ta’limotning 
xatolarini shunday izohlaydilar.
0 ‘sha davrdagi (va hozirgi) olimlaming fikricha, mamlakat boyligi 
oltin va kumush zaxiralaridangina iborat bo‘lmay, yer, qurilish va boshqa 
ko'plab iste’mol mollaridan iboratdir. Masalan, V.Petti Angliyaning 
XVIII asr oxiridagi pul miqdoriga baho berib, bu pullar barcha mulkning 
3 foizidan kamroq ekanligini isbotlab berdi.


Aktiv savdo balansi faqat vaqtincha samara beradi. 1630-yilda T. Man­
ning o‘zi ham mamlakatga qimmatbaho metallaming oqib kelishi ichki 
baholar ko‘tarilishiga olib kelishini va «qimmatroq sotish, arzonroq 
olish» doktrinasi mamlakatning o‘ziga qarshi ekanligini tushundi.
Taniqli ingliz iqtisodchilari R.KantOon (1680-1734) va D.Yum (1711- 
1776)lar ham merkantilistlar g‘oyasining noto‘g‘ri ekanligini isbotlab 
berdilar. Sof avtomatik mexanizmlar savdo qilayotgan davlatlar o‘rtasidagi 
«pul metallarining tabiiy taqsimlanishi»ga va ichki baholar darajasining 
shunday o‘matilishiga olib keladiki, har bir mamlakat eksporti uning 
importiga teng boiadi. Aloliida mamlakatda har bir qo‘shimcha oltin 
qazib olish hajmlari boshqa mamlakatlarga nisbatan ichki baholar 
darajasini oshiradi. Importning eksportdan ortiqligi oqibatida oltinning 
oqib ketishi bilan qoplanishi kerak. Bu jarayon savdo qilayotgan barcha 
davlatlarda eksport va import o‘rtasida oltinga yuqoriroq talabga mos 
bo‘lgan yangi tenglik paydo bo‘lguncha davom etadi. Tashqi savdo va 
oltin, tutash idishlardagi suv bir sathda bo‘lishga intilgani kabi, aktiv 
savdo balansi ortidan quvish o‘z-o‘zini inkor etadi.
1690-yil Jon Lokk baholarning muomaladagi pulning miqdoriga 
ma’lum proporsiyada o‘zgarishini aniq ko‘rsatib berdi. Lekin import 
kapital ko‘proq qo‘llaniladigan xomashyo va yarim fabrikatlardan, eks­
port va mehnat intensiv qo‘llaniladigan oxirgi mahsulotdan bo‘lishi 
umumiy qoida sifatida qabul qilingan, chunki mehnatning sof eksporti 
mamlakat ichida aholini ish bilan bandligini qo‘llaydi va chet el manba- 
laridan foydani ko‘paytiradi. Merkantilistlar o'zlarining yuqoridagi yax­
shi ma’lum g‘oyalariga harbiy va strategik sohani hamda hali mustahkam 
oyoqqa turmagan sanoatni himoya qilish kerakligini ham qo‘shadilar.
Shunday qilib, klassik iqtisodiy maktab vakillari ( V.Petti, P.Buagilber, 
A.Smit va boshqalar) merkantilizmni qattiq tanqid ostiga oldilar va bu 
hukm asrlar davomida saqlanib keldi.
«Pul savdoni rag‘batlantiradi» doktrinasini eng yuqori darajaga 
ko‘targan qog‘oz pul merkantilisti Jon Lo (I671-1729)ning g‘oyalari 
va faoliyati diqqatga sazovordir (ba’zi manbalarda Lou). Uning «Pul va 

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling