‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi
|
61aef8397723d3.50813536
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Iqtisodiy romantizm
to‘g‘risida...» kitobida (1803) sanoat to‘ntarihshining ijtimoiy-iqtisodiy
mazmuni va imkoniyatlarini yuksak baholadi. S.Sismondi Angliyaga ikkinchi marta borib kelganidan keyin endi kapitalizmni, shuningdek, klassik maktabni qattiq tanqid qila boshladi. «Siyosiy iqtisodning yangi ibtidolari yoki boylikning aholi nufusiga munosabatlari» (1819) kitobi uning shuhratini yanada oshirdi. S.Sismondi odamlar baxt va tenglikni ta’minlash uchun birlashdilar, degan fikrga asoslanadi. U mayda ishlab chiqarishni ko‘klarga ko‘tarib, maqtaydi, mehnatkashlaming manfaatlarini himoya qilishga intiladi, hammaga hamdardlik bildiradi, fabrikaga oid qonunlami tabriklaydi, bolalar mehnatining ekspluatatsiya qilinishini qoralaydi. Kapitalizmni ijtimoiy adolatdan mahrum bo'lgan jamiyat deb ma’lum qiladi. S.Sismondi iqtisodiy qarashlarining sistemasida daromad to‘g‘risidagi ta’Iimot alohida o‘rin olishini kitob nomining o'ziyoq ko'rsatib turibdi. U taqsimotning ko‘pdan-ko‘p muammolari to‘g‘risida fikr bildiradi. Kapitalni, krizislami, mahsulotni realizatsiya qilish masalalarini tadqiq etadi, jamiyatni o‘zgartirishning mayda buijuacha dasturini ilgari suradi. A. Smitning ta’limotida mehnat qiymat va boylikning birdan-bir manbayi deb tahlil qilingan edi. Zarur ish vaqti tushunchasi birinchi bor joriy etildi. S.Sismondi pul ichki qiymatga ega bo‘lgan mehnat mahsulotidir va shu sababli qiymatning umumiy mezoni tarzida namoyon bo'ladi, degan to‘g‘ri xulosaga keldi. Pulning qadrsizlanishi qog'oz pullar muomalaga chiqarilishi haddan oshib ketishining natijasi, deb talqin etiladi. Ammo u pulning vujudga kelishi jarayonini, uning vazifasini tadqiq etmaydi. S.Sismondi iste’mol qiymat o‘rtasidagi ziddiyatni ko'ra bilgan bo‘lsa ham, ammo uning mohiyatini tushunmaydi. U qiymatdan chetga chiqishni qiymat qonunining buzilishi deb hisoblaydi. S.Sismondining ta’biricha, ijtimoiy fan ikki qismdan: oliy siyosat va siyosiy iqtisoddan iborat. Siyosat davlat tartibining qanday vujudga kelishini o'rgatsa, fuqarolami diyonat va din ruhida tarbiyalasa, siyosiy iqtisod xo'jalikni qanday boshqarishni, ijtimoiy tartibni saqlashni hukumatga tavsiya qilishi kerak. Umuman, siyosiy iqtisod ma’naviy fan bo'lib, u odamlaming his-tuyg‘ulari, ehtiyojlari va ehtiroslarini o'rganishi kerak. S.Sismondining fikricha, «odamlaming moddiy farovonligi, inson tabiati» siyosiy iqtisod predmeti bo'Ushi kerak, bu esa davlatga bog‘liq. S.Sismondi siyosiy iqtisod predmetini davlatning iqtisodiy siyosati bilan ayni bir narsa deb bildi, uni sinflardan ustun turadigan fan deb talqin etdi. Ishlab chiqarish munosabatlarini, iqtisodiy qonunlami bilish zarurligini inkor qildi. U insonning fe’l-atvorini birinchi o'ringa qo‘ydi. S.Sismondi uslubiyatiga 1. ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlami subyek- tiv-ideaUstik talqin etish; 2. ilmiy abstraksiya usulining yo'qligi; 3. tarixdan tashqari yondashuv; 4. ayirboshlash konsepsiyasi xosdir. Mayda buijua nazariyotchisi bo‘lgan S.Sismondi iqtisodiy qonunlaming obyektiv xarakterini tan olmadi. U kapitalistik iqtisodiyotning notekis rivojlanishini haqli ravishda ko'rsatgan bo‘lsa ham, bu narsa iqtisodiy qonunlar amal qilishining o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘lishi ekanligini ko‘ra bilmadi. U o'zining rahmdillik bilan (sentimental) qilgan tanqidini ijtimoiy fanning alohida usuli darajasiga ko‘tarishga intildi. S.Sismondi insonni unutib, abstraksiyaga berilgan A. Smit va uning tarafdorlarini qattiq tanqid qildi. U kapitalizm ko‘p mamlakatlarda amal qila boshlagan bo'lishiga qaramay, kapitalistik rivojlanishdan voz kechish mumkinligini asoslamoqchi bo‘ldi. U iste’mol ishlab chiqarishdan ustun degan fikrga asoslandi. Butun iste’molni shaxsiy iste’moldan iborat deb bildi. S.Sismondi kapitalizmni antagonistik jamiyat deb bildi va shu bilan klassik iqtisodiy maktabning namoyandalaridan ilgarilab ketdi. U kapitalizmning o‘ziga xos xususiyatini — boylikning oz sonli kishilar qo'lida to'planishi va ko'pchilik mehnatkash aholining chor-nochor kun kechirishini, jamiyat bilan xususiy sohibkoming manfaatlari bir- biriga mos emasligini, qishloq xo‘jaligining savdodan va sanoatdan orqada qolayotganini ko‘rsatdi. S.Sismondi burjua boyligining ko‘payishini bosh vazifa va iqtisodiy taraqqiyot mezoni deb hisoblashdan voz kechdi, «kapitalizmning ziddiyatlari» masalasini birinchi bo‘lib maydonga tashladi va tahlilni yanada davom ettirish vazifasini qo‘ydi. Klassik maktabga qarama-qarshi o‘laroq mayda tovar ishlab chiqaruvchilaming xonavayron bo‘layotganini, «ortiqcha» aholi paydo bo‘layotganini, mashinalar ishchilami siqib chiqarayotganini ko‘rsatdi, biroq kapitalizm ziddiyatlarining asl sababini payqay olmadi. S.Sismondi klassik maktabning krizislar bo'lishi mumkin emas va kapitalizm ziddiyatlar nimaligini bilmaydi degan mulohazalarini tanqid qildi. Uning tarixiy xizmati mana shundan iborat. Shu bilan birga, S.Sismondi kapitalizmning ilg‘or mazmunini, uning feodalizmdan ustunligini tushunmadi. U kapitalizmni romantik tarzda g‘ayri ilmiy asosda tanqid qildi, kapitalistik tuzumning imkoniyat- lariga mayda burjuaziya nuqtayi nazaridan baho berdi. U kapitalizmni tartibga solish, mayda hunarmandlaming sex tuzumi tarzida orqaga qaytish ehtimoli bor, deganlarida ham mayda buijuacha romantizm namoyon bo‘ldi. S.Sismondi revolutsiyaga qarshi, u kapitalizmni isloh qilish, uni tiyib turish tarafdori. Milliy daromad va kapital S.Sismondining iqtisodiy qarashlari sistemasida yetakchi muammodir. U o‘zining «Siyosiy iqtisodning yangi ibtidolari» asarining dastlabki uch bobini ayni shu muammoga bag'ishlaydi. A.Smitdan keyin S.Sismondi ham daromadlaming uch turini: foyda, renta va ish haqini alohida ajratib ko'rsatadi, dastlabki ikki tumi umumlashtirib, ustama qiymat tushunchasidan foydalanadi, ulami ichki mahsulotdan chegirma deb hisoblaydi. Biroq S.Sismondi shu tariqa qo'shimcha qiymat nazariyasini maydonga tashladi deb aytish uchun asos yo‘q. U ish haqi ishchi mahsulotining jami qiymatiga teng bo'lishi kerak deb aytish bilan birga, shu zahotiyoq kapitalistning kapital yaratish sohasidagi «dastlabki mehnati» uchun unga odilona mukofot deb, rentani esa yeming ehsoni deb e’lon qiladi. A.Smitning iqtisodiy taraqqiyot davomida ish haqi oshishi xususidagi umidiga S.Sismondining qo'shilmaganligi uning ijobiy jihatidir. S.Sismondi yakka tartibdagi daromadlardan «boyliklardan olingan foyda» va ishchi ish haqining yig‘indisi bo‘lmish milliy daromad muammosiga o‘tadi. Milliy daromad bilan yalpi mahsulot aynan bir narsa deb bilganligi uning asosiy nazariy xatosidir. Agar u birlamchi mahsulotda A. Smitning izidan borib uch qismdan: xom materialning va mehnat qurollarining o‘mi qoplanishini, ish haqi va foydani ajratgan bo‘lsa, yig'indi mahsulotdan faqat so‘nggi ikki qismni ajratadi. Doimiy qism yo‘q bo‘Hb ketadi. Kapital deganda S.Sismondi ishlab chiqarish zaxiralarini (ishlab chiqarish vositalarini) tushunadi. U kapital jamg‘arilishini tejamkorlik bilan bog‘laydi. S.Sismondi asosiy mashinalar, ish qurollari va aylanma- lar, urug‘lik, xomashyo, ish haqi kapitalini bir-biridan ajratib, A.Smitning hamma xato va yutuqlarini takrorlaydi. U kapitalni doimiy va o'zgaruvchi kapitalga ajrata bilmadi. Oxir-oqibatda S.Sismondi kapitalning milliy daromaddan farqini izohlay olmadi va buning usti- ga ASmitning shu ikkisi o‘rtasidagi tafovutni nazariy jihatdan isbot- lash yo'lidagi intilishlarini pisand qilmadi. S.Sismondi kapitalistik aholi nufusi jarayonini tahlil etishga harakat qildi. U iqtisod fanida birinchilardan bo‘lib foydani ko'paytirish manfaatlari yo‘lida mashinalami joriy etish ishsizlar vujudga kelishiga olib boradi, ishsizlaming mavjudligi esa ishlab tuiganlaming ahvolini yomonlashtiradi degan faktni tan oldi. Ammo S.Sismondi ortiqcha aholini kapitaUstik fabrika mexanizmining zarur tarkibiy qismi deb bilmadi. S.Sismondi kapitaUstik fabrika nochor ishchini kelajakka boqqanda kelgusini ko'rmaslikka o‘rgatganligini, undagi ahloqiy tuyg‘ulami siyqalashtirib yuborganUgini ishsizlar paydo bo'Ushining sabablaridan biri deb hisobladi. U din ishchilaming «nojo‘ya nikoh»larini qoralamayotganligini aytib, dinga hujum qUdi. «Uchinchi shaxslar» nazariyasi S.Sismondi nazariy qarashlarida asosiy o‘rin tutadi. U ishlab chiqarish va ijtimoiy daromad hajmlarining birUgini ijtimoiy mahsulotni to‘la-to‘kis realizatsiya qilishning asosiy sharti deb biladi. Bunday tenglikka avtomatik tarzda o‘z-o‘zidan erishilmaydi deb hisoblaydi. Aksincha, yirik sanoatning rivojlanishi ishlab chiqarishning muqarrar ravishda iste’moldan o'zib ketishiga oUb boradi. Kapitalizm qiymat va «ustama qiymat»ni realizatsiya qilish muammosini keltirib chiqaradi, yalpi ortiqcha ishlab chiqarish krizisi kapitaUzmga xos xususiyatdir. S.Sismondining o'ylashicha, ichki kapitalistik bozor qisqarib boradi, chunki ishchilaming daromadlari kamayadi. Kapitalistlar o‘z daromadining bir qismini iste’mol qilmaydi, balki jamg'aradi, mayda ishlab chiqaruvchilar xonavayron bo'ladi va ulaming iste’moU kamayadi. Vaziyatni tashqi bozorlar yengiUashtirishi mumkin. Ammo bunday bozorlami qidirish tobora qiyinlashadi. Kapitalizm maqbul va mumkin ham emas. S.Sismondi «uchinchi shaxslar», ya’ni mayda ishlab chiqaruvchi- larga madad berishga umid bog‘laydi. U buijua mamlakatlarining hukumatlariga murojaat etib: «Kapitalistik rivojlanishni to‘xtatinglar», - dedi. Jamiyat mayda ishlab chiqarishga qaytgan taqdirdagina mo‘l- ko‘lchilik boshlanar emish. S.Sismondining tutgan o‘mi - takror ishlab chiqarish asosiy qonunlarini tushunmaslik natijasidir. Ishlab chiqarish bilan iste’mol o'rtasidagi ziddiyatni, takror ishlab chiqarish ziddiyatini, shaxsiy iste’molning takror ishlab chiqarish jarayonlari uchun muhimligini tan olganligi S.Sismondi o‘rtaga tashlagan konsepsiyaning ijobiy jihatidir. S.Sismondi iqtisodiy krizisni daromadlar o‘rtasidagi nomuvofiqlik deb tushunadi, ayrim olimlar chinakam ilmiy nazariya — kapitalizm sharoitida ishlab chiqarish bilan iste’mol o‘rtasidagi nomuvofiqlikni tan oladi, biroq unga tobe o‘rin beradi deb ta’kidlaydi. Yetarli iste’mol qilmaslik nazariyasi krizislar arafasidagi davrda ishchilaming iste’mol quwatining oshib borishi, yetarsiz iste’mol qilish esa kapitalizmdan awal ham mavjudUgi, ammo krizislar faqat kapitalizmning belgisi ekanligi va surunkali bo'lmasligi vaziyatini izohlay olmaydi. Iqtisodiy krizislaming haqiqiy sababi ishlab chiqarishning ijtimoiy xarakteri bilan iste’molning xususiy xarakteri o‘rtasidagi ziddiyatdir. S.Sismondi kapitalistik yo'ldan voz kechishni taklif qildi, kapita lizmni tartibga solishga, ishchilar bilan kapitalist o‘rtasida patriarxalchilik munosabatlarini o'rnatishga, ishchilarni foydani taqsimlashda qatnashtirishga, ishsizlar va nogironlar haqida g‘amxo‘rlik qihshga va buning uchun maxsus fondlami vujudga keltirishga, mayda ishlab chiqarishni saqlab qolish va qo‘llab-quwatlashga, manufakturaga bo‘lgan yirik mulkchilikni ko‘p sonli kapitalistlar o'rtasida taqsimlashga chaqirdi. U yollanma ishchilami ham mulkdorlar sinfi safiga qo‘shishni orzu qildi. S.Sismondi davlatning yordamiga umid qildi. Uning ijtimoiy tadbirlar dasturi mayda buijuacha va reaksion xayolparastlik xarakteriga ega. S.Sismondi obyektiv tarixiy jarayonga to'sqinlik qilishga urindi. Shu sababli u reaksioner bo‘lib qoladi, o‘z mulohazalarini Fransiyada hali ham kuchli bo'lgan feodal tuzum himoyachilariga qo‘l kelishini sezmadi. XIX asr oxirlarida rus narodniklari S.Sismondining xulosalarini ko‘klarga ko‘tarib maqtaganUklari sababli Lenin S.Sismondining iqtisodiy qarashlarini batafsil tahlil etish zarur deb bildi. Chunki S.Sismondining xulosalarini bunday maqtash marksizmning iqtisodiy ta’limotini yoyishga xalaqit berar edi. U o‘zining «Iqtisodiy romantizm Download Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling