Ўзбекистон алоқа ва ахборотлаштириш агентлиги тошкент ахборот технологиялари университети “ахборот технологиялари” факультети
Download 1.6 Mb. Pdf ko'rish
|
6OIK7nngJPR3g0p2PhwnDCu5NGKIk38phO7YuNKG
5. ishlab chiqarish - kadrlarga bo'lgan ehtiyojni, ular sifati-ga qo'yilgan talablarni
belgilovchi asosiy buyurtmachi, tizimni moliyalashtiruvchi va moddiy-texnik baza bilan ta'minlash qatnashchisi. Prezidentimiz I.A.Karimov kadrlar tayyorlash milliy dasturi tola ro'yobga chiqsa, ijobiy ravishda "portlash effekti" sodirbo'lishini bashorat qilib, «Tafakkur» jurnali bosh muharriri savollariga bergan javobida shunday degan edi: «Ishonchim komil, agar bu islohotni amalga osliirsak, tez orada hayotimizda ijobiy ma'nodagi portlash effektiga, ya'ni uning samaradorligiga erishamiz». Nazarda tutilgan vazifalar to'liq amalga oshsa: 1. ijtimoiy-siyosiy iqlimga ijobiy ta'sir qiladi va natijada mamlakatdagi mavjud muhit butunlay o'zgaradi; 2. insonning hayotdan o'z o'rnini topish jarayoni tezlashadi; 3. jamiyatda mustaqil fikrlovchi erkin shaxs shakllanadi; 4. ta'limning yangi modelijamiyatimizning potensial kuchlarini ro'yobga chiqarishda katta ahamiyat kasb etadi; 5. oldimizda turgan har qanday vazifani bajarishda va maqsadlarga erishishda jamiyatiraizning har bir a'zosi qo'shadigan hissa «portlash effektiga» olib keladi. Milliy dasturni amalga oshirishning quyidagi 3 ta bosqichi belgi-landi: 1. Birinchi bosqich (1997-2001 yillar). Mavjud kadrlar tayyorlash tizimining ijobiy salohiyatini saqlab qolish asosida ushbu tizimni isloh qilish va rivojlantirish uchun huquqiy, kadrlar jihatidan, ilmiy-uslubiy, moliyaviy moddiy shart-sharoitlar yaratish. 2. Ikkinchi bosqich (2001-2005 yillar). Milliy dasturni to'liq ro'yobga chiqarish, rnehnat bozorining rivojlanishi va real ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarni hisobga olgan holda unga aniqliklar kiritish, majburiy umumiy va ixtiyoriy-majburiy o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limiga, shuningdek, o'quvchilarning qobiliyatlari va imkoniyatlariga qarab, tabaqalashtirilgan ta'limga o'tish to'liq amalga oshiriladi. 3. Uchinchi bosqich (2005 va undan keyingi yillar). To'plangan tajribani tahlil etish va umumlashtirish asosida, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollariga muvofiq kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va yanada rivojlantirish. Bu jarayonda yangi pedagogik texnologiyalarning bir qancha muammolari o'z yechimini topadi. Ular ta'lim muassasalarining resurs, kadrlar va axborot bazalarining yanada mustahkamlanishi, o'quv-tarbiya jarayonini yangi o'quv- uslubiy majmualar, ilg'or pedagogic texnologiyalar bilan to'liq ta'minlanishi, milliy (elita) oliy ta'lim muassasalarining qaror toptirilishi va rivojlantirilishi, kasb-hunar ta'limi muassasalarining mustaqil faoliyat yuritishining ta'minlanishi va o'zini-o'zi boshqarish shakllarining mustahkamlanishi kabi vazifalardir. Bunda ta'lim jarayonini axborotlashtirish va uzluksiz ta'lim tizimini jahon axborot tarmog'iga ulanadigan kompyuter axborot tarmog'i bilan to'liq qamrab olish ham ko'zda tutilgan. Download 1.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling