Ўзбекистон алоқа ва ахборотлаштириш агентлиги тошкент ахборот технологиялари университети “ахборот технологиялари” факультети
Download 1.6 Mb. Pdf ko'rish
|
6OIK7nngJPR3g0p2PhwnDCu5NGKIk38phO7YuNKG
Choshanov).
Pedagogik texnologiya-o'quv jarayonining o'quvchilar va o'qituvchi uchun so'zsiz qulay sharoitlar ta'tniniashni loyihalash, tashkil qilish va o'tkazish bo'yicha hamma detallari o'ylab chiqilgan birgalikdagi pedagogik faoliyat modeli (V.M. Monaxov). Pedagogik texnologiya-texnika resurslari, odamlar va ularning o'zaro ta'sirini hisobga olgan holda ta'lim shakiiarini optimallashtirish vazifasini qo'yuvchi o'qitish va bilimlarni o'zlashtirishning hamma jarayonlarini yaratish, qo'llash va aniqlashning tizimli metodi bo'lib ta'limni modernizalsiyalashda harakatlantiruvchi kuchdir (YUNESKO). Pedagogik texnologiya-pedagogik maqsadlarga erishish uchun foydalaniladigan barcha shaxsiy, uskunali va metodologik vositalarning tizimli yigindisini va ularni amal qilish tartibini bildiradi (M. V.KIarin). Pedagogik texnologiya, bu-so'zsiz rioya qilish evaziga eng yuqori natijani kafolatlaydigan ko'rsatmalar emas, balki qonuniyatlar bo'lib, ularning amaliy ahamiyatidan iborat (V.Yu. Pityukov). Pedagogik texnologiya-bu tizimli ftkr yuritish usulini pedagogikaga singdirish, boshqacha qilib aytganda, pedagogik jarayonni nuiayyan bir tizimga keltirishdtr (T.Sakamoto). Pedagogik texnologiyaning mohiyati didaktik maqsad, talab etilgan o'zlashtirish darajasiga erishishdan iborat bo'lib, uni tatbiq etishni hisobga olgan holda ta'lim jarayonini ilgaridan loyihalashtirishda namoyon bo'ladi (U. Nishonalieyv). Pedagogik texnologiya-bu o'qituvchi (tarbiyachi)ning o'qitish (tarbiya) vositalari yordamida o'quvchi (talaba)larga muayyan sharoit va ketma-ketlikda ta'sir ko'rsatish va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan sifatlarni shakllantirish jarayonidir (N. Sayidahmedov). Pedagogik texnologiya-bu jamiyat extiyojidan kelib chiqib, shaxsning oldindan belgilangan sifatlarini samarali shakllanttruvchi va aniq maqsadga yo'naltirilgan o'quv jarayonini tizim sifatida qarab, uni tashkil etuvchilar, ya'ni o'qituvchi(pedagog)ning o'qitish vositalari yordamida tahsil oluvchilarga ma'lum bir sharoitda muayyan ketma-ketlikda ko'rsatilgan ta'sirini va ta'lim natijasini nazorat jarayonida baholab beruvchi texnologiyalashgan ta'limiy tadbirdir ( B. G'.Ziyomuhamedov). Pedagogik texnologiya bu - obyektiv, moddiy jarayon. Agar biz o'quv-tarbiya jarayonidan uning obyektiv, moddiy (substansiyalik) jihatini ajrata olsak, shunda biz texnologiyaga, eng kamida, uning tafsilotiga ega bo'lamiz (V.K. Dyachenko). Pedagogik texnologiya- bu o'qitishga o'ziga xos yangicha (inno-vatsion) yondashuvdir. U pedagogikadagi ijtimoiy-muhandislik tafakkurining ifodalanishi, texnokratik ilmiy ongning pedagogika sohasiga ko'chirilgan tasviri, ta'lim jarayonining muayyan standartlashuvi hisobianadi (B.L.Farberman). Pedagogik texnologiya-turli mualliflar(manbalar)ning barcha ta'riflari mazmunini o'zida mujassam etuvchi umumlashtirishdan iborat (G.K. Selevko). "Texnologiya" tushunchasi keng ma'noda insonning barcha antropogen faoliyati natijasida mahsulot yaratilishi jarayonlarini qamrab oladi. Texnika va texnologiya, sanoat va transport, mashinasozlik va aviatsiya, kimyo va metallurgiya, tibbiyot va farmatsevtika, qishloq xo'jaligi va chorvachilik, umuman, yaratuvchanlik va ijodkorlik meh-nati va metod, usul, vosita hamda jarayonlar majmuasini ifodalash uchun shu kungacha cheklanmagan miqyosda foydalanib kelinayotgan ushbu atamaning mazmun va mohiyati keng ko'lamga ega bo'lib qoldi. Pedagogik jarayonlar uchun tatbiq qilinuvchi texnologiyaning an'anaviy va noan'anaviy, tarixiy, klassik, yangi va zamonaviy turlari farq qilinmoqda. Asosiy maqsad - shaxsning ta'lim va tarbiyasi hamda uning aqlan va jismonan rivojlanishi bilan bogiiq kasbiy faoliyat ekanligini nazarda tutsak, qanday nomlanishidan qat'iy nazar, pedagogik texnologiya komil inson tushunchasiga mazmunan singib ketishi lozim. Download 1.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling