Ўзбекистон алоқа ва ахборотлаштириш агентлиги


MAGISTRATURAGA KIRISH SINOVI DASTURLARI VA


Download 1.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/119
Sana03.11.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1742998
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   119
Bog'liq
Ўзбекистон ало а ва ахборотлаштириш агентлиги

 
MAGISTRATURAGA KIRISH SINOVI DASTURLARI VA 
BAHOLASH MEZONLARI 
 
 
Toshkent -2021 


5330400 – Kompyuter grafikasi va dizayn ta’lim yo‘nalishi negizidagi: 
 
- 5A330401 - Kompyuter grafikasi va dizayn
magistratura mutaxassisligiga kiruvchilar uchun maxsus (ixtisoslik) fanlaridan 
Annotatsiya 
Dastur 5A330401- Kompyuter grafikasi va dizayn magistratura mutaxassisligiga 
kiruvchilar uchun 5350200– Televizion texnologiyalar (“Audiovizual texnologiyalar”, 
“Telestudiya tizimlari va ilovalari”) ta’lim yo‘nalishining 2017/2018 o‘quv yilida 
tasdiqlangan o‘quv rejasidagi asosiy fanlar asosida tuzilgan. 
Tuzuvchilar:
Muxamadiev A.Sh. – TATU “Audiovizual texnologiyalar” kafedrasi mudiri, f.-
m.f.n., dotsent. 
Nuraliev F.M. – TATU “Audiovizual texnologiyalar” kafedrasi professori, t.f.d., 
dotsent. 
Bazarbaev B.J. – TATU “Telestudiya tizimlari va ilovalari” kafedrasi mudiri, 
t.f.n., dotsent. 
Dastur Televizion texnologiyalar fakultetining 2021 yil 22 iyundagi №10-sonli 
kengashi yig‘ilishida muhokama qilingan va tasdiqlashga tavsiya etilgan. 


KIRISH 
5350200 – Televizion texnologiyalar (“Audiovizual texnologiyalar”, “Telestudiya 
tizimlari va ilovalari”) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi – fan va texnika sohasidagi yo‘nalish 
bo‘lib, u audio, video, kino va televizion maxsulotlari ishlab chiqarish, tasvirlarga va 
kontentlarga ishlov berish, sifatini oshirishga, soha istiqbolini belgilashga, kasbiy 
ko‘nikma, mutasaddilik qobiliyatiga yo‘naltirilgan inson faoliyatining vositalari, usullari 
va uslublarining majmuasini qamrab oladi. 
Ta’lim yo‘nalishi negizidagi mutaxassislikning vazifasi – talabalar bilimini 
chuqurlashtirish va raqamli televidenieda va kinoda ovoz va tasvirni yozib olish, qayta 
ishlash, saqlash, chop etish, yoritishni loyihalashtirish va boshqarishga oid dasturlar, 
ularning matematik, axborot va dasturiy ta’minotiga oid muhandislik masalalarini 
yechish, ilmiy jihatdan tahlil qilish, algoritmik va dasturiy ta’minotini yaratish, 
texnologik yechimlarni ishlab chiqish bo‘yicha hamda ilg‘or pedagogik texnoligiyalardan 
foydalangan holda bilimlarni oshirish va ko‘nikma hosil qilishdan iboratdir. 
5330400 – Kompyuter grafikasi va dizayn bakalavriat ta’lim yo‘nalishi negizidagi 
5A330401 – Kompyuter grafikasi va dizayn magistratura mutaxassisligiga kiruvchi 
talabalar uchun ta’lim yo‘nalishi va 5350200 – Televizion texnologiyalar (“Audiovizual 
texnologiyalar”, “Telestudiya tizimlari va ilovalari”) o‘quv rejasiga asosan 2 ta ixtisoslik 
fanlari: “Kompyuter grafikasi”, “Kreativ va foydalanuvchi dizayni” va “Fotometriya va 
rangshunoslik” fanlari bo‘yicha savollari shakllantirilgan. Bu fanlar o‘z ichiga qamrab 
olgan ma’lumotlar quyida batafsil keltirilgan.

Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling