Ўзбекистон алоқа ва ахборотлаштириш агентлиги
- Dasturiy injiniring ta’lim yo‘nalishi negizidagi
Download 1.66 Mb. Pdf ko'rish
|
Ўзбекистон ало а ва ахборотлаштириш агентлиги
5330600 - Dasturiy injiniring ta’lim yo‘nalishi negizidagi:
5A330601 – Dasturiy injiniring magistratura mutaxassisliklariga kiruvchilar uchun maxsus (ixtisoslik) fanlaridan D A S T U R Annotatsiya Dastur 5A330601 – Dasturiy injiniring magistratura mutaxassisligiga kiruvchilar uchun 5330600 – Dasturiy injiniring ta’lim yo‘nalishining 2017/2018 o‘quv yilida tasdiqlangan o‘quv rejasidagi asosiy fanlar asosida tuzilgan. TUZUVChILAR: Babomuradov O.J. – TATU “Axborot texnologiyalarining dasturiy ta’minoti” kafedrasi mudiri, t.f.d. Xidirova Ch.M. – TATU “Axborot texnologiyalarining dasturiy ta’minoti” kafedrasi dotsenti, PhD. Dastur Dasturiy injiniring fakultetining 2021 yil 2 iyuldagi №12-sonli Kengashi yig‘ilishida muxokama qilingan va tasdiqlashga tavsiya etilgan. KIRISH 5330600 – Dasturiy injiniring bakalavriat ta’lim yo‘nalishi – fan va texnika sohasidagi yo‘nalish bo‘lib, avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlarini, kompyuter tizimlarining matematik hamda dasturiy ta’minotini, axborotlarni qayta ishlashni, mikroprotsessorli tizimlarning dasturiy ta’minotlarini, dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqishga joriy etish va foydalanishning samarali usullar va uslublar majmuasini o‘z ichiga olgan fan va texnologiyalar sohasiga asoslangan bilimlar majmuasini qamrab oladi. Ta’lim yo‘nalishi negizidagi mutaxassislikning vazifasi – loyihalash usullarini tadqiq qilish, dasturlash jarayonlarini tahlil qilish, sintezlash va optimallashtirish usullarini qo‘llash hamda mahsulotni sertifikatlashtirish, dasturiy ta’minot yaratishda axborot bilan ishlash jarayonlari bo‘yicha matematik modellarni qo‘llash, hisoblash algoritmlari va dasturiy ta’minot yaratish, dasturiy tizimlarni loyihalash va ishlab chiqish, dasturiy va qurilma-dasturiy ta’minotni integratsiyalash, avtomatlashtirilgan axborotni qayta ishlash va boshqarish tizimlarini yaratish, avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlarini boshqarish, ushbu tizimlarni matematik, dasturiy, tashkiliy va huquqiy ta’minlash usullarini o‘rganish va tadbiq etish kabi nazariy bilim hamda amaliy ko‘nikmalarini oshirishdan iboratdir. 5330600 – Dasturiy injiniring bakalavriat ta’lim yo‘nalishi negizidagi 5A330601 – Dasturiy injiniring magistratura mutaxassisligiga kiruvchi talabalar uchun ta’lim yo‘nalishi o‘quv rejasiga asosan 3 ta ixtisoslik fanlari: “Dasturiy injiniringga kirish”, “Ma’lumotlar tuzilmasi va algoritmlari” va “Java tilida ob’ektga yo‘naltirilgan dasturlash” bo‘yicha imtihon savollari shakllantirilgan. Bu fanlar o‘z ichiga qamrab olgan ma’lumotlar quyida batafsil keltirilgan. Download 1.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling