Ўзбекистон алоқа ва ахборотлаштириш агентлиги
– “AKT sohasida iqtisodiyot va menejment” ta’lim yo‘nalishi negizidagi
Download 1.66 Mb. Pdf ko'rish
|
Ўзбекистон ало а ва ахборотлаштириш агентлиги
5350300 – “AKT sohasida iqtisodiyot va menejment” ta’lim yo‘nalishi negizidagi:
- 5A234101- Raqamli iqtisodiyot magistratura mutaxassisliklariga kiruvchilar uchun maxsus (ixtisoslik) fanlaridan D A S T U R Annotatsiya Dastur 5A234101 – Raqamli iqtisodiyot magistratura mutaxassisligiga kiruvchilar uchun, ta’lim yo‘nalishining 2017/2018 o‘quv yilida tasdiqlangan o‘quv rejasidagi asosiy fanlar asosida tuzilgan. TUZUVCHILAR: Iminova N.A. - TATU “Axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasida iqtisodiyot” kafedrasi mudiri, i.f.n., dotsent. Dastur “Axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasida iqtisodiyot va menejment” fakultetining 2021 yil 22 iyundagi №10-sonli Kengashi yig‘ilishida muxokama qilingan va tasdiqlashga tavsiya etilgan. Kirish 5350300 – Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida iqtisodiyot va menejment bakalavriatura ta’lim yo‘nalishi negizidagi mutaxassisliklar bo‘yicha magistrlarning tayyorgarlik darajasi va zaruriy bilimlar mazmuniga qo‘yiladigan umumiy talablar Davlat ta’lim standartida keltirilgan. “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida iqtisodiyot va menejment” ta’lim yunalishida tahsil olishdan asosiy maqsad talabalarga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi iqtisodiyoti va boshqaruvi asoslarini makro va mikroiqtisodiy darajada o‘rgatish asosida ularning yetuk va yuqori malakali mutaxassis bo‘lishlari hamda olingan bilimlari asosida o‘qitish va ilmiy izlanishlarni davom ettirishlarini ta’minlashdan iborat. 5A234101 – Raqamli iqtisodiyot mutaxassisligi dasturining vazifasi quyidagilardan iborat: mavjud resurslardan samarali foydalanish imkoniyatlarini yaratish; boshqaruv faoliyatida amaliy masalalarini yechish uchun yangi usul va uslublarni qo‘llashi; ilmiy-iqtisodiy hisobotlar va tushuntirish xatlarini ishlab chiqishi; o‘tkazilayotgan tadqiqotlar mavzusi bo‘yicha ilmiy sharhlarni ishlab chiqish, referatlar va bibliografiyalarni tuzishi; bajarayotgan faoliyati bo‘yicha ish rejasini tuzish va uni bajarish, nazorat qilish va amalga oshirilgan ishlarning natijalarini baholash; – ilmiy muammolarni hal etishda boshqaruvning tizimli yondoshuvidan foydalanilgan holda tadqiqotning ilg‘or uslublarini ishlab chiqish va amalga oshirish; ishlab chiqarish loyihalarni boshqarish, ishlab chiqarish jarayonlari va resurslarini rejalashtirish, bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlarni tahlil qilish, loyiha komandasini boshqarish; korxonalarni rivojlantirish rejalarini va bashorat qilish usullarini bilishi va mexanizmlarini ishlab chiqish; axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi korxonalar bo‘linmalarining iqtisodiy rivojlanish rejalarini ishlab chiqish; axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi korxonalarini rivojlantirish bo‘yicha qisqa muddatli bashoratlar ishlab chiqish; mutaxassislik bo‘yicha boshqaruv tizimlari sohasida mavjud holatni tahlil qilish; magistr ixtisosligiga mos mavzulardagi loyihalarni ekspertiza qilish bo‘yicha ekspert guruhlarida ishtirokchi sifatida qatnashish; ixtisoslikka mos mavzu bo‘yicha konsalting xizmatlarini ko‘rsatish. Dastur ijtimoiy – gumanitar, umumiqtisodiy, tabiiy va matematik fanlar bilan uzviy aloqador bo‘lib, bu fanlar talabalarning shu sohada olayotgan bilimlarini chuqurroq o‘zlashtirishga yordam beradi. 5A234101 – Raqamli iqtisodiyot mutaxassisligi bo‘yicha magistraturaga kiruvchilar, umumiy tarzda quyidagi bilimlarga ega bo‘lishi kerak: mamlakatimiz rivojlanishiga oid bilimlarni egallashi hamda ulardan zamonaviy ilmiy asoslarda hayotda va o‘z kasb faoliyatida foydalana bilishi; Axborot texnologiyalarini o‘z kasbiy faoliyatida qo‘llay olishi, axborotlarni yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va ulardan foydalanish, kasb faoliyatida mustaqil qarorlar chiqara olishi; dunyoqarash bilan bog‘liq tizimli bilimlarga ega bo‘lishi; gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar asoslarini, joriy davlat siyosatining dolzarb masalalarini bilishi, ijtimoiy-iqtisodiy muammolar va jarayonlarni mustaqil tahlil qila olishi; kasb faoliyatida qarorlarni qabul qilish axborotlarni yig‘ish, qayta ishlash, bashorat qila olish. Download 1.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling