Ўзбекистон алоқа ва ахборотлаштириш агентлиги
Strategik menejment maxsus fani bӯyicha mavzular
Download 1.66 Mb. Pdf ko'rish
|
Ўзбекистон ало а ва ахборотлаштириш агентлиги
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mikroiqtisodiyot fani bo‘yicha
Strategik menejment maxsus fani bӯyicha mavzular
Fanni o‘rganishning maqsadi va vazifalari. O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar davrida strategik rejalashtirishning ahamiyati va uning iqtisodiy rivojlanishga ta’siri. Respublikaning iqtisodiy va siyosiy jarayonlarida harakatlar strategiyasining bosqichma bosqich takomillashib borishi va uning rivojlanishi. Biznes va strategik boshqaruvning nazariy asoslari. Biznes faoliyatida strategik menejmentning roli. Tadbirkorlik faoliyatini tartibga soluvchi qonunlar va normativ hujjatlar. Biznesni strategik boshqarish sohasida mamlakatimiz va horijiy tajribalar. Xo‘jalik yuritishning zamonaviy sharoitlarida strategik boshqarishning shakl va usullarini rivojlanish yo‘nalishlari. Strategik boshqarish jarayoni tizimining asosiy funksiyalarini bilish. Strategik boshqarishning tamoyillari va usullari, modellarini amalda qo‘llash. Korxonalarda tashqi va ichki muhit holatiga muvofiq ravishda vaziyatni baholash. Biznesni strategik boshqaruv asosida tashkil etish. Boshqaruv qarorlari samaradorligini baholash. “Strategik menejment” kursining asosiy maqsadi – talabalarga strategik rejalar tuzishda, vaqtni taqsimlashda qaror qabul qilishda strategiyani boshqarishni chuqur o‘rgatishga doir turkum bilimlarni berishdan iborat. Maqsadga muvofiq holda fanni o‘rganishning vazifalari belgilanadi: -elektron tijortni tashkil qilishda strategik rejalarning axamiyati; -strategik menejmentning ahamiyati va uni to‘g‘ri amalga oshirish; -korxonalarda strategik rejalashtirish orqali asosiy yo‘nalishlarni ko‘rsatish. Mikroiqtisodiyot fani bo‘yicha Zamonaviy bozor iqtisodiyoti, uning qonuniyatlarining amal qilishi, ularga “Mikroiqtisodiyot” fanidan nazariy bilimlar, ya’ni iqtisodiy jarayonlarning ilmiy asoslarini berish, hamda ilg‘or mamlakatlardagi bu jarayonlarni tartibga solishda amaliyot va to‘plangan boy tajribani o‘zlashtirish imkonini yaratishdan iborat. Bozor tizimlari va ularning o‘ziga xos xususiyatlari, mikroiqtisodiy o‘zgarishlarning nazariy asoslari, bozor ko‘rsatkichlari, talab va taklif nazariyasi, ishlab chiqarish nazariyasi, xo‘jalik sub’ektlari faoliyatining davlat tomonidan tartibga solinishi, talab va taklif, uni taxlil qilish usullari, bozordagi talab va taklif to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlar asosida bozorni tahlil qilish va xulosalar chiqarish; davlatning bozor iqtisodiyotiga aralashuvi oqibatlarini tahlil qilish; iqtisodiy siyosat natijalarini prognoz qilish usullarini amalda qo‘llash. Download 1.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling