Zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi toshkent axborot tehnologoyalari universiteti


Download 1.8 Mb.
bet7/8
Sana14.04.2023
Hajmi1.8 Mb.
#1357994
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Kitob 1540 uzsmart.uz

Ionlashgan va radiatsion nurlanishlar va ulardan himoya
Ionlashgan (radiatsion) nurlanishlar rentgen nurlanishlari, а, в, у - nurlanishlar hisoblanadi
а, в, у - nurlanishlar manbalari radioaktiv moddalar hisoblanadi va ular aloqa sohasida nazorat-o’lchov apparaturalarida, yong’in signalizatsiyasi sistemalarida ishlatiladi.
Rentgen nurlanishlari (o’nlab kilovolt) yuqori kuchlanishli elektrovakuum asboblarida vujudga keladi. Bu yugurma to’lqin lampalari, elektron nurli trubkalardir.
Nurlanish ta’sirida organizmda moddalar almashishi buziladi, ichki sekretsiya bezlari, qon-tomir organlarga zarar etadi. Natijada umumiy va mahalliy shikastlanishlar shaklida o’tkir va surunkali nurlanish kasalligi rivojlanadi.
Umumiy - leykemiya (oq qon).
Mahalliy - xatarli shishlar, teri kasalliklardir. Ionlashgan nurlanish to’qimalarning genetik kodiga ta’sir etadi, oldini olib bo’lmaydigan o’zgarishlarni keltirib chiqaradi, keyingi avlodlarga o’tishiga olib keladi.
Insonning shikastlanish darajasi yutilgan doza, nurlanish turi, ta’sir vaqti, individual ta’sirlilikka bog’liq.
Radiatsion xavfsizlik normalari bo’yicha belgilangan dozalar o’rnatilgan:

  • (A toifa) ionlashgan nurlanish manbaida bevosita ishlaydigan shaxslar uchun (doza 3 berdan oshmasligi kerak);

  • (B toifa) nurlanish manbailar yaqinida ishlaydiganlar uchun (doza 0,5 berdan oshmasligi kerak);

  • (V toifa) umuman butun aholi uchun (doza 0,05 berdan oshmasligi kerak).

Ber-rentgenning biologik ekvivalenti.
Qator texnik va tashkiliy tadbirlar yordamida ionlashgan va radiatsion nurlanishlar tasiridan himoyalanish mumkin. Texnik choralar sifatida ekranlashtirish, germetizatsiyalash va masofadan boshqarish. Nurlanish manbalari oldida ekranlar o’rnatilishi nurlantirish dozalarini anchagina kamaytiradi. Ekranlarning xajmi, qalinligi va materiallari nurlanish turidan bog’liq tarzda tanlanadi. Alfa zarralaridan himoya - havo qatlami bir necha sm, kiyim-kechak, qo’lqoplar. Beta nurlanishdan - havo qatlami bir necha metr yoki alyuminiy qatlami bir necha millimetr, chunki nurlanishning bu turlari kichik kirib boruvchi xususiyatga ega. Gamma va rentgen nurlanishlar katta singish kuchiga ega, shuning uchun ekranlar uchun katta atom og’irliklardagi materiallar qo’llaniladi (qo’rg’oshin, volfram), bu materiallarda nurlanish o’ta jadal yutiladi.
Ishchi joylarida o’rnatiladigan ekranlar statsionar va ko’chma bo’lishi mumkin. Radioaktiv moddalar maxsus onteynerlarga joylashtiriladi, ularda albatta radioaktiv xavfli degan belgi bo’lishi shart.
Individual himoya vositalari - xalatlar, kombinezonlar, bosh kiyimlari, shlemlar, rezina qo’lqoplar, ko’zoynaklar, respiratorlar, maxsus havo uzatadigan pnevmo-kostyumlar. Individual himoya vositalari alfa-nurlanish ta’sirida samarali va gamma-nurlanish ta’sirida kam samara beradi. Muntazam himoya vositalari dezaktivatsiya qilinadi. Radioaktiv moddalar va ionlashgan nurlanish manbalari bilan ishlovchi shaxslar qo’shimcha imtiyozlardan foydalanadi (qisqartirilgan ish haftasi, qo’shimcha ta’til).HULOSA
Bitiruv malakaviy ishda GSM standartining o’sish sur’ati va arxitekturasi, shuningdek boshqa raqamli standartlar bilan farqi korib chiqildi. Mobil aloqa tizimlaridagi sotalar soni va sotalardagi klasterlar sonini aniqlash usullari ham o’rganildi. O’zbekiston Respublikasining turli hududlaridagi ob-havo sharoitlari o’rganib chiqildi va shu ma’lumotlarga asoslangan holda mobil aloqa tizimlariga yog’ingarchilikning ta’siri va bu halaqitlarni oldini olishning usullari ham o’rganib chiqildi.
Bu esa bunday tizimlar ishlab chiqaruvchilar aloqa texnikasida foydalaniladigan fizik hodisalar va prinsiplarni ijobiy imkoniyatlarini amalda qo’llashni ta’minlashlari zarur bo’ladi.

Download 1.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling