Zbekiston badiiy akademiyasi kamoliddin behzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn


 Исскуство Советского Узбекистана. 1917-1972. - M. 111-112-113-114-b


Download 1.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/42
Sana05.01.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1080003
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   42
Bog'liq
haykaltarosh ilhom jabborov ijodi

13 Исскуство Советского Узбекистана. 1917-1972. - M. 111-112-113-114-b.
13


orqali Ivanov o’zining mohir portretchi usta ekanligini ko’rsatdi. Eng yaxshi asarlari 
qatoriga o’zbek raqqosasi va xoreografi Mukarrama Turg’unboyevaning yarimfigura 
portreti kiradi. Haykaltarosh ushbu portret orqali 
O ’zbekiston ayollarining 
umumlashgan obrazini ko’rsatadi. Shunday asarlaridan yana biri 1951 -yilda 
yaratilgan “Zveno boshlig’i” Bu asarda kolxozchining tipik, ideallashtirilgan obrazi 
yaratilgan.
F. Grishenko Dnepropetrovskdagi badiiy bilim yurtida tahsil olgan, urushdan 
so’nggi dastlabki yillarda yog’ochda ishlagan (Pushkin, Mirzo Ulug’bek va Hamid 
Olimjon asari qahramonlari obrazlari). Haykaltarosh o ’tkir jonli kompozitsiyalar 
muallifi, janrchi. Asarlari: “Hunarmand” (1950-yil), “Qushlar do’sti” (1954-yil), 
rangtasvir janrli kartinalari didaktik yo’nalishi va mavzusi bo’yicha moslashib ketgan. 
1950-yillarning birinchi yarmida faol ijod etgan haykaltaroshlardan N. Krimskaya, u 
o’z o’g’li va qizining portretlarida his-tuyg’uni, o’z ijodiy yondashuvini ko’rsatib 
bergan. O’ zbekistonning dastlabki haykaltaroshlaridan yana biri G. Massons asosan 
portret janrida ijod qilgan. Bu davrda u Y. Ohunboboyevning marmar byustini, 
paxtachilik bo’yicha mohir usta X. Tursunqulov portretini va kompozitor P. Glier 
portretlarini ishlagan.
Yuqorida ta’kidlangan, plastik san’atdagi yutuqlar dastgohli va mahobatli 
haykaltaroshlikning rivojlanishiga to’sqinlik qilib turgan bir qator kamchiliklarni 
yengib o’tishda o’ziga xos asos bo’ldi. 1960-yillarda ham mahobatli haykallar gipsda 
va betonda ishlangan. Ayrim bronza haykallar materiallari Rossiyadan keltirilgan: 
Toshkentda o’rnatilgan Y. Ohunboboyev, V. V. Quybishev, M. F. Frunze, S. M. 
Kirovlarning bronzadan ishlangan byustlari. 1963-yilda Toshkentlik komissarlarga 
bag’ishlangan granitli monumentning haykal qismi D. Ryabichev tomonidan 
bajarilgan vaToshkentning vokzal oldi maydonida o’rnatilgan.
Dastgohli va janrli haykaltaroshlik badiiy ko’rgazmalar bisoti bo’lib qoldi, 
ammo u shahar va qishloqlarga keng yoyilmadi. Shunga qaramay, o’zbek
14


haykaltaroshlarining haykaltaroshlikning oddiy vositalarini yangilashga bo’lgan 
qiziqishini, zamonaviy g’oyalarni aks ettirishga intilishini ta’kidlash zarur.14
Sekin asta naturalistik byust va haykallarni yaratish chetga chiqib, hayotni 
realistik tasvirlashning turli xil shakllari kirib keladi.
1950-yillarning ikkinchi yarmidan o’zbek haykaltaroshligining kelajagini 
yaratuvchi 
yangi 
bosqich 
yaqqol 
ko’rinadi. Ko’rgazmalarda 
yangi 
avlod 
haykaltaroshlari qatnashadilar. M. Musaboyev va K. Salohiddinov. Bu yillarda Ivanov 
o’z ijodiy faoliyatini yanada oshirib unumli ishladi. 1954-yilgi respublika badiiy 
ko’rgazmasida unga qarata tanqidlar bo’lgan, jumladan: sxematizmlik, uslublarning 
takrorlanishi. U yangi materiallarga va yangi plastik yechimga murajaat etdi. 1959- 
yilda Qardoshlik qabristonida H. Olimjon qabrtoshida o’zbek shoirini buyuk, 
romantik tarzda talqin etgan. Ammo 1958-yilda Akademik teatr foyesida o’rnatilgan 
Alisher Navoiyning gipsdan ishlangan haykali obrazida shoir ko’rinishida 
umumqabul qilgan realizm mavjud, uning prototipi V. Kaydalov tomonidan 
yaratilgan. Teatr sahnasidan olingan liboslar bu tasavvurni yanada chuqurlashtiradi. 
Butaforiya o’xshashligi ruhida yaratilgan haykalning (but) sanam yozuviga xos 
shartliligi uni teatr zali foyesida xalq ustalari tomonidan yaratilgan bezakli alebastrli 
va tosh panno bilan solishtirganda yaqqol seziladi.
N. Krimskaya Samarqand badiiy bilim yurtida rangtasvir sinfi bo’yicha tahsil 
olgan, o’z yo’lini 1950-yillar boshida haykaltaroshlikdan boshladi. Uning ilk 
monumentalist haykaltarosh sifatida yaratgan ishi Toshkent xoreografiya bilim yurti 
fasadidagi balerina figurasining barelyefi (1957). Figuralar quyuv bosqichidan 
o’tmasdan sementga o’yib ishlangan, devorga metall ankerlar bilan o ’rnatilgan. 
Balerinalar obrazlarida haykaltarosh klassik raqsning go’zalligini, xoreografik 
san’atning nafis va plastikligini tasdiqlagan. Balerinalarning parvoz qilayotgandek 
ko’rinishdagi figuralari bir-biriga qaratilgan va qo’llarida hilpirayotgan sharflari 
parvoz, fazodagi harakat, gratsiya his-tuyg’usini yaratadi.

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling