Zbekiston badiiy akademiyasi kamoliddin behzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn


Download 1.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/42
Sana05.01.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1080003
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
Bog'liq
haykaltarosh ilhom jabborov ijodi

3


KIRISH
O’zbekistonda 1990 - yillardan boshlangan yangi tarixiy davrda boshqa san’at 
turlari qatori haykaltaroshlik san’ati ham e ’tiborga sazovor ijodiy o’zgarishlarga yuz 
tutdi. Yangi madaniy siyosat o’laroq mamlakatda sog’lom ma’naviy muhitni 
shakllantirish, milliy an’analarni tiklash, tarixiy madaniy o’zligimizni anglash 
masalalari ustuvor ahamiyat kasb etdi va buning pirovardida mazkur jabhada 
g’oyaviy-shakliy yangilanish jarayoni vujudga keldi, oldingi ijodiy yondashuvlardan 
farq qiluvchi yangi sifat bosqichiga yo’l ochildi. Chunonchi, endilikda ijodiy vazifalar 
yo’nalishi keskin o’zgarib, badiiy talqin va plastik uslub mezonlari yangi muhitga 
mos yo’sinda kuzatilmoqda, milliy mavzular ko’lami kengayib, plastik kashfiyotlar 
borasida 
ham 
ma’lum 
ko’rsatkichlarni 
egallamoqda. Jumladan, mahobatli 
haykaltaroshlikda milliy maktabga mos turli yondashuvlar zuhur etishi, soha rivojiga 
yangicha sayqal bermoqda. Oldingi davrda milliy obrazli yodgorliklar aksariyat 
hollarda jamoatchilik binolari va muassasalar ichiga o ’rnatilgan bo’lsa, bu yillardan 
shahar markazlari, shox ko’chalari hamda bog’- xiyobonlarga o’rnatish yetakchi 
o’ringa ko’tarildi. Ayniqsa, ayrim muhtasham haykallarni me’moriy gumbazlar 
hamohangligida bunyod etilishi milliy haykaltaroshlik hissini yanada yaqqol 
sezilishida muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur holat ilgarigi rivojlanish davrida 
milliy xazinamizga tamomila joylashib ulgurmagan ushbu san’at turida, 1990- 
yillardan boshlab sezilarli darajada o’zgarishlar qaror topayotganini ko’rsatadi.
Yangi davrdagi davlatda jamiyat qurilishini ustuvor besh tamoyillarning birida 
belgilangan davlatning bosh islohotchi ekanligi ham haykaltaroshlikning rivojida 
munosib o’rin egallamoqda. Bu borada Respublika birinchi prezidentining: - 
“Xalqimizning kelajagi uchun suvday, havoday zarur bo’lgan bunday sohalarga 
birinchi va eng katta homiy- davlatning o’zi”1 degan ta’kidlari o’rinlidir.

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling