Zbekiston badiiy akademiyasi kamoliddin behzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn
Mustaqillik davri o'zbek m onum ental haykaltaroshlik san'ati. SMI- ASIA 2011
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
haykaltarosh ilhom jabborov ijodi
41 Mustaqillik davri o'zbek m onum ental haykaltaroshlik san'ati. SMI- ASIA 2011.
60 Oqsaroy binosining oq marmar plitalardan iborat fonida Islom Karimov haykali judayam ulug’vor ko’rinadi. Garchi bu asar u darajada mahobatli bo’lmasada, u joylashgan bino bilan birga uyg’unlashib ketgan. Haykaltarosh haykal kompozitsiyasi yechimiga alohida urg’u bergan. Ko’p hollarda haykallar statik ko’rinishda bo’ladi. Bu yerda birinchi prezidentning tinib - tinchimas xarakteri, el- yurt ravnaqi uchun jon kuydirayotgan holati uning dinamikaga boy holatida ochib berilgan. Karimov obrazi uchun statik holatdagi haykal uning ichki xarakteriga mos tushmasdi shu sababli, haykaltarosh tomonidan uning ichki xarakterini ochib beruvchi obraz tanlangan. Bu haykalda Islom Karimovning nisbatan o’rta yosh holati ya’ni prezidentlikka kelgan davri ochib berilgan va tik turgan holatda yurib ketayotganday qilib tasvirlanishi uning hali kelajakda juda katta marralarni zabt etamiz degan g’oyani anglatadi. Haykalning yuz ifodaviyligiga e’tibor beradigan bo’lsak, uning nigohlari ona zaminga, xalqqa qarab turibdi negaki unda hali biz xalq bilan birga buyuk ishlarni ado etamiz deyayotganday taassurot uyg’otadi. Karimov haykali rasmiy libosda tasvirlangan. Haykaltarosh gipsning xususiyatini ham hisobga olib, u darajada ko’p drapirovkadan foydalanmagan chunki bu asarning obraziga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Haykaltarosh ushbu asari orqali o’zbek xalqining tinib- tinchimas, jonkuyar xarakteriga mos ravishda Islom Karimov obrazini yarata olgan. Ikkinchi bobga yakun yasagan holda quyidagilarni aytish mumkinki, 1990- yillardan boshlab yangi mafkuraviy shart-sharoitlar ta’sirida milliy haykaltaroshlik mavqei mustahkamlanib bordi. Ayniqsa, mahobatli haykaltaroshlik sohasiga alohida e’tibor qaratildi. Bu sohada mutaxassis ijodkorlarning faol vakillari ajralib chiqdi. Chunonchi, Ilhom Jabborov, Kamol Jabborov, Jaloliddin Mirtojiyev, Anvar Rahmatullayevni shu o’rinda ta’kidlash mumkin. Ayniqsa, Ilhom Jabborovning o’rni ahamiyatli bo’lib, ijodida realistik malaka munosib o’zlashtirildi. I. Jabborov mustaqillikka erishganimizdan so’ng juda faol ijod qildi va tarixiy shaxslar obrazini birin-ketin yarata boshladi. Uning “Amir Temur” (Toshkent, Samarqand, Shaxrisabz), “Al-Farg’oniy” (Farg’ona, Quva), “Jaloliddin Manguberdi” (Xiva), “Mashrab” 6 1 (Namangan) kabi asarlari yurtimizning turli go’shalarining ko’rkiga ko’rk qo’shib turipti. Bundan tashqari, uning atoqli shaxslarga bag’ishlab ishlangan mahobatli asarlari ham e’tiborga molikdir: “Abdulla Qahhor” mahobatli haykali fikrimiz isbotidir. Ilhom Jabborovning Mustaqillik maydoni uchun yaratilgan “Motamsaro ona” hamda “Mustaqillik va ezgulik” kabi monumental yodgorliklari o’zbek xalqining Ona siymosiga bo’lgan hurmat ehtiromining namunasi deyishimiz mumkin. 2016-yili Alisher Navoiy nomidagi o’zbek tili va adabiyot universiteti hovlisiga Jabborov tomonidan ishlangan “Alisher Navoiy” haykalining o’rnatilishi bu yana bir bor buyuk bobokalonimiz sharafini ulug’lash demakdir. Uning shu oxirgi yillarda ya’ni 2017-yilda yaratgan O’zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti Islom Karimov xotirasini abadiylashtirish uchun yaratilgan Islom Karimovning mahobatli haykalini alohida aytib o’tishimiz joiz. Haykaltarosh hozirgi kunda shogirdlari bilan birgalikda yana bir tarixiy obraz Abu Rayhon Beruniy haykali ustida ish olib bormoqda. I. Jabborov ijod qilishdan to’xtamay bundan keyin ham yangidan yangi asarlar yaratadi degan umiddamiz. Download 1.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling