ekanini inobatga olinb hamda yozuvchining 100 yilligini
keng nishonlash maqsadida,
jumladan, tegishli tashkilotlar birgalikda Abdulla Qahhorning haykalini yaratish va
uni belgilangan tartibda o’rnatish bo’yicha taklif kiritishni belgilab qo’ydi.
Ushbu
qarorga asosan, 2007-yil sentabr oyida poytaxtimizning so’lim maskanlaridan birida -
O ’zbekiston
Milliy
bog’ida
atoqli
yozuvchining
muazzam
haykali
qad
rostladi.41Yozuvchi Abdulla Qahhor o’z hayollari ummoniga botgan holda kursida
o’tirar ekan, uning qo’llarida tizzasiga qo’yib turgan kitob bilan tasvirlangan.
Haykalda chuqur psixologik holat aks ettirilgan.
Uning egnidagi kiyimlari, o’zini
tutishidan qanchalik yuksak iste’dod egasi, hurfikr insonligini anglab olishimiz
mumkin. Bu haykal
orqali nafaqat biz balki, kelgusi avlodlar faxrlanib, o’lmas
asarlarini zavq bilan o’qishlarini, monument yodgorligi
orqali haykaltarosh
ta’kidlamoqchi bo’lgan.
O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimovning tashabbusi
bilan 2016-yilda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek
tili va adabiyot
universiteti tashkil etildi va ushbu institutning hovlisiga Ilhom Jabborov tomonidan
yaratilgan “Alisher Navoiy” mahobatli haykali o’rnatildi (5 metr, gips).
Davlatimiz rahbarining 2017-yil 25-yanvardagi “O’zbekiston Respublikasining
Birinchi Prezidenti I. A. Karimovning xotirasini abadiylashtirish to’g’risida”gi
qaroriga muvofiq Islom Karimov siymosini yaratish bo’ yicha xalqaro
ijodiy tanlovda
g‘olib deb topilgan haykallarni mamlakatimiz poytaxti Toshkent shahrida,
Islom
Karimov tug‘ilib o‘sgan Samarqand shahrida va u kishi birinchi rahbar bo‘lib ishlagan
Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida o‘rnatish belgilangan edi. Bu tanlovda
Ilom Jabborov tomonidan yaratilgan obraz g’olib
deb topildi va Toshkentdagi
Oqsaroy binosi hovlisiga o’rnatildi.
Do'stlaringiz bilan baham: