Zbekiston badiiy akademiyasi kamoliddin behzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn


Download 1.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/42
Sana05.01.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1080003
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42
Bog'liq
haykaltarosh ilhom jabborov ijodi

san’at tarixi va nazariyasi”
Taqrizchi: San’ 
dotsenti
Т. B. Ahmedov
“tasviriy


Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti 
S an ’atshunoslik fakulteti, “tasviriy san’at tarixi va nazariyasi” 
y o ’nalishi bitiruvchisi J o ’rayeva Matluba M annon qizining 
“ Haykaltarosh Ilhom Jabborov ijodi” mavzusidagi malakaviy
bitiruv ishiga tashqi
TAQRIZ
*
Zamonaviy O’zbekiston haykaltaroshligining boshlanishi juda qadimiydir. 
Haykaltaroshlik san’ati rivojining yangi o’rami XX asrda keldi va san’at tarixiga 
ulkan ijtimoiy-tarixiy, badiiy-estetik, falsafiy-dunyoqarashli o’zgarishlar asri 
sifatida kirib keldi. Aynan shu sababli hozirgi zamonaviy haykaltaroshlik asarlarini 
o’rganish va ulami tahlil qilish muhim ahamiyatga ega. Bu jarayonda M. Jo’rayeva 
malakaviy bitiruv ishi uchun tanlangan mavzu dolzarb sanaladi.
Malakaviy 
bitiruv 
ishining 
birinchi 
bobi 
“XX 
asr 
O ’zbekiston 
haykaltaroshligidagi tendensiyalar” deb nomlanib, diplomant tomonidan ikki 
bo’limga ajratilgan holda o’rganib chiqilgan. “XX asr ikkinchi yarmi O ’zbekiston 
haykaltaroshlik san’ati” bo’limda muallif tomonidan o’sha davrdagi siyosiy muhit
shuningdek, ijtimoiy-badiiy hayot, faol ijod qilgan haykaltaroshlar haqida va 
ularning asarlari tahliliga alohida to’xtalib o’tilgan. “Haykaltarosh Ilhom 
Jabborovning ilk ijodiy shakllanish davri” deb nomlangan keyingi bo’limda Ilhom 
Jabborovning ilk ijod namunalari haqida ma’lumotlar berib o’tgan. Ikkinchi bob 
“O’zbekiston mustaqillik yillari haykaltaroshlik san’atida Ilhom Jabborov ijodi” 
deb nomlangan bo’lib, unda bitiruvchi mustaqillik yillari mahobatli haykaltaroshlik 
sohasida olib borilgan ishlar va undagi asosiy g’oyalami aniqlashga 
manbashunoslik negizida tahlil 
etishga 
uringan. Birinchi 
bo’limda Ilhom 
Jabborovning tarixiy shaxslar obraziga alohida to’xtalib, “Amir Temur”, “Al- 
Farg’oniy”, “Mashrab”, “Jaloliddin Manguberdi”, “Nizomiy Ganjaviy”, “Ibn Sino” 
kabi asarlarini san’atshunoslik nuqtai nazaridan chuqur tahlil etishga harakat 
qilgan. Bobning “O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi Ilhom Jabborov 
ijodida mahobatli asarlar” nomi ostidagi bo’limida haykaltaroshning “Motamsaro 
ona”, “Mustaqillik va Ezgulik”, “Ko’hna va Boqiy Buxoro” kabi yodgorlik 
majmualari haqida o’z fikr mulohazalarini bildirib o’tgan. Bundan tashqari, Ilhom 
Jabborovning atoqli shaxslarga atab yaratgan mahobatli haykallari “Abdulla 
Qahhor”, “Islom Karimov” asarlari haqida ham bitiruvchi tomonidan ma’lumotlar 
berilgan.Ishning xulosa qismida bitiruvchining to’plagan katta ma’lumotlari 
umumlashtirilgan. MBI da M. Jo’rayeva muayyan mavzularda san’atshunoslikka 
oid tadqiqot ishlarini olib borish, to’plangan materiallami tahlil qila olish kabi 
kasbiy malakaga ega bo’lgan. Mazkur malakaviy bitiruv ishi oliy o’quv yurtining 
bakalavriat talablariga to’liq javob beradi.


Ishning yutuqlaridan tashqari ba’zi juz’iy kamchiliklari ham mavjud, lekin 
bu ishning mazmuniga ta’sir qilmaydi. To’plangan manbalaming kengligi, 
yangiligi, ularga tahliliy munosabatda bo’lganligini inobatga olgan holda Matluba 
Jo’rayevaning “Haykaltarosh Ilhom Jabborov ijodi” mavzusidagi bitiruv ishini 
“a’lo” bahoga tavsiya etaman.
*
Taqrizchi: Toshkent arxitektura 
qurilish instituti, “Arxitektura tarixi va 
nazariyasi”
SH. N. Abdullayev

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling