Zbekiston badiiy akademiyasi kamoliddin behzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
haykaltarosh ilhom jabborov ijodi
62
XULOSA Ushbu malakaviy bitiruv ishida haykaltarosh Ilhom Jabborovning ijodiy faoliyatini o’rganishga harakat qildik. Shu o’rinda haykaltarosh tomonidan yaratilgan ijod namunalari ham san’atshunoslik nuqtai nazaridan tahlil qilindi. 1990-yillarning yangi mafkuraviy sharoiti milliy haykaltaroshlik mavqeini mustahkamlash bosqichini yuzaga keltirdi. Endilikda mazkur soha avvalgi ijodiy an’analardan farqli ravishda, birgina milliy yo’sinda rivojlanish (ko’proq mahobatli turida) jarayoniga erishdi. 1990-yillardan so’ng mahobatli va dastgohli haykaltaroshlikda yangi badiiy jarayonlar sodir bo’la boshladi. Mamlakatimiz o’z mustaqilligini qo’lga kiritgach, san’at sohasida, xususan, monumental san’atda ham yangi davr boshlandi. Haykaltaroshlarimiz ijodida milliy va ma’naviy tiklanish, yangilanish jarayonlari bo’y ko’rsatdi. Nihoyatda nozik va murakkab, har bir detal, hatto eng mayda bo’lib ko’ringan masala ham jiddiy yechim talab etadigan ushbu sohada yaratilajak har bir haykalga eng avvalo teran falsafiy - hayotiy ma’no berish, unda milliy g’oyamiz tamoyillarini namoyon etish masalasi muhim vazifa sifatida kun tartibiga qo’yilib, soha rivojiga katta e’tibor qaratildi va bu sohaga hozirgi kunda ham katta e’tibor qaratib kelinmoqda. O’zbekiston mahobatli haykaltaroshligida o’zining badiiy mahorati bilan ajralib turadigan O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi Ilhom Jabborov asarlari g’oyaviy-badiiy uyg’unlik salohiyati bilan boshqa haykaltaroshlar asarlaridan farqlanib turadi. Ilhom Jabborov ijodida obraz yechimining hayotiy ko’rinishiga muvofiqligi, realistik an’analarni yetakchi o’ringa ko’tarilishi, shuningdek haykallarning ulug’vorlikjihatiga katta e’tibor berish xususiyatlari jadallashdi. Ayniqsa, qadimgi va uyg’onish davri haykaltaroshlari merosini ijodiy tahlil va tadbiq etishga urinishi asarlarining plastik kompozitsiyasiga sezilarli ta’si r qildi. Haykaltaroshning ilk ijodiy namunalari ham e’tiborga molikdir. U mahobatli 63 haykaltaroshlik sohasiga kirib kelguniga qadar dastgohli haykaltaroshlik bilan shug’ullangan. Jumladan, uning eng birinchi yaratilgan ishlaridan biri “Hayol” asaridir. Haykaltarosh bilan suhbat chog’ida mening eng birinchi ishlarimdan biri “Hayol” asaridir, men bu asarimni harbiy xizmatda paytim yaratgan edim, ushbu haykalim orqali tanildim desam mubolag’a bo’lmaydi degan fikrni aytib o’tdilar. Bundan tashqari, uning dastgohli haykaltaroshlikda juda ko’plab asarlari e’tiborga molik. Jumladan, “To’y”, "Tug’ilish va o’lim”, “Qiz”, “Spitamen” “Navoiy va Jomiy” asarlari o’zining g’oyaviy mazmuni bilan ajralib turadi. Mustaqillik yillari milliy haykaltaroshlik rivojida I. Jabborovning ijodi alohida o’rin egalladi. Uning “Amir Temur” (Toshkent, Samarqand, Shaxrisabz), “Al- Farg’oniy” (Farg’ona, Quva), “Jaloliddin Manguberdi” (Xiva), “Mashrab” (Namangan) kabi tarixiy shaxslar obrazlarida milliy g’urur va jasorat, mardlik, shijoat ramzlari o’z ifodasini topgan. 1990-2010-yillar oralig’ida Ilhom Jabborov juda sermahsul ijod qildi va shu yillar mobaynida uni mashhurlikka olib chiqqan asarlari yaratildi. I. Jabborovning Mustaqillik maydoni uchun yaratilgan “Motamsaro ona” (1999-yil) hamda “Mustaqillik va ezgulik” (2005-yil) kabi monumental yodgorliklari o’zbek xalqining “Ona” siymosiga bo’lgan hurmat ehtiromining namunasi deyishimiz mumkin. Ijodkor san’atda o’z yo’lini, o’ziga xos uslubini topishga intiladi va bu yo’lda tinimsiz izlanishlar olib boradi. Bu izlanishlar natijasida esa uning o’ziga xos ichki olami namoyon bo’lib boradi. Haykaltarosh asosan ma’rifatparvar insonlar qiyofasini yaratgani uchun ularning hayoti, ularning ilm va ijod yo’lini mukammal tadqiq etadi. Shuning uchun ham uning asarlarida yashirin ruhiy holatlar, qalb kechinmalari, davr va hayot bilan bog’liq muammolar mavhum obrazlar orqali talqin etiladi. Shu o’rinda, I. Jabborovning “Abdulla Qahhor” (2007-yil, gips) asarini ta’kidlashimiz mumkin. Asarda yozuvchining ichki kechinmalari, o’y-fikrlari, ruhiy holati haykaltarosh tomonidan tomoshabinga aniq yetkazib berilgan. 2010- yilda yaratilgan “Ko’hna va boqiy Buxoro” monumenti ham o’zining kompozitsion yechimi bilan alohida ajralib 6 4 turadi. Ilhom Jabborov qisqa ijodiy to’xtalishdan so’ng (ya’ni 2010-yildan 2016- yilgacha) yana mahobatli haykaltaroshlik asarlari yaratishga kirishdi. 2016-yili Alisher Navoiy nomidagi o’zbek tili va adabiyot universiteti hovlisiga Jabborov tomonidan ishlangan “Alisher Navoiy” haykalining o ’rnatilishi bu yana bir bor buyuk bobokalonimiz nomini sharaflashdir. Ilhom Jabborovning shu oxirgi yillarda ya’ni 2017-yilda yaratgan O’zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti Islom Karimov xotirasini abadiylashtirish uchun yaratilgan Islom Karimovning mahobatli haykalini alohida aytib o’tishimiz joiz. Hozirgi kunda Ilhom Jabborov shogirdlari bilan birgalikda Abu Rayhon Beruniy (mis, 6 metr) mahobatli haykalini yaratmoqdalar. Ushbu haykal Beruniy shahriga o’rnatilishi mo’ljallanmoqda. Haqiqiy ijodkor hech qachon ijod qilishdan to’xtamaydi. U har doim yangilik izlaydi va o’z bilim va ko’nikmalarini boyitib boradi. Ilhom Jabborov ham haykaltaroshlikda olgan bilimlarini ko’plab shogirdlariga o’rgatib kelmoqda. Shulardan Asrorov O’tkir, Boqiyev Yigitali kabi shogirdlari ustozlari izidan borib, uning an’analarini davom ettirmoqdalar. Kelgusida biz Ilhom Jabborovdan yangidan yangi asarlar kutib qolamiz va ijodiga ulkan parvozlar tilaymiz. Download 1.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling