Bajarilishi rejalashtirilayotgan dissertatsiya ishi mavzusi: “O‘zbekiston teatr-studiyalari stenografiyasi: shakllanishi va rivojlanish yo‘llari”.
Ixtisoslik shifri va nomi: 17.00.04 – “Tasviriy va amaliy bezak san’ati”
Ilmiy rahbarning familiyasi, ismi, otasining ismi, ilmiy darajasi, ilmiy unvoni: Qodirova Dilafruz Muxsinovna, san’atshunoslik doktori.
Ish bajarilayotgan tashkilotning to‘liq nomi va elektron manzili: Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizyan instituti. mrdiart@umail.uz
Tadqiqotning dolzarbligi.
Oʻzbekiston hududida anʼanaviy teatr juda qadimiy va boydir tarixga egadir. Uning kurtaklari ibtidoiy jamoa davridayoq ov va boshqa mexnat jarayoni aks etgan taqdidiy raqslar, jangovar va xalq oʻyinlari, tabiat kuchlariga topinish oqibatida yuzaga kelgan marosimlar shaklda namoyon boʻlgan. Mil. avv. VII—VI-asrlardayoq Turonda zardushtiylik va uning muqaddas kitoblar toʻplami — Avesto bilan bogʻliq 2 toifa — kulgili va qaygʻuli tomoshalari shakllangan.Asta-sekin Turon teatr sanʼati diniy marosimlar qobigʻidan chiqib, dunyoviy mazmun kasb etadi — inson hayoti, ijtimoiy munosabatlarni tasvirlashga eʼtibor kuchayadi. VI—VII-asrlar Turon mulkidan chiqqan cholgʻuchilar, aktyor va raqqosalar Buyuk ipak yoʻli orqali qoʻshni yurtlarga ijodiy safar qiladilar. Anʼanaviy teatrning kulgili turlari (masxara, taqlid, zarofat), qoʻgʻirchoq oʻyin (chodir jamol, chodir xayol, fonus xayol) badiiy tomosha tizimi sifatida tashkil topadi. O‘zbekiston hududida teatrlarning rivojlanishida dastlab teatr studiyalarinig o‘rni beqiyosdir. Teatr studiyalari makonlarida paydo bo‘lgan muhit tasirida keyinchalik davlat teatrlari vujudga kela boshladi. Hozirgi kunga kelib O‘zbekistonda “Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirish va takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 31-maydagi PQ-3022-son qarori hamda mamlakatimizda teatr san’atini yanada rivojlantirish, teatrlashtirilgan tadbirlar o‘tkazishning g‘oyaviy-badiiy saviyasini, ta’sirchanligini kuchaytirish, iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ijodiy salohiyatini oshirish, yuqori malakali teatr rejissorlari, rassomlari va aktyorlarini amaliy tayyorlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qarorlari yuzasidan yurtimizda yangi teatr studiyalari tashkil etish uchun yangi imkoniyatlar ochib berildi. Ushbu tadqiqotning dolzarligi shundan iboratki, teatr studiyalarining stenografik yechimlari bugungi kunda hamda kelajakda O‘zbek davlat teatrlarida sahnalashtirilayotgan asarlarning stenografik badiiy yechimlarini yaratishda fundamental aosos bo‘lib xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |