Shu maqsaddan kelib chiqib quyidagilar belgilanadi:
O‘zbek teatr studiyalari stenografiyasini o‘rganishning ilmiy nazariy aspektlarini tahlil qilish va ilmiy xulosa chiqarish;
O‘zbek teatr studiyalari stenografiyasini rivojlanish asoslari va tendensiyalarini o‘rganish;
Bugungi kunda O‘zbek teatr studiyalarida zamonaviy stenografik yechimlar ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish;
O‘zbek teatr studiyalarida stenografiyani janrlar bilan bog‘lagan holatda eksperementlar o‘tkazish;
Davlat teatrlarida stenografik yechimlarni butunlay zamonaviy ko‘rinishga dastlabki qadamlarni qo‘yish;
Tadqiqotning obekti:
O‘zbek teatr studiyalarinng stenografiyasi bosqichlari tadqiqot ishining obektini tashkil etadi.
Tadqiqotning metodlari:
Mavzuni ilmiy o‘rganishda dissertatsiya mavzusidan kelib chiqqan holda kuzatish, taqqoslash, tahlil qilish, kompleks o‘rganish kabi usullardan foydalaniladi. Mazkur tadqiqotda O‘zbek teatr studiyalari stenografiyasi teatr san’ati va tasviriy san’at kesimida o‘rganiladi, ilmiy xulosa qilinadi. Teatr studiyalarida sahnalashtirilgan ayrim sahna asarlarinig solishtirma tahlilida kuzatish va taqqoslash amalga oshiriladi. Ushbu mavzuni o‘rganishda san’atshunoslik fanining ilmiy metodologiyasiga tayaniladi. Shuningdek, tarixiy taqqoslash; tizimli; manbashunoslik; kompleks; tipologik; empiric metodlardan ham foydalaniladi.
Dissertatsiyada san’atshunos, olimlarning teatr san’ati rivojiga bag‘ishlangan tadqiqotlari va farazlaridan, shuningdek amaliy ish olib boruvchi teatr rassomlari ijodiy ishlaridan foydalaniladi. Ilmiy tadqiqot jarayonida olingan ma’lumotlar tahlil qilish va tavsiflash metodlaridan foydalanilgan holda bayon etiladi.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi.
Teatr studiyalari stenografiyasini fundamental asoslarini o‘rganib chiqish va bugungi davlat teatrlari stenografiyasini shakllantirganlik darjasini ilmiy tadqiq etish ishning ilmiy yangiligini belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |