Mavzuning respublikada olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarning ustuvor yo‘nalishlariga mosligi.
Mazkur tadqiqot respublika fan va texnalogiyalar rivojlanishining “Demokratik va huquqiy jamiyatni ma’naviy-ahloqiy va madaniy rivojlantirish, innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish” ustuvor yo‘nalishi doirasida bajariladi.
Muammoning o‘rganilganlik darajasi.
Ilmiy ish tadqiqoti davomida qator ilmiy adabiyotlar va muhim manbalarga murojaat qilinadi. Mavzuga oid va shu mavzuga yaqin bo‘lgan bir qancha manbalar ko‘rib chiqiladi. Jumladan Avdeyev A.D., Proisxojdeniye teatra, M.— L., 1959; Stan islavski y K. S, Sobr soch., t. 18, M., 1954-61; Xorijiy teatr tarixi (ruschadan S. Tursunboyev tarjimasi), t. 1—2, T., 1997, 1999; Rahmonov M., Hamza (oʻzbek davlat akademik drama teatri) tarixi, T., 2000; Qodirov M., Oʻzbek teatri anʼanalari, T., 1976; Oʻzbek teatri tarixi, T., 2003 Muhsin Qodirov. Mavzu doirasida va mavzuga yaqin bo‘lgan ilmiy tadqiqot ishlari ko‘rib chiqiladi va tahlil etiladi. Tadqiqot davomida Madaniyat vazirligi qoshishdagi Teatr Arboblar Uyushmasi arxiv materilallari hamda hisobotlari o‘rganiladi. Bundan tashqari Markaziy Arxiv materillari bilan yaqindan tanishib chiqiladi. Mavzuni o‘rganish jarayonida ko‘plab o‘zbek va xorijlik tadqiqotchilar ilmiy-amaliy ishlari o‘rganib chiqiladi. Dissertatsiya ishi uchun adabiyotlar tanlovi asosan Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi, San’atshunoslik ilmiy tadqiqot institute kutubxonasi va ko‘pgina xorijiy onlayn kutubxonalaridan foydalanish ko‘zda tutilgan. Ko‘pgina kutubxonalarda quyidagi bo‘limlada o‘rganish ishlari olib boriladi. Tarix, Teatr, San’at, Tasviry san’at. Ko‘rib chiqilgan adabiyotlar orasida monografiyalar, ilmiy tadqiqot ishlari va dissertatsiyalar, ensklopediyalar, albom, kataloglar, ma’lumot adabiyotlari, rislolalar va boshqalar mavjud.
Tadqiqotning maqsadi.
O‘zbek teatr studiyalarini kelib chiqishi va teatr studiyalari stenografik yechimlarini taraqqiy etishini tahlil qilish. “Eski masjid”, “Muloqot”, “Diydor”, “Ilhom”, “Turon” teatr studiyalari ijodiy faoliyatidagi stenografik yechimlarni badiiy tahlili va ushbu studiyalarda yaratilgan stenografik yechimlar O‘zbek davlar teatrlari rivojiga qo‘shadigan hissalarini o‘rganish ishning asosiy maqsadi tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |