Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati.
Tadqiqot natijalarining nazariy ahamiyati: san’atshunoslik va teatr tanqidchiligi sohasida faoliyat yuritayotgan olimlar, izlanuvchilar, stenograflar uchun kerakli manba sifatida xizmat qiladi. Tadqiqotning amaliy ahamiyati: teatr studiyalari stenografiyasi ilmiy tomondan o‘rganilgach, kelgusidagi yetishib chiqayotgan yosh teatr rassomlari uchun qo‘llanma va katalog ishlab chiqiladi. Ilmiy ishning ahamiyati avvallari murojaat etilmagan, bugungi kunda O‘zbek teatri stenografiyasining fundamental asosi hisoblanmish teatr studiyalari stenografiyasi haqida to‘liq ma’lumotlarga ega bo‘lishdir.
Tadqiqot natijalarining nashr qilinishi.
Tadqiqot mavzusi bo‘yicha chet ellarda hamda Respublikamizdagi mahsus jurnallarda, konfrensiya to‘plamlarida ilmiy maqolalar, tezislar, chop ettiriladi. Tadqiqot natijalari asosida monografiya tayyorlanadi va nashr ettiriladi. Shuningdek, Respublika viloyatlari bo‘ylab to‘plangan teatr studiyalari stenografiyalari materiallari asosida katalog chop etish nazarda tutilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |