Ўзбекистон давлат жисмоний тарбия институти


«Yuqori razryadli voleybolchilar va terma jamoadar bilan mashg‘ulot o‘tkazish xususiyatlari» mavzusi bo‘yicha


Download 2.8 Mb.
bet115/126
Sana15.11.2023
Hajmi2.8 Mb.
#1773974
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   126
Bog'liq
Voleybol nazariyasi va uslubiyati (darslik)

«Yuqori razryadli voleybolchilar va terma jamoadar bilan mashg‘ulot o‘tkazish xususiyatlari» mavzusi bo‘yicha
nazorat savollari

1. Yuqori razryadli voleybolchilar bilan mashg‘ulot o‘tkazish qanday xususiyatlar bilan farqlanadi?


2. Terma jamoani tuzish va unda mashg‘ulot o‘tkazish mazmuni qanday xususiyatlarga ega?
3. Yuqori razryadli voleybolchilar va terma jamoalarni tayyorlashda qanday tashkiliy va nazorat ishlari amalga oshiriladi?


22. MUSOBAQALARDA JAMOANI BOSHQARISH

Musobaqalarda jamoani muvaffaqiyatli ishtirok etish uchun murabbiy (murabbiylar) avvalambor o‘z o‘yinchilarining barcha turdagi imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda va bo‘lajak raqib jamoalar imkoniyatlariga asoslangan holda strategik va taktik rejalar ishlab chiqadi. Ushbu rejalar mazmuni jamoa a’zolari (albatta o‘yinchilarning o‘yin ixtisosligi – «amplua»ni e’tiborga olgan holda) bilan muhokama – tahlil qilinadi.


Jamoani boshqarish musobaqadan avval, musobaqa jarayonida va musobaqadan keyingi vaqtlarda amalga oshiriladi.
Boshqarish jarayoni uch yo‘nalishda olib boriladi: strategik, tezkor va joriy.
Strategik boshqarish – o‘z jamoasi taktik modelini aniqlash, o‘zgartirishlar kiritish, raqib jamoa o‘yin modelini o‘yinchilarga tanishtirish va ushbu modelga qarshi taktik variantlarni qo‘llash kabi jarayonlarni o‘z ichiga oladi. Bunda, albatta, musobaqa o‘tkazish joyi xususiyatlari (maydondan tashqari bo‘shliq zonala kengligi, harorat atmosfera bosimi, havo namligi va h.k.) e’tiborga olinadi.
Bundan tashqari, rasmiy o‘yinlarni musobaqa Nizomida ko‘rsatilgan uchrashuv sikllari o‘rganiladi. Masalan, 3-1-2-1 – ya’ni, uch o‘yin kuni va bir kun dam olish yoki 4-1-3-1 – ya’ni, 4 kun o‘yin – 1 kun dam – 3 kun o‘yin – 1 kun dam (boshqacha sikllar ham bo‘lishi mumkin) sikllariga asoslangan holda «mashg‘ulot» va «dam olish» tartibini qo‘llash talab qilinadi.
Dam olish kunlari, albatta, «profilaktik» mashg‘ulotlar o‘tkaziladi, ish qobiliyatini tiklash vositalaridan unumli foydalanish choralari qo‘llaniladi.

Download 2.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling