Ўзбекистон давлат жисмоний тарбия институти


Yaqinlashtiruvchi mashqlar


Download 2.8 Mb.
bet30/126
Sana15.11.2023
Hajmi2.8 Mb.
#1773974
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   126
Bog'liq
Voleybol nazariyasi va uslubiyati (darslik)

Yaqinlashtiruvchi mashqlar
1. Turgan joydan va yon tomonlarga harakatlanib to‘siq qo‘yishni imitatsiya qilish. Harakatlanishda oxirgi qadam bir vaqtning o‘zida sakrash qadami bo‘lishiga e’tibor berish.
2. To‘r ustiga ilib qo‘yilgan to‘plarga to‘siq qo‘yish.
3. Maxsus tumba ustida turgan holatda sherigi tashlab bergan (to‘r ustiga) to‘plarga to‘siq qo‘yish. Qo‘llar panjasi, kafti, barmoqlar harakatiga diqqat qaratiladi.
4. Hujum zarbalariga to‘siq qo‘yish. Dastlab belgilangan yo‘nalish bo‘yicha. O‘zlashtirish darajasiga qarab mashq boshqa variantlarda ham qo‘llaniladi.
Texnika bo‘yicha mashqlar
1. O‘zi tashlab bergan to‘plarga berilgan hujum zarbalariga to‘siq qo‘yish.
2. 4,3,2-zonalardan berilgan hujum zarbalariga to‘siq qo‘yish.
3. Harakatlanishdan so‘ng to‘siq qo‘yish. Dastlab zarba kutilayotgan joydan 1 m, so‘ngra 2–3 m narida turiladi.
4. To‘siq qo‘yish musobaqalari.
Hujum zarbalarini berish iloji boricha to‘siq qo‘yish bilan amalga oshirilishi zarur.


6.5. O‘rgatish va mashg‘ulotlar jarayonida
qo‘llaniladigan texnik vositalar

Voleybol mashg‘ulotlarini tashkil qilish va o‘tkazishda o‘ziga xos bo‘lgan jihozlar hamda asbob-anjomlardan foydalaniladi. Bu jihozlar va asbob-anjomlar voleybol harakatlariga o‘rgatish, hosil qilingan malakalarni takomillashtirish, shug‘ullanuvchilarning jismoniy tayyorgarliklarini va jismoniy sifatlarini rivojlantirishda samarali vosita bo‘lib hisoblanadi.


Jihozlar va asbob-anjomlarni ta’sir ko‘rsatish xususiyatlariga qarab ikki guruhga ajratish mumkin:
1) texnik-taktik tayyorgarliklar uchun;
2) jismoniy tayyorgarliklar uchun.
Birinchi guruhga mansub bo‘lgan asbob-anjomlarga osma to‘plar va to‘pni ma’lum bir holatlarda tutib turuvchi qurilmalar kiritilib, ulardan harakatlarni o‘rgatish va takomillashtirishda foydalaniladi.
Ikkinchi guruhga asosan tezkorlik-kuch va sakrovchanlik sifatlarini tarbiyalashda foydalaniladigan turli qurilmalar, to‘ldirma to‘plar, gantellar, sakrashda foydalaniladigan maxsus tumbalar kiritiladi.
Osma to‘plar dastlabki o‘rgatishda juda kerakli vosita hisoblanadi. Voleybol to‘piga charmli petlya o‘rnatilib, u shnur (rezinka)ga bog‘lanadi. Kronshteynga biriktirilgan blok yoki ilgakka to‘p kerakli balandlikda o‘rnatiladi.

Download 2.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling