Ўзбекистон давлат жисмоний тарбия институти


Ilmiy tadqiqot uslublari, izlanuvchi obyekt


Download 2.8 Mb.
bet123/126
Sana15.11.2023
Hajmi2.8 Mb.
#1773974
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   126
Bog'liq
Voleybol nazariyasi va uslubiyati (darslik)

Ilmiy tadqiqot uslublari, izlanuvchi obyekt
va o‘rganiluvchi predmet

Ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil qilish va o‘tkazishda eng asosiy uslublaridan biri pedagogik kuzatuv bo‘lib hisoblanadi. Pedagogik kuzatuv oldindan puxta ishlab chiqilgan maxsus reja asosida amalga oshirilib, o‘z maqsad va vazifalariga ega bo‘lishi darkor. Pedagogik kuzatuvni ma’lum tartibda muntazam olib borilishi muhim shartlardan biridir.


Pedagogik nazorat muayyan obyekt (sportchi, jamoa, mashg‘ulot, musobaqa va hokazo) ustidan ma’lum vazifa bilan belgilangan jarayonlar (mashg‘ulot hajmi, shiddati, sportchining funksional holati yoki uning o‘zgarishi va hokazo) bo‘yicha o‘tkaziladi. Har bir kuzatilayotgan jarayon statik qonuniyatlarga ko‘ra aniq isbot qilish uchun yetarli darajada o‘rganilishi kerak.
Sport tizimida, jumladan sport o‘yinchilariga oid sport turlari doirasida ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil qilish dastavval shu turlar amaliyotiga xos turli yo‘nalishdagi ilg‘or tajribalarni o‘rganishni talab qiladi. M: yetakchi murabbiylar tajribasi, yetakchi sportchilar tajribasi, yetakchi jamoalar tajribalarini o‘rganish. Ushbu tajribalarni o‘rganish uslubiy jihatdan quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
1. Reja tuzish;
2. Maqsad va vazifalarni belgilash;
3. O‘rganiladigan asosiy masalalarni belgilab olish;
4. Olingan natijalarni statistik jihatdan umumlashtirish.
O‘rganiladigan jarayonlar:
- adabiyotlarni tahlil qilish;
- rejalashtirish hujjatlarini o‘rganish;
- pedagogik kuzatuv;
- treniroka mashg‘ulotlarini qayd etish;
- so‘rovnoma o‘tkazish;
- suhbatlar o‘tkazish;
- mashg‘ulot va musobaqalar natijalarini (o‘yin malakalari soni, hajmi va samarasi) to‘plash;
- kundalik daftarlarni o‘rganish.
Ilmiy tadqiqot uslublari:
- xronometriya;
- stenografiya;
- dinamometriya;
- miografiya;
- pulsometriya;
- kardiografiya;
- spirografiya;
- radiometriya;
- ensefalografiya va h.k.
Muayyan ilmiy ish dastavval o‘rganish uchun tanlab olingan obyekt yoki jarayonning holati va uning dinamikasi belgilangan maqsadga mos ravishda uzoq vaqt davomida tadqiqot asosida tekshiriladi. Olingan natijalar chuqur va atroflicha tahlil qilinadi. Tekshiruv statistik jihatdan yetarli darajada amalga oshirilganidan so‘ng maxsus rejaga binoan pedagogik tadqiqot 1-2 yil davomida o‘tkazilishi mumkin. Pedagogik tadqiqot o‘tkazish uchun tekshiruvchilarning yoshi, jinsi, jismoniy va sport tayyorgarligi imkoniyati boricha bir xil bo‘lgan ikkita guruh tanlab olinadi. Tekshiruvchilar soni ularning sport malakasi, belgilangan maqsad va vazifalarga qarab 10-15 tadan 50-100 tagacha bo‘lishi mumkin. Tadqiqotda ishtirok etadigan ikki guruhdan biri nazorat guruhi, ikkinchisi esa tadqiqot guruhi deb ataladi.
Nazorat guruhi amaldagi dastur asosida shug‘ullanaveradi. Faqat ushbu guruh tadqiqot boshida, o‘rtasida va yakunida tanlangan ilmiy uslublar yordamida tekshiriladi.
Tadqiqot guruhi esa tadqiqotchi tomonidan ilmiy asosda ishlab chiqilgan maxsus reja dastur bo‘yicha shug‘ullanishni davom ettiradilar. Tadqiqotning maqsad va vazifasiga qarab tekshiriluvchilar har mashg‘ulot davomida yoki bosqichma-bosqich tekshiriladi.
Tadqiqot muddati ikki guruhda bir xil bo‘lishi maqsadga muvofiqdir.



Download 2.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling