Ўзбекистон давлат жисмоний тарбия институти


«Voleybol texnikasiga o‘rgatish»


Download 2.8 Mb.
bet34/126
Sana15.11.2023
Hajmi2.8 Mb.
#1773974
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   126
Bog'liq
Voleybol nazariyasi va uslubiyati (darslik)

«Voleybol texnikasiga o‘rgatish»
mavzusi bo‘yicha nazorat savollari



  1. O‘rgatish jarayonining mohiyati va qisqacha mazmuni nimalardan iborat?

  2. Dastlabki o‘rgatish jarayoni qanday ahamiyatga ega?

  3. O‘rgatish bosqichlari qanday nomlanadi, ushbu bosqichlarda qanday uslub va vositalardan foydalaniladi?

  4. «O‘rgatish» va «trenirovka» qanday mantiqiy farqlar bilan izohlanadi?

  5. Texnik usullarga o‘rgatishda qanday anjom, moslama va texnik vositalardan foydalanish mumkin? Misollar keltiring.

  6. Texnik-taktik mahorat darajasi qanday baholanadi?

7. O‘YIN TAKTIKASIGA O‘RGATISH

O‘yin malakalari texnikasiga o‘rgatishda shu malakalarni (to‘p qabul qilish va uzatish, to‘p kiritish, zarba berish, to‘siq qo‘yish) muayyan taktik maqsadda amalga oshirilishiga urg‘u berilishi lozim.


O‘yin taktikasiga o‘rgatish jarayoni ham o‘yin texnikasini o‘zlashtirishda qo‘llaniladigan uslublar, vositalar (texnik va taktik mashqlar ustunligida), bosqichlar va pedagogik prinsiplar asosida amalga oshiriladi.


7.1. Hujumda qo‘llaniladigan yakka taktik
harakatlarga o‘rgatish


To‘p uzatish. Tayyorlov mashqlari:
1. Ko‘rsatmaga (signalga) binoan: harakatlanish vaqtida turli usullarda tezlanishlar: tezlanishlar davomida turli usulda (sakrab, hatlab, sirpanib va hokazo) to‘xtash; harakatlanish turini o‘zgartirish; harakatlanish va tezlanish yo‘nalishini o‘zgartirish; harakatlanish tezligini o‘zgartirish.
2. Shu mashqlar (harakatlanish va tezlanishlar)ni turli usullarda to‘ldirma to‘pni ilib olish va otish (uzatish) bilan bajarish; ko‘rsatma (signal) bo‘yicha to‘p uzatish yo‘nalishini tanlash.
3. To‘ldirma to‘pni o‘z ustiga tashlab, o‘z sheriklari harakatlarini kuzatish; sheriklarini hatti-harakatiga qarab, to‘pni o‘z ustiga yoki sherigiga tashlash balandligini, yo‘nalishini va tezligini o‘zgartirish; bo‘sh joyga yoki kutilmaganda sherigiga to‘pni tashlash.

Download 2.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling